Asosiy qism. Ijtimoiy pedagogikaning pedagogik fanlar tizimidagi o‘rni. Fanning predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari


Ijtimoiy pedagogika funktsiyalari



Download 68,51 Kb.
bet7/18
Sana26.04.2022
Hajmi68,51 Kb.
#582915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogik faoliyat

Ijtimoiy pedagogika funktsiyalari. Ijtimoiy pedagogika funktsiyalarini o’rganar ekanmiz, bunda bir qator talablar mavjudligini ko’rish mumkin. Ularning ayrimlari ustida to’xtalamiz.
Bola (o’smir)ni, uning ahvoli, oila, maktab, hovlidagi guruhlar bilan munosabati, ziddiyatli vaziyatda o’zini tutishi kabilarni o’rganish tang ahvolda qolgan bolaga ko’maklashish, inqirozdan chiqish variantlari, yo’llarini topish, qiyin vaziyatda qo’llab-quvvatlash bolani o’rab turgan va unga ta’sir o’tkazuvchi turli ijtimoiy muhit ijtimoiy tarbiyasi holatini tahlil qilish.
Bola (o’smir) faoliyatini (o’zini) tarbiyalash, bilim olish, o’z hayoti va xatti-harakatlarini mustaqil shakllantirish layoqatiga yo’naltirish bola (o’smir) huquqlari muhofazalanishiga taalluqli va uning muammolarini hal etish maqsadida faoliyat yurituvchi tashkilot va turli mutaxassislar birlashuvi, muvofiqlashuvi bilan shug’ullanish, ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini tadqiq etishni tashkil qilish; ijtimoiy pedagoglar, jamoalar, turli pedagogik markazlar faoliyatini tahlil qilishdan iborat.
SHunday qilib, yuqoridagilarni umumlashtirgan holda ijtimoiy pedagogika funktsiyalarini quyidagicha ifodalash mumkin: Bular:
1. Tarbiyaviy funktsiya;
2. Ijtimoiy-huquqiy funktsiya;
3. Ijtimoiy-sog’lomlashtirishfunktsiyasi.
Tarbiyaviy funktsiya — bolani atrof-muhitga qo’shilishi, ijtimoiylashuvi jarayonini, uning ta’lim-tarbiya jarayoniga moslashuvini taqozo qiladi.
Ijtimoiy-huquqiy funktsiya — davlatning bolalar haqidag’amxo’rlshi, ularni huquqiy muhofazalanishini anglatadi.
Ijtimoiy-sog’lomlashtirish funktsiyasibu nogiron bolalar, ya’ni jismoniy yoki ruhiy nuqsonga ega bolalar bilan tarbiyaviy va ta’lim ishlarini olib borish bo’lib, bunda pedagog asosiy ijtimoiy vazifa bajaruvchi hisoblanadi. Yuqorida qayd etilganlardan esa ijtimoiy pedagogikaning amaliy vazifalari yuzaga chiqadi. Bundan ijtimoiy pedagog va xodim o’z faoliyatini nimaga mutanosib shakllantirishi, nimaga yo’naltirishi lozimligi aniqlanadi.
O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikani tiklash va uni yangi bosqichga ko’tarish uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish, shu sohadagi ilmiy bilimlar va milliy tadbirlarni rivojlantirish, bu jarayon davomida yuzaga keladigan muammo va qiyinchiliklarni tahlil qilish ham katta rol o’ynaydi.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning rivojlanish tarixi juda yaqin. Eng avvalo, ularni odamlarga alohida g’amxo’rlik va e’tibor talab etadigan madaniy-tarixiy an’ana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda «rahm-shavqat», «xayriya», «yordam» kabi tushunchalar juda ko’p ishlatiladi. Ammo ularning aniq ifodalangan o’ziga xos jihatlari ham bor, mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan institut sifatida namoyon bo’ldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy himoyalash sohas ida rivoj topdi, ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida ta’kidlanganidek, ta’lim tizimida va yoshlar ishlari bo’yicha qo’mita muassasalarida rivojlandi.
Ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xodimlar faoliyati asta sekin kengayib, biri ikkinchisini to’ldiradi. Ko’pgina mustaqil fanlarning birlashib bir ob’ektni har xil
nuqtai nazardan o’rganganda integratsiya muammosi kuzatiladi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan to’qnashishi natijasida yangi mustaqil fanlar yuzaga keldi. Falsafa bilan ta’lim falsafasi, sotsiologiya bilan ta’lim va tarbiya sotsiologiyasi, psixologiya bilan pedagogik psixologiya.
Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqqan. Uning kuzatuv markazida pedagogikada o’rganiladigan barcha jarayonlar namoyon bo’ladi. Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, «og’ir guruh»larga alohida e’tibor qaratadi. Bu guruhga taqdir taqozosi bilan og’ir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslar kiradi. Bular. narkomanlar, ishsizlar, fohishalar, jinoyatchilar, qamoqda o’tirib chiqqanlar, jinoiy guruhlarga va man etilgan diniy sektalarga o’zlari bilmagan holda kirib qolgan shaxslar va h. k. kiradi. SHuningdek, ijtimoiy pedagogika katta yoshdagilarni va qariyalarni ham ishlab chiqarish jarayonlaridagi raHbar va xodimlarning o’zaro munosabatlari, ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaslik, qolaversa dam olishga, ruhiy kasallangan, ta’lim olishdagi muammolar, tarbiyasi og’ir bolalar kabi muammolarni ham nazardan chetda qoldirmaydi. Ijtimoiy hayotning turli jabhalaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali pedagogik yordamga muhgojdirlar.
Ijtimoiy pedagogika faoliyat rivojlangan davlatlarda maxsus kasb darajasiga ko’tarilgan. Janubda bu kasb «Ijtimoiy faoliyat» deb yuritiladi. Bizning yurtimizda aholining, umuman jamiyat a’zolarini ijtimoiy muhofazalashga doir qator ishlar amalga oshirilishidan qat’i nazar, u bilan shug’ullanuvchi maxsus fan yo’nalishi to’liq shakllanmagan. Ijtimoiy ish jamiyat a’zolarining bir-biriga insoniy munosabatda bo’lishini taqozo etadi. Qadim zamonlarda bu faoliyatning aslida mas’ullik, sahiylik, xayrixohlik singari qirralari namoyon bo’lgan.
«Ijtimoiy pedagogika»ning paydo bo’lishi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotidagi o’zgarishlar bilan bog’liq. CHunki, bu o’zgarishlar tarbiya jarayonini murakkablashtirib, yoshlar tarbiyasida yangi muammolarni vujudga keltirib, yosh avlodning ijtimoiy shakllanish jarayonini ilmiy o’rganishni talab etmoqda. An’anaviy petsagogika fani ta’lim-tarbiya muassasalari qobig’ida cheklanib qolib, ijtimoiy muhit omilining tarbiyaga bo’lgan ta’siriga yetarlicha e’tibor bermadi. Ayniqsa, ijtimoiy tarbiyaning umumiy xarakterini chetga surib qo’ydi.
«Ijtimoiy pedagogika» Rossiyada o’tgan asrning 80-yillarida alohida fan sifatida shakllandi. Mustaqil yurtimizda esa uning ma’lum qirralari yoritilgan bo’lishiga qaramasdan bu yo’nalish bo’yicha hali alohida tadqiqot ishlari yuzaga chiqqanicha yo’q. Bu fan jamiyatning, har bir mamlakatning, har bir millatning ijtimoiy hayoti va milliy psixologiyasi bilan bevosita bog’liq. SHu nuqtai nazardan mazkur fanni turmush pedagogikasi, deyish ham mumkin.
Turmush — shaxsning jamiyatda o’z o’rnini topishini taqozo qiladi. Biz ta’lim tarbiya muassasalari va ulardan tashqari, ya’ni har kungi ijtimoiy hayotimiz orqali tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish asosida barkamol, komil insonni voyaga yetkazishimiz kerakki, toki biz tarbiyalagan shaxs jamiyatga «kirishib keta olsin». Ular jamiyatdan chetda qolishi mumkin emas. Ma’lum sabablarga ko’ra «jamiyat tan olmagan», «sotsiumga kirisha olmagan» shaxslarning o’z yo’lini topib ketishi uchun ijtimoiy faoliyat talab etiladi. Ushbu muammo dolzarblik holati kasb etib, Rossiyada 1960 —1970 yillardayoq shunday ijtimoiy-pedagogik faoliyatga yo’naltirilgan mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha ishlar olib borildi. Jumladan, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, uy-joy kommunal xizmati tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalar xodimlari, yotoqxona, maktab kutubxonasi xodimlari singari kadrlar faoliyat olib borishdi. Qator chet mamlakatlarda esa 1970—1980 yillarda bu ijtimoiy talab muammoni hal etishning yangi yo’nalishlarini vujudga keltirdi. Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli yoshdagi xodimlardan iborat birlashmalarda ijtimoiy pedagogik tajribalarni to’plash ishlari shakllantirilgach, maktablarning ijtimoiy institutlar bilan hamkorligi o’zgardi. SHu asosda ijtimoiy muhitni pedagoglashtirish jarayoni intensiv tarzda rivojlanib bordi. Lekin bu boradagi kadrlar masalasi muammo bo’lib qolaverdi. Buning ustiga tarbiya ishlari bilan faqat maktab, bog’cha kabi ta’lim-tarbiya maskanlari shug’ullanadi, degan fikr jamiyat a’zolari ongida o’rnashib qolgan. Demak, ta’lim-tarbiya bilan shug’ullanuvchi fanlar va o’quv muassasalaridan farqli o’laroq ijtimoiy pedagogika ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalari bilan bog’liqdir. SHuning uchun ham u juda ko’plab fanlar bilan uzviy bog’liq. Ularning asosiylari: Pedagogika — Psixologiya — Sotsiologiya — Tibbiyot — Biologiya — Genekologiya hamda filosofiya — Mantiq — Iqtisod — Tarix — Etnografiya fanlaridir. Kelgusida bu tartib, yangi ilmiy izlanishlar va o’quvchi —talabalar takliflariga binoan to’ldirib boriladi.
Sotsiologiya fani jamiyat va undagi insonlararo, insonlar va ijtimoiy institutlararo munosabatlar haqidagi fan sifatida pedagogika faniga juda katta material tayyorlab beradi.
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika shug’ullanadi.


Download 68,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish