3.2-rasm. Dorivor o‘simlik maxsulotlarini quritish uchun USK-2E gorizantal quyosh-yoqilg‘ili quritish qurilmasi Buqurilmaning boshqa qurilmalardan farq qiluvchi belgilaridan biri, bu quritish kamerasining ikki seksiyalik qilib tayyorlanganligi va ossillovchi navbatma navbat o‘ng va chap quritish kamerasi seksiyalariga uzatish yuli bilan amalga oshirilishidadir.
USK-2E quyosh yoqilg‘ilik qurilmasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu uning tarkibida regenerativ utilizatorning mavjudligidir. Havoni ventilyatsiyalash va konditsionerlash tizimida foydalanib kelingan ―Yungstrem‖ turidagi aylanuvchi hamda statsionar regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarining quritgichlarga qo‘llanilishi qayta ishlangan quritish agentining bir xil apparat ichida bir vaqtning o‘zida va uzluksiz ravishda dastlabki va qayta ishlangan quritish agenti muammosini muvaffakiyatli yechish imkonini berdi.
Bu kuritkich qurilmalari respublikamiz sharoitida yoqigi energetik resuslarini 40% gacha bo‘lgan miqdorda iqtisod qilish imkoniyatini beradi. Mini texnologik liniya maydalagichida maydalangan ildiz massa 3 kg dan tarozida tortib ajratib olindi. Ajratilgan har biri quritkich ichida simli patnislar ham tarozida tortib aniqlandi.Bu patnislar mahsulot joylashtiriladigan aravachalar joylashtirilishi lozim. Buning uchun USK2E kuritkich moslamasining kamera eshiklari ochilib burchakli temirdan qilingan chiqarma releslar ichkari releslar bilan tutashtiriladi. Mahsulot solinadigan aravacha kamera ichkarisidan relslar bo‘ylab xarakatga keltirilib tashqariga chiqarma relslar ustiga chiqiladi. Simlik patnislarga solingan mahsulot aravachalarga joylashtiriladi. Shundan so‘ng aravacha joylashtiriladi. So‘ngra ichki relslargatutashgan chiqarma releslar ajratib olingan olib qo‘yiladi. Shundan so‘ng USK-2E quritkich moslamasining kamera eshiklari yopilib markazdan qochma ventilator va kalorifer ishga tushurilib issiq havo oqimi kameraga uzatiladi. Jaryonning qanday kechayotgani to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish uchun har bir soatda mahsuloti joylashtirilgan to‘rtta patnisning xar biri tarozi vositasida o‘lchab boriladi.
Quritish davomida massa namligini aniqlash quritish jarayonini nazorat qilish uchun hamda real quritish egri chizig‘ini qurish hamda jarayon oxirini aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Ildiz massa namligi o‘zgarishi uzluksiz aniqlab turish uchun simli patnislarga joylashtirilgan maxsulot va metal konstruksiya massasi o‘lchab aniqlanadi. Shundan keyin o‘lchab olingan massa MQ dan metal konstruksiyasi ya’ni simli patnis massasi hamda ildiz massa chiqindilari massasi olib tashlanadi.