ikkinchi surishtiruvchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha surishtiruvchiga topshirishga,
shuningdek surishtiruvchi vakolatlaridan foydalanib, surishtiruv yuritishda qatnashishga va
surishtiruvni shaxsan o‘zi olib borishga haqlidir.
Surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining ish yuzasidan ko‘rsatmalari
surishtiruvchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir.
Olingan ko‘rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 38 -moddasining
uchinchi qismida
nazarda tutilgan
hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini to‘xtatib
qo‘ymaydi.
(39-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R
QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
39 -modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar
Tergovga qadar tekshiruv quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
1) ichki ishlar organlari;
2) harbiy qismlar, qo‘shilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy o‘quv
yurtlarining boshliqlari — ularga bo‘ysunuvchi harbiy xizmatchilar, shuningdek o‘quv mashqlari
o‘tkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar
bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan
bog‘liq
jinoyatlari yoki qism, qo‘shilma, muassasa yoxud o‘quv yurti joylashgan yerda sodir etgan
jinoyatlariga doir ishlar bo‘yicha;
Oldingi
tahrirga qarang.
3) davlat xavfsizlik xizmati organlari — qonunga ko‘ra ularning yuritishiga berilgan ishlar
bo‘yicha;
(39 -modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son,
47-modda)
4) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish
organlarining
boshliqlari, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari
hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni o‘tashning belgilangan
tartibiga qarshi qilgan
jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida
sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha;
5) davlat yong‘indan nazorat qilish organlari — yong‘inlarga doir va yong‘inga qarshi
qoidalarni buzganlikka doir ishlar bo‘yicha;
6) chegarani qo‘riqlash organlari — davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar bo‘yicha;
7) olis safarda bo‘lgan dengiz kemalarining kapitanlari;
Oldingi
tahrirga qarang.
8) davlat bojxona xizmati organlari — bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikka doir
ishlar bo‘yicha;
(39 -modda birinchi qismining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
9) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi
kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari — budjet, soliq va valyuta to‘g‘risidagi
qonunchilikni
buzganlikka doir ishlar, shuningdek elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan
foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha;
(39 -modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
10) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning
joylardagi bo‘linmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy
ta’minlashdan bo‘yin tovlashga,
sud qarorini bajarmaslikka, band solingan mol-mulkni qonunga
xilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar bo‘yicha;
1
1
1
1
1
(39 -modda birinchi qismining 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
11) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish
sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari —
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini
vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga
doir ishlar bo‘yicha.
Oldingi
tahrirga qarang.
(39 -modda birinchi qismining 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-
sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
13) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi bo‘linmalari — qonun bilan
ularning ish yuritishiga berilgan ishlar bo‘yicha.
(39 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-iyuldagi O‘RQ-548-sonli
Qonuniga
asosan o‘n uchinchi band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
09.07.2019-y., 03/19/548/3395-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
14) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati — uning yurituviga taalluqli
ishlar bo‘yicha.
(39 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli
Qonuniga
asosan o‘n to‘rtinchi band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar zimmasiga zarur choralar ko‘rish
vazifasi, shu jumladan jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish, ushbu
Kodeksning qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan so‘ng jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida
foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalaridan
foydalangan holda, zarur choralar ko‘rish vazifasi yuklatiladi. Ichki ishlar,
davlat xavfsizlik xizmati,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, davlat bojxona xizmati organlari,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ularning joylardagi bo‘linmalari shu
maqsadda tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishga haqli.
(39 -moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Tezkor-qidiruv faoliyatini o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
(39 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: