shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi qamoqqa olish yoki uy qamog‘i
tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi.
(243-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida
iltimosnoma
qo‘zg‘atish haqidagi qarorda ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqqa olish
yoki uni uy qamog‘iga joylashtirish zaruratini keltirib chiqargan asoslar bayon qilinadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Prokuror qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi
iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, iltimosnoma qo‘zg‘atish
to‘g‘risidagi qaror va zarur materiallarni sudga yuboradi. Agar iltimosnoma ushlab turilgan gumon
qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qo‘zg‘atilayotgan bo‘lsa, qaror va ko‘rsatilgan materiallar
ushlab turish muddati tugashidan kamida sakkiz soat oldin sudga taqdim qilinishi kerak.
(243-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma
jinoyat sodir qilingan yoki surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha
tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi
bo‘lmaganida esa yoxud qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash
to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan
taqdirda, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi
tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
(243-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma
yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran
sakkiz soat ichida, lekin ushlab
turishning eng ko‘p muddatidan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
(243-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma
prokuror, himoyachi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga olib kelinadi. Sud majlisida gumon
qilinuvchining yoki
ayblanuvchining qonuniy vakili, shuningdek surishtiruvchi, tergovchi ishtirok
etishga haqli. Zarur bo‘lgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
(243-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor
qilingan shaxslarning
kelmaganligi qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi
iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun monelik qilmaydi, himoyachi bundan mustasno. Qidiruv e’lon
qilingan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi
iltimosnoma ayblanuvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi.
(243-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani
ko‘rib chiqish prokuror ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash zarurligini
asoslab beradi. Shundan so‘ng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir bo‘lgan
boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi.
Shundan keyin sudya ajrim
chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Sudya gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i
tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan
birini chiqaradi:
1) qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida;
2) qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni rad qilish to‘g‘risida;
Oldingi
tahrirga qarang.
2 ) qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni rad qilish va uy qamog‘i yoki garov
tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida;
2 ) uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni rad qilish va garov tarzidagi ehtiyot
chorasini tanlash to‘g‘risida;
(243-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuniga
asosan 2 va 2 -bandlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
3) taraflar qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashning
asoslanganligi yoki asoslanmaganligiga doir qo‘shimcha dalillarni taqdim
etishlari uchun ushlab
turish muddatini qirq sakkiz soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirish to‘g‘risida.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilingan va garov
tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan taqdirda, gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini ushlab turish
muddati garov kiritish imkonini berish uchun sud tomonidan ko‘pi bilan qirq sakkiz soatgacha
bo‘lgan muddatga uzaytiriladi, ko‘rsatilgan muddatda garov kiritilmagan taqdirda qamoqqa olish
yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan
hisoblanadi.
(243-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuniga
asosan o‘n
birinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Sudyaning qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi yoki
uni qo‘llashni rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi u o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va
darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning
ajrimi ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa gumon
qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-
moddasining
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellatsiya tartibida shikoyat
berilishi, protest bildirilishi mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
1) sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) sudyaning ajrimini bekor qilish va gumon qilinuvchi
yoki ayblanuvchini qamoqdan, uy
qamog‘idan ozod qilish yoxud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot
chorasini qo‘llashga haqli.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilingan taqdirda,
aynan o‘sha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala bo‘yicha takroran sudga
murojaat qilishga qamoqqa olishni yoki uy qamog‘ini qo‘llashni taqozo etadigan yangi holatlar
yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi.
(243-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni
tahririda —
O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: