(531-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Hukmni ijro etuvchi organlar uning ijro etilganligi haqida hukmni
chiqargan sudga darhol
xabar beradi. Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkum jazoni qayerda o‘tayotgani
haqida hukmni chiqargan sudga xabar berishi shart.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sud qarorini o‘z vaqtida yoki to‘la bajarmaslik qonunchilikka binoan javobgarlikka sabab
bo‘ladi.
(531-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxasi
zarur hollarda mahkumning ish, o‘qish yoki
yashash joyiga yuboriladi.
Qonuniy kuchga kirgan hukm haqida zarur hollarda matbuot yoki boshqa ommaviy axborot
vositalari orqali jamoatchilikka ma’lum qilinadi.
Sud mahkumni harbiy unvonidan yoki maxsus unvonidan mahrum etish to‘g‘risida qaror
chiqargan bo‘lsa, sud hukmning nusxasini ijro etish uchun ana shu unvonni bergan organga
yuboradi. Sud davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yoki oliy harbiy
yoxud maxsus unvonga ega
bo‘lgan shaxsga nisbatan ayblov hukmini chiqarishda uni ana shu mukofotlar yoki unvonlardan
mahrum etish to‘g‘risida tegishli organga taqdimnoma kiritishning maqsadga muvofiqligi
masalasini hal qiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sud qarorining jarima solishga va boshqa mulkiy undirishlarga
taalluqli qismini ijro etish
uchun ijro varaqalari yoki ularning dublikatlari sud qarorining nusxasi bilan birga birinchi instansiya
sudi tomonidan sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellatsiya instansiyasi sudidan
qaytarilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay mahkumning
yashash joyidagi yoxud
jazoni o‘tash joyidagi, shuningdek mahkumning mol-mulki turgan
joydagi davlat ijrochilariga
elektron hujjat tarzida yuboriladi.
(531-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Qamoqda saqlanayotgan mahkumni ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risidagi hukm qonuniy
kuchga kirgani va ijro ettirilishi haqida sud mahkumning oilasini xabardor qilishi shart.
Qamoqda saqlanayotgan mahkum bilan uchrashuvlarga hukmni ijro ettirishdan avval ushbu
Kodeksning
477-moddasi
asosida ruxsat etiladi.
Sud tomonidan mahkumning voyaga yetmagan
farzandlarini muassasalarning,
qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning homiyligiga berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan
bo‘lsa, sud bu haqda bolalar turgan joydagi vasiylik organiga, shuningdek mahkumga xabar beradi.
Mahkumning qarovsiz qolgan mol-mulki va turar joyini qo‘riqlash choralarini ko‘rish zarurligi
to‘g‘risida sud mol-mulk va turar joy joylashgan yerdagi hokimlikka yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organiga xabar qiladi, bu haqda mahkumni xabardor etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: