Muzeyshunoslikda qo’llaniladigan uslublar:
|
Muzey predmetlarini tadqiq qilishda, muzey kommunikatsiyasini amalga oshirishda ijtimoiy va tabiiy fanlarning h’ar xil uslublari qwllaniladi. Jumladan, maxsus va yordamchi tarix fanlarining, sanatshunoslik va adabiyotshunoslikning uslublari keng qo’llaniladi.
|
Muzey predmetlarini restavratsiya va konservatsiya qilishda tabiiyfanlarninguslublari — rentgenografiya, spektografiya va boshqa uslublar qo’llaniladi. Ko’plab tabiiy va ijtimoiy fanlarda mavjud bo’lgan dala tadqiqotlari uslubidan foydalaniladi. Bu uslub mavjud bo’lgan va amal qilinaёttan tizimlarni o’rganishda qo’llaniladi. Jamiyat hayotini bevosita kuzatib borish uslubidir.2.Ekspozitsiya sohasidagi tadqiqot, uni o’zlashtirish, konservatsiyaga oid ish, muzey predmetlarini restavratsiya qilish ekspremental uslubni qwllashni talab qiladi. Bu uslublarning barchasi muzeyshunoslikda o’rganish predmetining xususiyatiga qarab bir holatdan boshqa xolatga o’tib turadi. Muzeyshunoslikda qo’llaniladigan ilmiy uslublar h’ozircha ana shulardan iborat. Albatta fanning rivojlanishi bilan u qo’llanadigan uslublar ham kopaya boraveradi. Muzeylar ko’p asrlik tarixga ega. Misol tariqasida qadimgi Yunon muzeylarini keltirish mumkin. Muzeylarning dastlabki vatani Yunonistondir. Yunonistonda Gelikon tog’i atrofida muzalarga bag’ishlab har besh yilda bir marta bayramlar o’tkazilib.unda shoirlar, rassomlar, va haykaltaroshlarning o’zaro musobaqalari bo’lib turgan.Muzeylar ayniqsa Evropada Uyg’onish davrida rivojlangan. 15 asrda İtaliyada ilk marotaba ommaviy muzey ochilgan.Londondagi Britaniya muzeyi (1753), Parijdagi Luvr muzeyi (1793) va boshqalar h’am Evropadagi ilk ommaviy muzeylardan hisoblanadi. O’rta Osiyo, xususan O’zbekiston muzeylari haqida gapiriladigan bo’lsa, sanat asarlari, badiiy boyliklar, odamlar sig’inadigan h’ayvonlar, xudolarning haykallari va yozuvlari qadrlangan va yig’ib borilgan, ammo ommaviy muzeylar yurtimizda rus bosqinidan keyin paydo bo’lgan.O’zbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida bo’lganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy o’tmish merosimizni o’rganish, saqlash va uni keng xalq ommasiga targ’ib etish borasida ham tub burilish yasadi. Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi o’zgarishlar, yangilanishlar qatorida O’zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatida ham yangi davr boshlandi. Respublikamiz Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida”gi farmoni 1998 yil 12 yanvarda qabul qilinib, u muzey va muzey xodimlarining hayotida katta ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo’lgan muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularni xalqning manaviy axloqiy kamolotida tutgan o’rnini yanada oshirish maqsadida “O’zbekmuzey” jamg’armasi tuzildi. Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xo’jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq talimi tizimida jami 1200 dan ortiq muzeylar bwlib, ularning eng yiriklari poytaxtda joylashgan. Shu bilan birgalikda o’nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur sanat arboblarining uy muzeylari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Muzeylar madaniy-marifiy muassasa hisoblanib, uning vazifasi tarixiy hujjatlar, madaniy va manaviy yodgorliklarni to’plash, tabiiy boyliklardan namunalar jamlash va saqlash, ularni ilmiy jihatdan o’rganib ko’rgazmalarga qo’yish va keng xalq ommasiga havola qilishdan iborat. Muzeylar aholining keng tabaqalari o’rtasida madaniy-marifiy ishlarni olib boradi. Muzeylar faoliyati xalqning tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlanib borishi, qo’lga kiritgan yutuqlari hamda qoldirgan boy madaniy-manaviy merosi xususida juda katta bilimlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |