Islox qilish omillari
Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan islo qilishning muhim omillari quyidagilardan iborat:
Respublikaning demokratik xuquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo'lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
mamlakat iqtisodiyotida tub o'zgartirishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xomashyo yo'nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yoliga
izchil o'tayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining kengayyotganligi; davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi qaror topganligi;
milliy o'zlikni anglashning o'sib borishi, vatanparvarlik, o'z vatani uchun iftixor tuyg'usining
shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an'analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;
O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondag i mavqei va obro'-e'tiborining mustahkamlanib borayotganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |