(577-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Ajrimning tavsif-asoslash qismida sud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoki
qo‘llamaslik uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bayon qiladi, shu chorani qo‘llashni taqozo
qiladigan, shubha ostiga qo‘yadigan yoki unga monelik qiladigan dalillar keltiradi. Shundan so‘ng
ajrimda sud ushbu Kodeksning
576-moddasida
sanab o‘tilgan masalalarga o‘zining
javoblarini
ifodalaydi.
Ajrimning xulosa qismida sud quyidagi qarorlardan birini bayon qiladi:
Oldingi
tahrirga qarang.
1) shaxsni jinoyat sodir etgan, keyinchalik unda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan deb
e’tirof etish yoxud uni ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan deb topish to‘g‘risida,
shuningdek bu shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoki qo‘llamaslik
to‘g‘risida;
(577-moddaning to‘rtinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi
O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-
son)
2) ishi ko‘rilayotgan shaxs qilgan deb hisoblanayotgan jinoyat hodisasi yoki ijtimoiy xavfli
qilmish yo‘qligi sababli ishni tugatish to‘g‘risida;
Oldingi
tahrirga qarang.
3) shaxsning daxldor emasligi tufayli tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash
to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish haqida va ushbu shaxsni aniqlash
hamda uni ayblanuvchi
tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish choralarini ko‘rish uchun ishni prokurorga yuborish
to‘g‘risida;
(577-moddaning to‘rtinchi qismi 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
4) tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi
ishni yuritishni tugatish va
mazkur shaxsga nisbatan ish bo‘yicha ushbu Kodeksning
579-moddasiga
asosan sud ishi yurituvini
qo‘zg‘atish haqida.
(577-moddaning to‘rtinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Keyinchalik ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs sodir etgan jinoyat yoki aqli
norasolik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish tufayli mulkiy ziyon yetkazilgan bo‘lsa,
ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi masala fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal etiladi.
(577-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ruhiy holati buzilgan va umumiy asosda davolanishga muhtoj bo‘lgan
shaxsga nisbatan
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishni yuritish tugatilgan taqdirda, sud bu
haqda shaxsning turar joyidagi sog‘liqni saqlash organiga darhol xabar qiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: