2-§. TA’TILLAR
133-modda. Yillik mehnat ta’tillari
Barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam
olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda
yillik mehnat ta’tillari beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 169-moddasi, Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish
shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari
(ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 4.13 va 4.14-bandlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |