Asosiy qism: O‘zbek adabiyotida Sh. Xolmirzayev ijodining o‘rni


Shukur Xolmirzayev hikoyalarida bola xarakteri



Download 62,33 Kb.
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi62,33 Kb.
#224002
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi

2.2. Shukur Xolmirzayev hikoyalarida bola xarakteri

Adabiyot rivojining dastlabki davrlaridan boshlab inson ruhiyatini yoritish muhim masala bo‘lib kelgan. Chunki inson ruhiy holatidan, xarakteridan kelib chiqqan holda o‘z harakatlarini amalga oshiradi. Har qanday yozuvchi yaratayotgan qahramonining ruhiyatini tushunmay, uni to‘laqonli anglab yetmay turib yaxshi asar yarata olmaydi. Bu haqda hozirgi kungacha ko‘plab adabiyotshunos olimlarimiz o‘zlarining turli xil fikrlarini bildirib kelishmoqda.

Hayotda bo‘lganidek, adabiyotda ham odam o‘zining individual psixologik xususiyati bilan boshqalardan ajralib turadi bu xarakter (“tamg‘a”, “xislat”, “belgi”, “alomat” ma’nolarini beradi) tushunchasi bilan bog‘liqdir. 1Umuman, badiiy ijod sohasida andoza bo‘lmaganidek, hikoyada xarakter yaratilishi uchun ham andoza yo‘q bo‘lib, u yozuvchi mahorati va aniq maqsadidan kelib chiqadi.Xarakter qotgan holda ham, rivojlangan holda ham bo‘lishi mumkin. Biroq bu o‘sish jarayoni janrning hajm jihatdan chegaralangani sababli povest va romandagi singari keng davrni emas, bir yoki bir necha epizoddangina iborat bo‘ladi. Biroq hajm chegaralanishi janr qimmatini tushirmaydi, hikoyada xarakter boshqa janrlar bilan bir qatorda davrlarni ko‘rsatib chiqishga qodir.

Yozuvchining asarlarida inson ruhiyatini, ayniqsa, o‘smir bolalar ruhiyatining nozik qirralarini ochishga harakat qilgan. Vaholanki inson zotining eng ta’sirchan, beriluvchan, salga xafa bo‘ldigan, qizziqqon davri bu o‘smirlik davridir. Agar uni qilgan ezgu ishiga sal rag‘bat, e’tibor bo‘lsa, u kelajakda usta-hunarmad, shoir yozuvchi, balki o‘qituvchi-murabbiy hatto olim bo‘lib yetishishi mumkin. Yozuvchi bu xil ko‘rinishdagi asarlari bilan kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarga, ularning qizziqishlariga e’tibor bilan qarashga o‘z hayot yo‘llarini tanlashlarida ularga maslahat va tafsiyalar berishga chorlaydi.

“Jo‘raboshi” hikoyasi o‘zlarini ko‘chaning “xo‘jayinlari” deb biluvchi bir guruh, har xil yoshdagi bolalarning hayotidan olingan haqqoniy lavhadir. Unda Habibulla ismli bola ko‘chadagi bolalar ichida “xo‘jayin’ bo‘lib, harbiy xizmatga ketishdan bir kun oldin barcha qo‘l ostidagilar bilan xayrlashib, ularga vazifalar tayinlaydi. Barcha bolalar uni aytganini so‘zsiz qiladilar. Habibulla birinchi bo‘lib iti Ko‘ktoyni boqishni vazifa qilib beradi:

“-Habibulla davradan chetda, olcha tunkasi yonida chunqayib o‘tirib, baroq dumi bilan yerni siypayotgan itiga o‘qraydi.

-Ko‘ktoy! K-o‘o‘k! Bu yoqqa kel! Idi!- deb tizzasining ko‘ziga shapatiladi.

-Yo‘l beringlar unga, Nurka!-deb qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib , bir yalang oyog‘i bilan ikkinchi oyog‘i to‘pig‘ini qashib qoracha bolaga baqirdi. -Yo‘l bo‘shat unga Nurka!

-O‘t oshna! O‘t!- dedi, it yana qiypanglagach, chopib borib, uni bo‘ynidan quchoqlab tortdi.- Ke, ke deyapman! Ataman bilan xayrlash!

-Qo‘zi,- deya bolalarning eng durkuniga murojaat qildi. – Sen qarab turgin bunga. Qarib qolgan, itlar bilan urishmasin, ovqatga unchalik ishtahasi yo‘q, go‘sht-po‘sht berib tur.

Uzun semiz qo‘llarini orqasiga qilib, to‘ladan kelgan gavdasini egib turgan Qo‘zi uyquli ko‘zlarini ochib yumdi.

-Menga ishonavering,-dedi. –Mana, Nurka kushxonadan kunora ichak-chovoq olib kelib turadi, a, Nurka?

-Bo‘pti, men har kuni desangiz, har kuni opkelaman! – deb bidirladi Nurali va yana topshiriq bormi deganday Habibullaga qaradi”.1

Hikoyadan keltirilgan bu parchadan ham ma’lum bo‘ldiki jo‘raboshi Habibullaning so‘ziga barcha bolalar so‘zsiz itoat etadi. Bunga sabab Habibullaning yoshi ham boshqa bolalarga qaraganda ancha katta va o‘zida ham jo‘raboshilarga xos kelbat borligidir. Habibulla ham boshqa tengqurlariga o‘xshab hayvonlarga qiziqadi. U it va parrandalarni mehr bilan parvarish qiladi. Sho‘x o‘yinqaroq bo‘lishiga qaramay doim tovuq va qushlarining don - suvidan xabar oladi:

“-Xo‘p, deb to‘ng‘illab qo‘ydi Habibulla va katak oldiga borib, ichkarida don terib yeb, aylanib yurgan oq tovuqlarga, katak shiftidagi yog‘ochda turgan qizil xo‘rozga qaradi. – Besh, olti, yeti, - dedi o‘ziga-o‘zi. – Ikkitasini kecha so‘ydik… Ashim, Sharif akam kelsa, har kuni bittadan so‘yib yeydi. Habib so‘ymasinlar, deb menga tayinlab ketdi, de, xo‘pmi, ko‘nmasa otamga ayt. Otam bunga yo‘l qo‘ymaydi, men unga tayinladim. Dondan qarashib turasan-da. Eshaklaring bor, bolalarni olib, bir dalaga chiqsang, lyuboy xirmondan bir qop chor opkelasan, xo‘pmi?”

Habibullaning harbiyga chaqirilishi uning ulg‘ayganini, endi yosh bola emasligini ko‘rsatadi. Uning o‘zi ham buni yaxshi anglay boshlaydi, o‘zini kattalardek tutadi:

“-Habib? – dedi bir tizzasida cho‘kkalab o‘tirgan ona va uzungina burnini tortdi, so‘lg‘in betlari titradi. – Men endi sensiz nima qilaman? – deb yig‘lab yubordi. – Chol, shuni armiyadan opqolsak bo‘lardi. Sizam qari, men qari bo‘lsak. Bizga kim qaraydi bu ketsa. Shu haqda arz qilib borsak degan edim, chol?

-Qo‘ying, qo‘ying! – deb baqirrib yubordi Habibulla va o‘rnidan turib ketdi, supa chetida turgan paqirni ko‘tarib suv ichdi, yo‘taldi: - Qoldiraylik emish-a! – dedi. – Eshitgan odam nima deydi? Nima men go‘dakmidim? Boraman, hamma qatori xizmatimni o‘tab kelaman… Nima, qolib, hammaga kulgi bo‘lib yuramanmi?”

“Xo‘jayin” o‘z “shayka” a’zolariga akalarcha o‘gitlar ham beradi. Ularni yaxshi yo‘lda yurishga undaydi:

“-Hey, Qo‘zi, - dedi Habibulla kinolardagi dahshatli shayka boshliqlariga taqlidan xo‘mrayib. – Sen bolalarga ehtiyot bo‘l, ularni xafa qilma, xo‘pmi?.. Agar jo‘raboshilik qo‘lingdan kelmasa, o‘rningdan tushasan. Buni menga Ashim yozadi, o‘rningdan olib tashlayman seni. Bildingmi?

- Bildim- dedi Qo‘zi.

Kecha men bozordan o‘g‘irlagan qovunni bu kishi uylariga olib ketdilar,- dedi itning ustidan oyog‘ini olin Nurali. – Ha, shunaqa bo‘ldi, Habib aka.

-Eshityapsanmi?- dedi Habibulla. – Unaqa qilma… Sen ham Nurka, o‘g‘irlik qilma, uqdingmi? Qo‘lga tushib qolsang, seni kim qutqaradi?

-Xo‘p, mayli Habib aka,- dedi Nurali va iljayib unga qaradi. – Qovun o‘g‘irlash o‘g‘irlikka kirmaydi, Habib aka. Ushlasayam qo‘yvoradi… “Biz ham yoshlikda shularday bo‘lganmiz”- hazillashib degan edi bir milisa otamga.

-Baribir, nasihatni quloqqa olishing kerak…”1

“Shayka” a’zolari jo‘raboshilarini kuzatish uchun vokzalga ham borishadi. Buni Habibulla kutmagan edi, juda xursand bo‘ladi. Poyezdda turib ular bilan oxirgi marta xayrlashadi”

“Habibulla sakrab zinaga chiqib tutqichni mahkam ushlab oldi. Bolalar hamon xuddi poyezdga yetib oladigandek chopishar, it oldinda, xo‘roz qo‘ltiqda qiynalganidan qiyqirar, “Habib, Habib aka!” deb baqirar edi.

_Xayr, xayr, -deb qo‘lini siltadi Habibulla va beixtiyor ko‘zlaridan yosh oqib kelayotganini o‘zi ham sezmay qoldi. – Xayr, xayr!”

Adibning “Nasib etsa” hikoyasida haqiqatgo‘y bola to‘g‘risida gap boradi Elyor Bo‘ritosh opasini juda yaxshi ko‘radi. U ishdan kelgan zahoti bola uning atrofida girdikapalak bo‘lib o‘ynar, u bilan suhbatlashar edi. Bo‘ritoshni qishlog‘idan Berdiyor yaqinda olib qochib kelganligi uchun Elyor unga oilasi, qishlog‘ito‘g‘risida o‘zini qiziqtirgan savollarni beraverardi.

- Uylaring mana shu tog‘ni orqasidami?

- Ha, o‘sha yoqda edi…. Endi yoq.

- Nega yo‘q. Unda ota-onangiz qayerda turadi?

- O‘sha yerda, uy ham o‘z joyida. Lekin men ularga begona bo‘lib qoldim. Endi, Elyorjon, mening uyim ham mana shu- sizlarning uyingiz bo‘ladi.

- Ur- re-a!... Opajon, tog‘ qo‘rqinchlimi?

- Juda. Lekin akang qo‘rqmas yigit… qo‘rqoq bo‘lganda meni bu yoqqa opqochib kelolmas edi.

- Akamni yaxshi ko‘rasizmi?

- Ha.

- Meni-chi?



- Seniyam. Sen shunday aqllisan! Katta bo‘lsang albata yaxshi odam bo‘lasan. Mard, qo‘rqmas… Haqiqat uchun kurashadigan, haqiqatchi!2

Elyorning haqiqatgo‘yligi bir kun kelib Bo‘ritoshni bu uydan ketishiga sabab bo‘lishini Bo‘ritosh hali bilmasdi.Elyorda yoshiga xos qiziquvchanlik, har narsani bilishga intilish juda yuqori edi. U Bo‘ritosh opasidan - Qachon qishlog‘izga boramiz, qachon onangiz keladi ? -deb so‘rayverardi. Bo‘ritosh esa “Nasib etsa , to‘ydan keyin olib boraman”- deb javob berardi.

Aslida Bo‘ritosh Elyorning akasi Berdiyorning yolg‘on gaplariga uchib o‘z qishlog‘idan kelgan edi. Bolakay rostgo‘y, haqiqat uchun harakat qiladigan, Bo‘ritosh opasi aytgandek inson bo‘lishni orzu qiladi.

Elyor Bo‘ritosh nima desa qiladi. Uning uchun ayg‘oqchilik ham qiladi. Men shunday qilsam opam ketmaydi deb o‘ylaydi. Bo‘ritosh shu yerda qolishi uchun har narsaga tayyor. Qorong‘u bo‘lsada yosh Elyor Bo‘ritoshning ishonchini oqlash uchun o‘z akasini kuzatadi. U barcha harakatlari bir kuni yi’g‘ilib Bo‘ritoshning ketishiga sabab bo‘ladi deb o‘ylamagandi:

“Oy chiqib, qishloqni yoritganda Elyor zig‘ir poyaga tutash o‘qariqda cho‘nqayib o‘tirar, ko‘zlari yalt-yult qilayotgan Qoraboyning baroq bo‘ynidan quchib olgan edi. Zig‘irning yoqimli, bir oz taxir hidi keladi. Qayerdadir baqa qurullaydi, chigirtkalar sayrashi avjida. O‘qariq nam, botqoq, chirik yaproq hidi keladi.Ufqni to‘sib turgan tepalik bag‘rida ikkita qora ko‘rindi, ular oqarib turgan so‘qmoqdan o‘tib, chayla ostiga kelishdi. Elyor ularning kulgisidan payqadi: biri akasi, biri tovushu yo‘g‘on Zumrad opa.”

Elyor uyga qaytib hammasini Bo‘ritosh opasiga aytib beradi.

“-Endi nima qilasiz?.. A..ayting…Lekin ketmaysiz! Hech qayoqqa ketmaysiz… to‘y bo‘ladi! Chig‘atoydan ota-onangiz keladi. Keyin biz boramiz… Opajon, ketmang! Men aytganingizdek bo‘laman, mard, haqiqatchi.”

Ertasi ertalab uyg‘onganida Bo‘ritosh uydagilar bilan xayrlashayotgan bo‘ladi. Barcha oila a’zolariga rahmat aytub, uzr so‘raydi. Elyor yig‘lab, opasining tuguniga yopishadi:

-Opajon, qoling…Aka, nega baqirasiz?! Men haqiqat gapni aytdim! Bo‘ritosh opa, haqiqatni aytganim uchun ketasizmi?!

Bo‘ritoshning ham ko‘ziga yosh to‘lib, bolani quchdi.

-Sen haqiqatchi bo‘lib olding,- dedi entikib. – Endi orqaga qaytmaysan, jonim!.. Haqiqat shunday narsa: u shafqatsiz bo‘ladi, u yig‘latadi. Buning uchun gap eshitishing ham mumkin… Lekin haqiqat hamma narsani joy-joyiga qo‘yadi. Yolg‘onchilik, aldanishga barham beradi…”

Bu hikoyadagi bola obrazi haqqoniy tasvirlanganligi uning har bir harakatida, gaplarida anglashilib turadi. Yosh bolakayning kattalardan farqli ravishda rost so‘zlashi, alday olmasligi, haqiqatga intilishi o‘quvchini ta’sirlantiradi. Yolg‘onni, ikkiyuzlamachilikni ko‘rib qattiq xafa bo‘ladi, opasi aytgandek “haqiqatchi” bo‘lishga intiladi. Yaxshi ko‘rgan odamlari uchun har bir ishni qilishga tayyor bo‘ladi. Bolaning xarakteri akasining fe’liga qarshi qo‘yilgan. Akasi lafzsiz, yengiltak obraz. U uchun Bo‘ritosh ortiqcha mashmasha edi. Biroq Elyor uni juda yaxshi ko‘radi. Unga qo‘ldan kelgan barcha yordamni qilishga harakat qiladi. U bilan tog‘ga borishni orzu qiladi.

Adibning 1967-yil yozilgan “Qorbobo keladi” hikoyasidagi qahramon bolakay obrazi Qorbobo borligiga, uning kelib tabriklashiga ishonadi, uni ko‘rish uchun Yangi yil kuni maktabga yugurib boradi. Qorbobo hammaga sovg‘a ulashib ketadi. Bu hikoyada bola obrazi ruhiyati ifoda etilgan. U bola bo‘lganda ham juda sodda, ishonuvchan, qalbi pok, orzu qilgan narsalarini o‘zi xohlaganday tasavvur qiladigan va shunga o‘zi ham ishonadigan obraz sifatida tasvirlangan. Bola uni qayerga ketganini so‘raganda “O‘rmonga” deb javob berishadi. Uyga kelib onasidan ham so‘raydi:

“-Qorbobo o‘rmonga ketdi!- dedim onamga.

Onam kulimsiradi.

-Qachon keladilar?

-Yanagi Yangi yilda.

Men kuta boshladim. Bahorda ham, yozda ham, kuzda ham kutdim. Yana qor tushdi. Yana Yangi yil keldi. Maktabga yugurdim. O‘sha zal. O‘quvchilar. Archa… Yana Qorbobo keldi! Bizni tabrikladi, salomlar aytdi, sovg‘alar berdi, yana…ketdi!”1

O‘rtoqlari Qorboboni muallim ekanligini aytishsa ham , u baribir ishonmaydi. Har yili Qorboboni kutadi. Yillar o‘tib, ulg‘ayib o‘quvchi bo‘lganida Qorbobo o‘rmonda bo‘lmasligini, o‘zini o‘zi aldab yurganini tushunadi. Biroq bunga ishongisi kelmasdi.

“Qorbobo bor, u o‘rmonda yashaydi, Yangi yilda keladi, sovg‘alar olib keladi, deb o‘ylar edim. Shuni o‘ylasam, o‘rmon ham, Yangi yil ham, tug‘ilgan kunim ham, qish ham, hammasi sirli bo‘lib ko‘rinardi, yosh boladay quvonar edim. Qorbobo yo‘q desam-chi? Sir g‘oyib bo‘lar, o‘rmon –mo‘rmondek, qish- qishdek, Yangi yil- shunchaki bir bayramdek, tug‘ilgan kunim esa, tug‘ilishim kerak bo‘lgan bir kundek tuyular, yuragim bo‘shab qolardi. So‘ng yana zo‘r berib shivirlardim o‘zimga: “Qorbobo bor… u o‘rmonda…”

Hikoya hajman kichik bo‘lsa ham, unda yosh bolakayning sof tasavvuri, o‘ylari, orzulari to‘liq ochib berilgan. Har bir bolakay Qorboboga ishonadi, undan sovg‘a olishni xohlaydi. Yillar o‘tib ulg‘aygach, Qorbobo yo‘qligini tushunadi. Biroq katta yoshda ham o‘z bola tasavvurini, beg‘uborligini saqlab qola olish hammaning ham qo‘lidan kelmaydi. Bolalarcha soddalik, ishonch aslida hayotni go‘zal qiladi.

Shukur Xolmirzayev hikoyalarida bola ruhiyatini ochar ekan ko‘proq ularni qiziqarli holatlarda aks ettirishga harakat qiladi. Bunday paytda yozuvchi bolalar hayotida yuz berishi mumkin bo‘lgan voqea – hodisalarga e’tiborini qaratadi. Masalan, maktab tasvirini berish orqali unda bolalarning maktab yoshiga xos bo‘lgan jihatlarini ochishga harakat qiladi, qishloq hayotidan lavhalar keltirish orqali esa, tabiat va bola ruhiyatidagi o‘xshashliklar yoritiladi. Bolalar turmush tarzining ko‘p qismini egallab turadigan jarayon bu-o‘yin. Yozuvchi hikoyalarida o‘yin epizodidan foydalanar ekan, keltirilgan o‘yinning qanday o‘ynalishi, o‘ynalish qonun-qoidalari haqida ham gapirib o‘tadi. Bundan yozuvchining o‘zbek milliy o‘yinlari turkumiga kiruvchi o‘yinlaridan anchagina yaxshi xabardor ekanligini bilib olamiz. Masalan, o‘zbek milliy o‘yinlari turkumiga kiruvchi “Quloqcho‘zma ” hikoyasi misolida yozuvchi mahoratini ko‘rishimiz mumkin. Bolalar turmush tarzining ko‘p qismini egallab turadigan jarayon bu-o‘yin. Yozuvchi hikoyalarida o‘yin epizodidan foydalanar ekan, keltirilgan o‘yinning qanday o‘ynalishi, o‘ynalish qonun-qoidalari haqida ham gapirib o‘tadi. Hikoyada asosan, ikkita guruh bolalari to‘g‘risida gap boradi. Bolalarni ikki guruh deyilishiga sabab unda “shaharlik” va “qishloqi” bolalar haqida gap boradi. Hikoya “shaharlik” lar vakili bo‘lga bola tilidan aytilgan. Bu hikoya shaharning tor ko‘chalari tasvirini berish bilan boshlanadi:

“Qing‘ir-qiyshiq tor ko‘chadan chiqardik. Xivich otimizni savalab, kishnab.Qarshimizda maktabimiz. Devorlari somon-suvoq qilinib, ustidan oqlangan. Yog‘in – sochinda ohagi ko‘chib sarg‘ayib qolgan. Bo‘g‘otlarda chumchuq bolalari chug‘ullar, inlarida xas-xashak,qiyqim-siyqimlar osilib turardi. Biz pastdan tomosha qilar, bironta bolasining yiqilib tushishini istardik. Keyin qo‘nishib- diydirashib, maydonda shildirab- dumalab yurgan qog‘ozlarni yig‘ib o‘t yoqardik.”1

Hikoya qahramoni maktab o‘qituvchilari haqida o‘zgacha fikrda. U bashang kiyimlar faqat oqituvchilar uchun, chunki ularning topish-tutishi yaxshi deb biladi. “Bunday vaqtlarda agar yolg‘iz bo‘lsam, maktabning katta yo‘liga qaragan tomoniga o‘tib, poydevordan chiqib turgan to‘sin uchiga o‘tirardim-da, o‘tgan-qaytganlarni kuzatardim, oq jujun kitel kiygan, yoki etigidan g‘arch chiqayotgan, umuman, bashang engilli odam yo‘ldan o‘tib qolsa, unga “Salom muallim!” deb baqirardim. Nazarimda barcha bashang kiyimlilar o‘qituvchilar bo‘lar, faqat o‘shalargina shunday kiyinishi kerak edi. Nega shunday o‘ylarkanman? Bilmayman. Balki o‘shanda muallimlarning mavqei baland, topish- tutishi ham yaxshi bo‘larmidi.

Hikoya qahramoni yo‘lida davom etar ekan, ko‘chaning narigi betida “qishloqi” bolalarni ko‘rdi. “Xullas, ko‘chani tomosha qilib o‘zimga ermak topib turgan chog‘larimda, yo‘lning narigi betidagi katta hovlidan ikkitalab- uchtalab qishloqi bolalar chiqishar, ular ham sim yog‘ochlarga suyanib- gaplashib turishar edi. U hovli “Internat yotog‘i” hisoblanar, unda tog‘u-dashtlardan uchinchi sinfgacha o‘qib, qolganini markaziy maktabda davom ettirish uchun kelgan yigit-qizlar turishar, biz ularni “qishloqi” , o‘zimizni “shaharlik” deb atardik.”

O‘zini shaharlik deb biluvchi hikoya qahramoni “qishloqi” bolalarning yurish turishi, hatto kiygan kiyimlarini ham ermak qiladi. Bu hikoyada Jovli ismli “qishloqi” bir bolaning portreti berilgan. Uni hikoyachimiz quyidagicha tasvirlaydi: “Xo‘sh ular ichida bitta g‘alati bola bo‘lardi. Past bo‘yli, yelkalari keng, kallasi xumdek, boshida telpagi bo‘lganda bo‘yni ko‘rinmas, telpakli kallasi naq yelkasiga qo‘ndirib qo‘ygandek tuyilardi. U yerdan bir narsa topadigandek boshini egib yurar, quchqornikidek do‘ng peshonasi ostidan olayib qarardi. Shu qarashi ham menga yoqmas, qo‘shnim-sinfdoshim Erkin bo‘lsa, uni ko‘rganda, ko‘zini g‘ilay qilib, bir narsani suzadigan yosh buqachadek boshini qiyshaytirib o‘tirardi.Biroq u bolaning yana alohida bir a’zosi bor ediki, har qanday odamning ham diqqatini tortadi. Bu – unung quloqlari edi. Shalpang, shalpanglarning shalpangi! Lof bo‘lsa ham, polvonning kaftidek kelar,tepadan bosib turgan telpak ostidan ikki yonga turganini ko‘rsangiz kulib yuborar edingiz.”

Hikoya qahramoni o‘zini qancha jasur, qo‘rqmas tutishga harakat qilsa ham, kechasi ko‘chaga chiqishdan qo‘rqadi. Chunki, “shaharliklar” dan ham zo‘rroq guruh: “shaharistonliklar” bor edi:

“Kechasi-tunda katta ko‘chaga chiqib, aylanish yoki kinoxonaga borish bizga man etilgan edi, to‘g‘risini aytsam,o‘zimiz ham chiqishga qo‘rqar edik. Sabab: biz “shaharlik” lardan ham zo‘r “shaharistonliklar” bor, ular ota-onadan yetim qolib, bezori bo‘lib ketganlar shaykasi ediki, kap-katta kishilarni ham pana joyda tunab qo‘yishardi.”

“Quloqcho‘zma” o‘yinida ikkita gturuh bellashayotganda tugun Jovli ismli bolaning qo‘liga tushadi. U har qanday qarshiliklarga qaramay tugunni og‘ochga qarab olib boradi. “Shaharliklar” qancha unga qarshi chiqib, yo‘lini to‘sishmasin chekinmaydi. Uning tizzalari, qo‘llarga urishadi. Tugun uning og‘zida ekanini bilib qolishgach, bittasi unga musht tushiradi. Burni qonab ketgachgina Jovli ungrab yuboradi. Shunga qaramay, marraga yetib keladi. shu o‘yinda Jovli o‘zining qay darajada irodali, chidamli va sabrli ekanini barchaning ko‘z o‘ngida isbotlab bera oldi. Jovlining shu darajagacha kelishiga ham aslida atrofdagilar sababchi. Jovli o‘zining chidamli ekanini ko‘rsatish, yoki sovringa ega bo‘lish uchun emas, g‘urur va or uchun shiddatli o‘yin olib bormoqda. O‘yindagi g‘irromliklar Jovlini ancha holdan toydirdi. Ammo ortga chekkinishni o‘ylab ham ko‘rmasdi.

Ha, Shalpang g‘olib chiqdi. Uning siymosida Iroda, Kuch-quvvat, Chidam va Tirishqoqlik g‘olib chiqdi. O‘yinda Jovli g‘olib bo‘ldi. Unga g‘oliblik sovrinlari topshirildi. “U pastga sirg‘anib tushgach Berdi aka dast ko‘tarib olib davrani aylantirdi-da, oqsoqollarning oldiga eltdi. Shalpang odatga ko‘ra tiz cho‘kdi. Chollar uni duo qilishdi. Keyin Berdi aka uzatilgan beqasamni uning yelkasga yoyib tashladi. Shunda deng, to‘y egasi Qirg‘iz chobag‘on egnidagi qora zar choponni yechib, Shalpangni ustiga yopdi.” Jovli bu o‘yin orqali barchaning ko‘nglidan joy oldi. U insonlar o‘zaro munosabatda tashqi ko‘rinishga qarab muomala qilishning oxiri afsuslanish bilan tugashini isbotlay oldi, bu o‘yindan chiqarilgan xulosalardan eng muhimi shaharliklar endi qishloqilar bilan do‘stlashib, hatto birgalikda shaharistonliklardan ham qo‘rqmasliklarini bilishadi.

Hikoya davomida ikkita guruh urushishini kuzatib turgan “Berdi laqqi” degan odam “shaharliklarni ruhlantirib, yana ham urushishga chorlaydi. Shalpangquloq “Quloqcho‘zma”da ishtirok etsa, quloqsiz nqolishini aytadi. Bu Yoshi kata odam bo‘lsa ham, ularni janjaldan qaytarish o‘rniga, olovga yog‘ sepadi.

“Darvoqe, bu kishi ko‘p gapdon – mahmadona bo‘lgani uchun “laqqi” degan laqab olgan. Shu bilan birga to‘y-tomoshalarda bolalar o‘yini musobaqalariga bakovullik ham qilardi.”

Bu hikoya “O‘zbek bolalar o‘yinlari” turkumidan olingan hikoya bo‘lib, 1997- yil yozilgan. Umuman, adibning barcha hikoyalaridagi bola obrazi yorqin, hayotiy va o‘z shaxshiyatiga ega bo‘lib ta’riflangan. Har bir xarakterni ochib berishda yozuvchi ma’lum bir mavzu yoki detallarga ahamiyat beradi. Muallifning bola obrazi mavjud hikoyalarida aynan bola personaji alohida ajralib turadi.

Xullas, Shukur Xolmirzayev o‘ndan ortiq hikoyalarida bola obrazini yaratgan. Bolalarga xos bo‘lgan ruhiy kechinmlalar, hissiyotlar, ularni larzaga solgan hodisa va voqealar bola tilidan ifoda etilgan. Bu obraz o‘ndan ortiq hikoyalarda aks etgan bo‘lsa-da, bir-birini takrorlamaydigan xarakterlar galeriyasi bo‘lib gavdalandi.




    1. Download 62,33 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish