Tadqiqot maqsadi: eritmalarda kristallogidratlarni hosil qilish va ajraladigan yoki yutiladigan eneriyani o’rganish
Tatqiqot vazifalari:
Eritmalar tarkibiida kristallogidratlar hosil qiladigan tuzlarni aniqlash
Kristallogidratlarning fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish
Kristallogidratlar hosil bo’lish issiqlik jarayonlarini aniqlash
Amaliyotga kerakli kristallogidratlarni sanoatga tadbiq etish
Tadqiqot predmeti. Dipers sistemalar, kolloid eritmalar, dag’al eritmalar, geterogen va gomogen eritmalar, ariometr, haydash asboblari, tuzlar
Kursi ishi tuzilishi: ushbu kurs ishi tuzilishi III ta asosiy bobni tashkil qiladi. Kurs ishi kirish qismida mavzuning dolzarbligi, zarurati, obyekti, predmeti, vazifalari ilmiy yangiliklari berilgan. I bob asosiy qism deb ataladi. 3 ta qismdan iborat. II bob tajribaviy qism bo’lib 3 qismdan iborat kurs ishi oxirida xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan. Kurs ishi 30 betdan iborat.
Asosiy qism:
I . 1. Moddalarning erish issiqlik jarayonlari va xarakteristikasi. Tuzning erish issiqlik jarayonlari va uni aniqlash.
Tuzlar suvda eriganda issiqlik yo yutiladi, yoki chiqadi. Modda xolati o`zgarganda va ximiyaviy reaksiya bo`lganda chiqadigan issiqlik effektini termoximiya o`rganadi. Rus akademigi G.I.Gess kashf qilgan qonun termximiyaga asos soladi. Bu qonunga muvofiq, revksiyaninig issiqlik effekti o`zaro taьsir etuvchi moddalarntng dastlabki va oxirgi holatlariga bog’liq bo`lib, shu moddalarning bir holatdan boshqa holatga qanday yo`l bilan o`tganiga bog’liq emas. Modda o`zgarishining issiqlik effektinii bevosita aniq o`lchab bo`lmaydigan hollarda shu qonundan foydalanib, uning qiymati hisoblab topiladi. Masalan, kristallogidrat hosil bo`lshida chiqadigan issiqlik qiymatini bevosita aniq o`lchash qiyin, chunki suvsiz qattiq modda bilan suvda kristallogidratlar hosil bo`lish reaksiyasi dastlab suvsiz modda kristallchalari sirtqi qavatlarida suv bilan ta’sir etib bo`lguncha tez boradi, keyin esa reaksich juda sekinlashib qoladi Bundan tashqari, modda suvdv erishi natijasida jarayon juda murakkablashib ketadi. Ammo termoximiyaning asosiy qonunidan foydalanib, krisstallogadrat hosil bo`lish issiqligini bilvosita yo`l bilan hisoblab topish mumkin; bunig uchun suvsiz tuz hamda kristallogidratning erish issiqligi o`lchanadi va birinchi qiymatdan ikkinchi qiymat ayirib tashlanadi. Tuz suvda eriganda quyidagi jarayonlar bir vaqitda boradi:1.ionlarning krstall panjarasi buziladi . Bunda Q1 teng miqdorda issiqlik yutiladi. 2. Ionlar gidratlanadi, bunda Q2 teng miqdorda issiqlik chiqadi. Tuzning erish issiqligi jarayolar issiqlik effektining algebraik summvsiga teng: Qerish = Q2 + Q1 Kristall panjarasi mustaxkam bo`lgan va eritma sust gadratlanadigan moddalar eriganda issiqlik yutiladi. Kristall panjarasi mustaxkam bo`lmagan yoki eritmada kuchli gidratlangan (masalan, N + va ON- ) ionlnr hosil qiladigan moddalar eriganda esa issiqlik chiqadi. Eritiladigan bir molь moddaga to`g’ri keladigan erituvchining miqdori oshirilsa, moddaning erish issiqligi ko`tariladi. Agar bir molь moddaga 100-300moldan ko`proq erituvchi to`g’ri kelsa, eritma yana suyultirilishi baoan erish issiqligi qiymati sezilar-sezilmas o`zgaradi. Bir molь modda erituvchida yutiladigan yoki ajralib chiqadigan issiqlik miqdori erish issiqligi deyiladi, erituvchidan shuncha miqdorda olingan bo`ladiki, erituvchidan yana qo`shilishi bilan issiqlik effekti o`lchab bo`lmaydigan darajada o`zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |