Asosiy qism


Jahon xo’jaligining globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari



Download 28,84 Kb.
bet4/9
Sana16.06.2021
Hajmi28,84 Kb.
#68251
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Najmiddinov Azamatjon. global iqtisod.17.88

Jahon xo’jaligining globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari.

Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o’zaro bog’liq bo’lib, ular jahon xo’jaligi sub’ektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi hatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi.

Baynalminallashuv – bu jahon xo’jaligining bir necha sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir. Globallashuv (lotincha globus – er kurrasi) jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil to’ishi va rivojlanishini anglatadi. Bugungi kunda globallashuv jarayoni ahamiyatining tobora oshib borishi iqtisodiy adabiyotlarda uning rivojlanish yo’nalishlari va ziddiyatlari kabi masalalarning ham ko’rib chiqilishini taqozo etmoqda. Globallashuv uzoq vaqt davomida tarkib to’uvchi hamda butun borliqni qamrab oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda u jahon xo’jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga taalluqli bo’lgan ma’lum bir unsurlarini o’z ichiga olishi mumkin. Shunga ko’ra, hozirgi vaqtda jahon xo’jaligining globallashuv yo’lidagi rivojlanishining dastlabki qadamlari, yo’nalishlari amalga oshmoqda.

Globallashuvning yo’nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan yangi bo’lgan iqtisodiy munosabatlar turining tarkib to’ishiga olib keladi. Globallashuv jararyonining quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchi yo’nalish – mulkchilik munosabatlarining globallashuvi. Hozirda mulkiy o’zlashtirishning mamlakatlar hududidan chetga chiquvchi, ko’’lab davlatlarning ishtiroki asosida ro’y beruvchi ko’rinishlari amal qilmoqda. Bularga transmilliy kor’orastiyalar (TMK), shuningdek TMKning xalqaro birlashmalarini misol keltirish mumkin. Yevropa ittifoqi tajribasi shuni ko’rsatadiki, mintaqaviy integrastiyalashuv milliy tuzilmalardan yuqori turuvchi organlarni tarkib to’tirishi mumkin. Bu organlar YeIga a’zo davlatlarning mulkchilik munosabatlarini ham ma’lum darajada tartibga soladi.

Ikkinchi yo’nalish – kooperastiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o’tish. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mehnat koo’erastiyasiga xos bo’lgan xo’jalik o’zaro aloqalarining juda katta tarmog’iga kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositalarini yaratishda turli mamlakatlardan etkazib beriluvchi ko’plab butlovchi qismlardan foydalaniladi. Masalan, AQSh “Boing” samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi qism va detallarni mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi.

Uchinchi yo’nalish – xo’jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining ‘aydo bo’lishi va rivojlanishi. Jahonda xo’jalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan o’zgarishi ko’p jihatdan axborot tarqatishning globallashuvi bilan bog’liq. Jumladan, yangi asrimizning dastlabki davri uchun quyidagi jarayonlar xos bo’ladi: a) butun jahonni to’liq kom’yuterlashtirishni taqozo etuvchi global axborot tizimlari (Internet singari) yanada rivojlanadi; b) sun’iy yo’ldoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon aloqasidan yo’ldoshlar orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o’tish imkonini beradi; v) insoniyat ochiq axborotlashgan jamiyat tomon intiladi; g) Internet orqali savdo tizimi keng rivojlanadi.

To’rtinchi yo’nalish – xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanadi. Jahon xo’jaligi sub’ektlarining o’zaro aloqasi hamda o’zaro bog’liqligining kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora ko’’roq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning murakkablashuvi ularning o’z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kom’aniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi.

Shuningdek, jahon xo’jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:




Download 28,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish