Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eks’ortga yo’naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi. Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to’ntarishidan keyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo’jaliklar doirasidan tashqariga o’sib chiqa boshlagach, ularning negizidan barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib to’adi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o’z ichida oluvchi umumjahon xo’jaligi doirasida rivojlanmoqda. Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil sharoitda emas. Bu hol ularning turli geografik ahvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori, rivojlanish ko’lami, darajasi va iqtisodiyotining tuzilishi, ichki bozorning hajmi bilan belgilanadi. Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo’ladi. Shuning uchun har bir mamlakat o’zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga va aksincha, jahon bozoridan o’zidan ishlab chiqarish uchun xarajat ko’’roq bo’ladigan yoki tabiiy yoxud boshqa sharoitlarga ko’ra umuman ishlab chiqarib bo’lmaydigan tovarlarni sotib olishga intiladi. Tovarlar mamlakatlar o’rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, ijtimoiy zaruriy baynalminal mehnat sarflari jahon bozorida e’tirof qilinadi. Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil to’ishi odatda, sof holda amalga oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo’lishiga to’sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon narxlariga ta’sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta cheklashlari, valyutalar qiymatining o’zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchiliklar va hokazolar shular jumlasidandir. Shu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, ‘irovard natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi.
Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o’n yilliklarda yangi texnologik asoslarga o’tish jahon xo’jalik aloqalarining tez o’sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o’zining har ikkala shaklida: integrastion (milliy xo’jaliklarning yaqinlashuvi, o’zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Jumladan, butun dunyoda mintaqaviy davlatlararo iqtisodiy integrastiyaning qaror to’ish tamoyili kuzatiladi. Xususan, rivojlangan Yevropa integrastion hamjamiyati (YeI) doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin harakati amalga oshiriladi. Shimoliy Amerika umumiy iqtisodiy hamkorligi AQSh, Kanada va Meksika iqtisodiyotining integrastiyasini ko’zda tutadi. Davlatlararo integrastiyaning kuchayishi janubiy-sharqiy Osiyo, O’rta Osiyo, arab dunyosi, Afrika va Markaziy Amerika mamlakatlari uchun ham xususiyatli bo’lmoqda.
Xulosa
Hozirgi zamon jahon xo’jaligi rivojining muhim tamoyili milliy xo’jaliklarning globallashuvi, shu asosda jahon xo’jaligi va avvalo jahon bozorining shakllanishi va rivojlanishidan iborat. Bu insoniyat taraqqiyoti uchun ijobiy bo’lgan jarayonga etmish yildan ortiq davr davomida dunyoning ikki qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tizimiga bo’linganligi qarshi ta’sir ko’rsatib keldi. Hozir yangi davr boshlandi, dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos ravishda O’zbekiston bilan jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarning butunlay yangi imkoniyatlari vujudga keldi.
O’zbekiston va jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi har tomonlama aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvi har ikki tomon uchun iqtisodiy va siyosiy jihatdan foydali hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, uning milliy xo’jaligi ko’p darajada nafaqat bu mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi. Bu holatlar jahon xo’jaligi aloqalari va milliy xo’jaliklarning iqtisodiy rivojlanish muammolarini alohida tahlil qilishni taqozo qiladi. Shunga ko’ra ushbu bobda jahon xo’jaligining tarkib to’ishi, bunda ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlarining o’rni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, jahon infratuzilmasining rivojlanishi, jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish masalalari bayon etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
“JAHON IQTISODIYOTI” . K. Abdurahmonova “O’qituvchi” nashriyoti.
Ziyouz.com.
“JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR”. Darslik.
El.tfi.uz.
UWED.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |