197-modda. Namunalar olish bayonnomasi
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olinganligi to‘g‘risida ushbu Kodeksning
90 — 92-
moddalarida
nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi,
sud esa, o‘ziga kelgan namunalarni sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi.
24-bob. NARSALAR VA HUJJATLARNI TAQDIM QILISh
198-modda. Narsalarni ularning egasi bo‘lmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi,
tergovchi yoki sudga taqdim qilish
Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa
mansabdor shaxslari o‘z fikrlariga ko‘ra ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan narsalarni
surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqlidir.
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taqdim qilingan narsani ushbu Kodeksning
136
,
137
,
139
va
140-moddalarida
bayon qilingan qoidalarga asosan ko‘zdan kechirishi, agar taqdim qilingan narsani
ish uchun ahamiyatli deb topsa yoki kelgusida ahamiyati bo‘lishi mumkin deb hisoblasa, uni qabul
qilishi shart. Shuningdek ushbu ish uchun ahamiyatli bo‘lmagan, lekin muomaladan chiqarilgan
narsalar (qurollar, giyovandlik vositalari, pornografiya nashrlari va boshqalar) ham qabul qilib olinishi
lozim.
Ish uchun ahamiyatli bo‘lmagan va muomaladan chiqarilmagan narsalar taqdim qilingan
hollarda, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ularni ko‘zdan kechirib bo‘lganidan keyin egalariga
darhol qaytarib beradi.
199-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga ko‘ra narsalarni taqdim qilish
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tintuv yoki olib qo‘yish o‘tkazmasdan turib, korxona,
muassasa, tashkilot rahbaridan, shuningdek fuqarodan tergov va sud harakatlarini yuritish chog‘ida
vaqtincha foydalanish uchun zarur bo‘lgan narsalarni taqdim etishlarini talab qilishga haqlidir.
Bunday narsalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) eksperiment o‘tkazishda tekshirilayotgan hodisaning holatini va sharoitini qayta tiklash
uchun foydalaniladigan o‘xshash narsalar yoki maketlar;
2) tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan narsa bilan turdosh bo‘lgan narsalar;
3) tergov yoki sud harakatlarini yuritish yoxud ekspert tekshiruvini o‘tkazish uchun zarur
bo‘lgan moslamalar, asbob-uskunalar, anjomlar, materiallar, agar bunday narsalar surishtiruvchi,
tergovchi yoki sudda yoxud ularning topshirig‘i bo‘yicha harakat qilayotgan mutaxassis, ekspert yoki
ekspertiza muassasasida bo‘lmasa. Zarurat qolmagach, bu narsalar egasiga qaytarilishi lozim.
08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
73/232
Do'stlaringiz bilan baham: |