08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
215/232
Agar ish bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs
jalb qilingan bo‘lib, barchasi bilan ham yarashuvga erishilgan bo‘lmasa,
yarashuvga erishilmagan
gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular bo‘yicha ish yuritish
umumiy qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi, bu haqda qarorda ko‘rsatiladi.
Ish qaror chiqarilganidan keyin uch sutka ichida prokurorning roziligi bilan sudga yuboriladi.
585-modda. Sud muhokamasi
Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasi jinoyat
ishi sudga kelgan paytdan
e’tiboran o‘n sutkadan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Sud majlisida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi,
sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar),
ularning qonuniy vakillari, himoyachilari, prokuror ishtirok etadi.
Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasi jabrlanuvchining yarashuv to‘g‘risidagi
arizasini o‘qib eshittirish bilan boshlanadi.
Sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning)
sodir etilgan jinoyat holatlari to‘g‘risidagi so‘zlarini eshitadi.
Sud:
yarashuvning ixtiyoriyligi va uning sabablarini;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z aybiga ixtiyoriy iqror bo‘lganligini;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘zi sodir etgan
qilmishning oqibatlarini
anglaganligini va yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini ko‘rgan-ko‘rmaganligini;
jabrlanuvchiga (fuqaroviy da’vogarga) yoki gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga
biron bir tazyiq bo‘lgan-bo‘lmaganligini;
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq masalalarni;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari yarashuvga roziliklarini
aniqlaydi.
Shundan so‘ng sud himoyachi va prokurorning fikrini eshitadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror bo‘lish ixtiyoriy emasligi, zararni qoplashdan
bosh tortish, shuningdek sodir etilgan qilmishda og‘irroq jinoyat
tarkibi belgilari mavjudligi
aniqlangudek bo‘lsa, sud umumiy qoidalar bo‘yicha surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilishi
uchun ishni prokurorga yuborish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
(585-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Sud muhokamasining natijalari bo‘yicha sud qonunda belgilangan tartibda ajrim chiqaradi.
Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning
90 — 92-moddalarida
nazarda
tutilgan qoidalarga
binoan bayonnoma yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: