258-modda. Ijodiy ta’tillar
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga qo‘shib olib borayotgan
shaxslarga doktorlik dissertatsiyasini yakunlash, shuningdek darsliklar va o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalar yozish uchun asosiy ish joyida o‘rtacha oylik ish haqi va lavozimi saqlangan holda
ijodiy ta’tillar beriladi.
(258-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Ijodiy ta’tillarni berish tartibi va ularning muddatlari qonun hujjatlari bilan belgilab
qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori
bilan tasdiqlangan “Ijodiy ta’tillar berish tartibi” (7-ilova).
Do'stlaringiz bilan baham: |