Asosiy qoidalar


-modda. Hukmni, ajrimni ijro ettirish tartibi



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

531-modda. Hukmni, ajrimni ijro ettirish tartibi
(531-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Hukm, ajrimni ijro ettirish ularni qabul qilgan sud zimmasiga yuklatiladi.
(531-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Hukmni ijro etish to‘g‘risidagi farmoyish sudya yoki sud raisi tomonidan hukmni ijro etish
majburiyati yuklatilgan organga hukmning nusxasi bilan birgalikda yuboriladi. Ishni apellatsiya,
kassatsiya tartibida ko‘rish chog‘ida hukm o‘zgartirilgan taqdirda, hukmning ko‘chirma nusxasiga
apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.
31


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
197/232
(531-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Hukmni ijro etuvchi organlar uning ijro etilganligi haqida hukmni chiqargan sudga darhol
xabar beradi. Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkum jazoni qayerda o‘tayotgani
haqida hukmni chiqargan sudga xabar berishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud qarorini o‘z vaqtida yoki to‘la bajarmaslik qonunchilikka binoan javobgarlikka sabab
bo‘ladi.
(531-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxasi zarur hollarda mahkumning ish, o‘qish yoki
yashash joyiga yuboriladi.
Qonuniy kuchga kirgan hukm haqida zarur hollarda matbuot yoki boshqa ommaviy axborot
vositalari orqali jamoatchilikka ma’lum qilinadi.
Sud mahkumni harbiy unvonidan yoki maxsus unvonidan mahrum etish to‘g‘risida qaror
chiqargan bo‘lsa, sud hukmning nusxasini ijro etish uchun ana shu unvonni bergan organga
yuboradi. Sud davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yoki oliy harbiy yoxud maxsus unvonga ega
bo‘lgan shaxsga nisbatan ayblov hukmini chiqarishda uni ana shu mukofotlar yoki unvonlardan
mahrum etish to‘g‘risida tegishli organga taqdimnoma kiritishning maqsadga muvofiqligi
masalasini hal qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud qarorining jarima solishga va boshqa mulkiy undirishlarga taalluqli qismini ijro etish
uchun ijro varaqalari yoki ularning dublikatlari sud qarorining nusxasi bilan birga birinchi instansiya
sudi tomonidan sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellatsiya instansiyasi sudidan
qaytarilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay mahkumning yashash joyidagi yoxud jazoni
o‘tash joyidagi, shuningdek mahkumning mol-mulki turgan joydagi davlat ijrochilariga elektron
hujjat tarzida yuboriladi.
(531-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Qamoqda saqlanayotgan mahkumni ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risidagi hukm qonuniy
kuchga kirgani va ijro ettirilishi haqida sud mahkumning oilasini xabardor qilishi shart.
Qamoqda saqlanayotgan mahkum bilan uchrashuvlarga hukmni ijro ettirishdan avval ushbu
Kodeksning 
477-moddasi
asosida ruxsat etiladi.
Sud tomonidan mahkumning voyaga yetmagan farzandlarini muassasalarning,
qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning homiyligiga berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan
bo‘lsa, sud bu haqda bolalar turgan joydagi vasiylik organiga, shuningdek mahkumga xabar beradi.
Mahkumning qarovsiz qolgan mol-mulki va turar joyini qo‘riqlash choralarini ko‘rish zarurligi
to‘g‘risida sud mol-mulk va turar joy joylashgan erdagi hokimlikka yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organiga xabar qiladi, bu haqda mahkumni xabardor etadi.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish