Asosiy qism i-bob. Felning leksik-grammatik xususiyatlari


II BOB. FE’LLARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI



Download 55,63 Kb.
bet5/7
Sana26.06.2022
Hajmi55,63 Kb.
#707116
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILIDA HARAKAT FE\'LLARI

II BOB. FE’LLARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI
2.1. Fe’llarning semantik gruppasi

Fe'llarning semantik jihatdan gruppalash va bu problema ustida ilmiy ish olib borish (rus tilshunosligida ham, turkiy tillarda ham) ko'p tilshunos olimlar dihhatini o'ziga jalb qilib kelgan.8 Lekin tekshiruvchilarning bu murakkab temaga yondoshishlari hamda klassifikatsiyalarida yagonalik yo' q. Masalan, L. M. Vasil`ev o'zining «Semanticheskie klassn russkogo glagola» nomli doktorlik dissertatsiyasida fe'llarni semantik jihatdan 4 katta gruppaga ajratib tekshiradi, chunonchi,


I sezish fe'llari, sezgi ifodalovchi fe'llar;
II — intellektual — fikriy faoliyatini ifodalovchi fe'llar;
III — nutq fe'llari;
IV — xulq-atvor fe'llari.
Bu gruppalar o'z ichida yana kichik gruppalarga ajratiladi. L. M. Va- sil`ev o'z avtoreferatida bu bo'limlarga 10 mingga yahin fe'l formasi gruppalashtirilganini qayd etadi9. Bu jiddiy klassi-fikatsiya mustahkam logik — grammatik fundamentga ega bo'lib, hamma tillarning fe'llariga mos keladi. Ayrim ishlarda bu klassifikatsiya ba'zi o'zgarishlar bilan qo'llanadi.
Turkiy tillardagi fe'llarning semantik gruppalarini dast lab N. Q. Dmitriev belgilab chiqqan edi. 10 U fe'llarni 4 semantik gruppaga ajratadi:
I — nutq fe'llari,
II — sezgi fe'llari, sezgi ifodalovchi fe'llar,
III — faoliyat ifodalovchi fe'llar va
IV — harakat fe'llari.
Prof. 3. Budagova ozarbayjon tilidagi fe'llarni 5 semantik gruppaga ajratib tekshiradi:
I — nutq fe'llari,
II — sezgi ifodalovchi fe'llar,
III — faoliyat ifodalovchi fe'llar,
IV — hara kat ifodalovchi fe'llar,
V — holat ifodalovchi fe'llar.11L. N. Xaritonov esa yohut tilidagi fe'llarni 3 semantik gruppaga ajratadi:
I — harakat, holat fe'llari
II - tovushga taqlid qilib yasalgan fe'llar,
III - obrazga taqlidiy so'zlardan yasalgan fe'llar12 va b.
G. Kuliev o'zining «Fe'l boshqaruv» temasida yozgan kandidatlik dissertatsiyasida fe'llarni 10 xil semantik gruppaga ajratadi:
I — ish-faoliyat fe'llari,
II — sezgi ifodalovchi fe'llar,
III — nutq fe'llari,
IV — ko'rish fe'llari,
V — tafakkur fe'llari
VI —ruhiy holatni ifodalovchi fe'llar,
VIII — tovushga taqlidiy so'zlardan yasalgan fe'llar
IX —taqlidiy so'zlardan yasalgan fe'llar,
X —tabiat hodisalarini aks ettiruvchi fe'llar va b.
Bu gruppalarning asosida ham yuqoridagi to'rt elementli klassifikatsiya yotadi.
Bu kichik manzaradan shunday xulosa chiqarish mumkinki, tabiatdagi yuz beradigan turli harakatlar, holatlar, sezish va ta'sirlanish hodisalari benihoya turli-tuman, murakkab va «mayda»- dir. Bunday hodisalarning deyarli hammasi tilda fe'l formalari orqali ifoda etiladi. Bas, shunday ekan, ularning leksik-semantik gruppalarini aniqlash, xillarga ajratish ham o'z-o'zidan katta qiyinchiliklarga olib keladi va turliliklarni keltirib chiqaradi.
Bizning fikrimizcha, tekshirishni qulay yo'l bilan olib borish uchun gruppalar sonini buncha ko'paytirmay, dastlab yirik gruppalar belgilab, masalan, avval fe'llarni ikki katta grup- paga — harakat va holat fe'llari gruppasiga ajratib, so'ng ularni o'z ichida yana mayda gruppalarga ajratgan holda tekshirish mumkin. Ayrim hodisalar, masalan, nisbatlanish hodisasining holat ma'nosini harakatga aylantirishi yoki munosabat ma'nosini hosil hilishi (ko'rdi — ko'rishdi kabi) yoki «ikki marta holat bildirishi» (sezdi — sezdirdi kabi) «biridan-biriga o'tib turishlar» gruppalashtirish masalasida har xilliklar tug'diradi,. masalani murakkablashtiradi.
Fe'llarning semantik gruppalarini belgilab chihish va har' bir gruppani chuqur o'rganish, yuqorida ko'rib o'tganimizdek, alo- hida ilmiy ishlarning ob'ekti bo'lib, maxsus tadqiqot talab etadi.
Bu ishda (ba'zi murakkabliklar hisobga olinib) fe'llar uch katta gruppaga ajratildi:
I — harakat fe'llari,
II — holat fe'llari va
III — munosabat fe'llari.
Bu gruppalarga kiritilgan fe'llar bizning ishimizda sof semasiologik planda emas, semantik-stilistik planda analiz qilindi: avtorni fe'llarning stilistik-kontekstual ma'nolari ko'proq qizqtirdi.
Lingvistik adabiyotlarda bu gruppalarga oid har xil fikrlarga duch kelamiz. Masalan, K. Holihov o'zining harakat fe'llariga bag'ishlangan dissertadiyasida harakat fe'llarini leksik-semantik jihatdan dastlab ikki katta gruppaga ajratadi.Bular o'z ichida yana mayda gruppalarga ajratib tekshiriladi.13
Masalaning juda murakkab, keng, har tomonlama tekshirish bilan bog'liq ekanligini ko'rsatish uchun yana bir misol keltiramiz. G. V. Stepanova «Leksiko-semanticheskaya gruppa glagolov ponimaniya» nomli maqolasida fikrlash bildiruvchi birgina po nimat` so'zining ma'no xususiyatini to'la yoritib, fe'llarning ichki tomondan ham juda murakkab, chuqur ekanligini yaqqol ko'rsatib berdi. Fe'lning ko'pma'noli xususiyatini aniqlab chiqishda u bir necha xil usullarni qo'llaydi: ponimat` fe'lini so'z birikmasi tarkibida kelgan holatida olib tekshiradi (buni u so'z- ma'nosini aniqlashdagi eng xarakterli usullardan biri deb ta'kidlaydi), vid formalarini olgan holatida analiz qiladi va bu fe'l ma'nosi bilan uning sinonimlaridagi semantik otten- kalarini qiyoslab'' chiqady: sinonimik variantlarning ma'no jihatidan ayrim o'rinlarda yaqinlashishlarini, birlashishlarini va ayrim o'rinlarda uzoqlashishlarini faktlar bilan ko'rsatadi, asoslaydi. Bundan tashqari, sinonim variantlardagi vid o'zgarish holatlarini ham hisobga oladi.

Download 55,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish