Asosiy qism 1 Navoiy mashinasozlik zavodi haqida umumiy ma`lumot


Navoiy mashinasozlik zavodi haqida umumiy ma`lumot



Download 5,48 Mb.
bet2/6
Sana05.02.2023
Hajmi5,48 Mb.
#907965
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hisobot nigora

Navoiy mashinasozlik zavodi haqida umumiy ma`lumot.
Bugungi kunda “Navoiy Konmetallurgiya kombinati” Davlat korxonasida 65minga yaqin ishchi xizmatchilar mexnat qilmoqda. Ulardan 58% bevosita sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish bilan band. Istiqlol yillarida Kombinat iqtisodiy salohiyati mustahkoamlandi . Murontov konida ishlab chiqarish quvvatini oshirish foydali qazilmalar rudasi qazib olishda yuqori samaradorliga erishish maqsadida qiya nishabli konver ishga tushirildi. Bugungi kunda 3 yarim ming nafardan ortiq ishchi mehnat qilayotgan kombinatning yetakchi korxonalardan biri hisoblangan “Navoiy Mashinasozlik Zavodi “ ishlab chiqarish birlashmasi ham mamlakatimiz sanoatning yetakchilaridan biri desak mubolog’a emas. So’ngi 2yil ichida korxonada ishlab chiqarish maderanizatsiyalash yuzasidan keng ko’lamli loyihalar amalga oshirildi. Korxonada maxalliylashtirish dasturi asosida ish yuritilmoqda, bu dasturda asosan parmalash , jilvirlash, frizirlash stanoklari va tokirlik ya’ni metal qirqish dasgohlarini ishlab chiqaryapti. Bunda mahalliy bilimdon kadirlarning xizmati kata bo’lmoqda. NMZ ishlab chiqarish birlashmasi maxsuloti NGMK bo’limlarida O’zbekiston Respublikasi Qazilmalarini qazib olish, kon madalarini qayta ishlash korxonaning sanoat , kimyoviy agrar sohalarida o’zining ijobiy tomondan ko’rsatgan. NMZ ishlab chiqarish birlashmasi stanoksozlik ishlab chiqarish maxsuloti Rossiya va boshqa mxrij mamlakatlarda sotilmoqda .zavodda metal quyishdan boshlab tayyor texnalogik linyalarni yig’ishgacha bo’lgan jihozlarni tayyorlash tog’ri sikli amalga oshirish uchun mashinasozlik va taminlash xizmati texnalogik toplamiga ega. Quymachilik ishlab chiqarishi (modellsh, qoliplash ,quyish termik ishlov berish) Stanoksozlik ishlab chiqarishi (stanoklarni tayyorlash moderenizatsiyalash va tamirlash va ularga servis xizmatini ko’rsatish). Avtotamirlash ishlab chiqarishi (Belazlarni yamz dvigatellarni kon shaxta texnikasini burg’illash qurilmalarini buldozirlani toliq tamirlash). Mexanik yig’ish sexi (tokirlik, frezalash, yo’nib kengaytirish, sillig’lash tish qirqish stanoklari).
Temirchilik tayyorlov sexi (shtamplash ,erkin bolg’alsh, kesish, taxtli shtamplash, bo’kish) Asbobsozlik sexi (shtmplar ,moslamalar, pres qoliblar ,quyma qoliblar, kesish qoliblar, temik ishlov berish). Qozon payvandlash sexi (qazilmalarni qazib olish va madanlarni qayta ishlash korxonalar uchun texnalagik jihozlarni turli dematrdagi sig’imlarni nostandart jihozlarni va metal konstruksiyalarni ekskavator kovishlarni taminlash) Elektr tamirlash sexi ( ozgaruvchan va doimiy tok dvigitillarni quvvati 2000 kvgacha yuqori voltli dvigatellarni tamirlash rottor va yakrlarni muvozanatlash turlari 3000 dan ortiq bo’lgan rizinatexnik buyumlar ).
”NMZ”Mehnat muhofazasi ish jaraYonida insonning mehnat qobiliyatini, sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun Yo‘naltirilgan qonunlar majmuasi, sotsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga qamrab olgan. «Mehnat muhofazasi» ijtimoiy-huquqiy masalalarni o‘z ichiga olgan muhandislik fani bo‘lib, klassik fanlar bo‘lmish fizika, kimyo va matematika bilan birga amaliy mehnat gigienasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat psixologiyasi, umumiy muhandislik, Yong‘in texnikasi, ergonomika, sanoat estetikasi va boshqa fanlar bilan hamohangdir. Mehnat muhofazasi ish jaraYonida insonning mehnat qobiliyatini, sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun Yo‘naltirilgan qonunlar majmuasi, sotsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga qamrab olgan. «Mehnat muhofazasi» ijtimoiy-huquqiy masalalarni o‘z ichiga olgan muhandislik fani bo‘lib, klassik fanlar bo‘lmish fizika, kimYo va matematika bilan birga amaliy mehnat gigienasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat psixologiyasi, umumiy muhandislik, Yong‘in texnikasi, ergonomika, sanoat estetikasi va boshqa fanlar bilan hamohangdir.
"Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi va Zarafshon qurilish boshqarmasikiradi, ularning ta'sir zonasi respublikaning to'rtta viloyatini qamrab olgan. Barcha sanab o'tilganshaharlar kombinat balansida bo'lib, bir-birlari bilan temir yo'l va avtomobil yo'llari, respublikaning yagona energotizimiga ulangan elektr uzatish liniyalari bilan bog'langan bo'lib,markazlashtirilgan issiqlik va suv ta'minotini o'z ichiga oladigan avtonom tizimlar, ijtimoiyob'ektlarga ega. Kombinat xo'jalik aloqalarini saqlab qoldi va MDH mamlakatlari va jahonhamjamiyatining ishbilarmon doiralari e'tirofiga sazovor bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi Hukumatining va shaxsan Prezident I.A.Karimovning faol qo'llab-quvvatlashi va g'amho'rligi tufayli kombinat mustaqillik yillarida nafaqat oltin va uran ishlab chiqarish bo'yicha jahonning yetakchi kompaniyalarining birinchi o'nligida saqlanib qoldi,balki o'zining sanoat giganti, betakror davlat korxonasi mavqeini yanada mustahkamladi.Egallab turgan maydoni, faoliyati ko'lami, davlat uchun daromadligigi darajasi, ishlab chiqarishquvvatlarining katttaligi, chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengligi, band bo'lganxodimlar soni, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish hajmi bo'yicha kombinat respublikada eng yirik korxona hisoblanib, mintaqaviy rivojlanish va O'zbekistonning ijtimoiy barqarorligiga kata hissa qo'shib kelmoqda. Bugungi kunga kelib, NKMKda 65 mingga yaqin ishchi-xizmatchilar ishlamoqda, ulardan 58% sanoat mahsuloti ishlab chiqarish bilan band. Kombinat kuchli ishlabchiqarish va ijtimoiy infrastrukturaga ega bo'lib, uning maydoni yuzlab kvadrat kilometrlarni egallaydi. Bu yerda farovonligi u yoki bu darajada kombinat bilan bog'liq 250 minggayaqin kishiyashab, mehnat qilmoqda. Kombinat faoliyati butun Qizilqum mintaqasining, respublikaning to'rtta viloyati hayotiga ijobiyta'sir etadi. Odamlarga g'amho'rlik - ijtimoiy siyosat sohasida bizning birinchi navbatdagi vazifamiz. Ishlash va yashash uchun munosib va qulaysharoitlarni ta'minlamasdan turib,porloq kelajak to'g'risidagi har qanday gap mazmunsiz bo'lib qoladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Respublika Hukumati Navoiy kombinatiga,uning barqaror ishlashini ta'minlash, dolzarb muammolarini yechish, ishlab chiqarish hajmlarinioshirish, mehnatkashlar va ularning oila a'zolari sog'ligiga, ta'lim va ma'naviy-ma'rifiymasalalarga katta e'tibor qaratmoqda. Bu jihat kombinatning ijtimoiy siyosat sohasida mehnatkashlar, butun mintaqa oldida mas'uliyatini oshirmoqda. NKMK nafaqat ijtimoiyan'analarini saqlab qoldi, balki ularni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda ham. Tibbiy-sanitariyaqismlari, pansionatlar, dam olish uylari va bazalari, profilaktoriylar, sport komplekslari,maktabgacha bolalar muassasalari va yozgi sog'lomlashtirish oromgohlarining xo'jalik ta'minotikombinat hisobidan amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy xarakterdagi har yilgi xarajatlar ekvivalentda80 mln. dollardan oshmoqda, shu jumladan, ijtimoiy soha ob'ektlari ta'minoti uchun 60 mln.dollar sarflanmoqda. NKMK ning ijtimoiy infrastrukturasi umumiy maydoni 2,7 mln.m2 daniborat turar joy fondi, 200 ming aholini qamrab olgan oltita tibbiy-sanitariya muassasalari,o'quvchilarning soni 2,6 mingta bo'lgan o'quv muassasalari, bolalar va shahardan tashqari sog'lomlashtirish oromgohlari, ikkita profilaktoriy, "Lazurnoe" dam olish uyi va "Gornyak"pansionati, basseynlar, sportzallar, tennis kortlari va boshqa inshootlar, 9 ta madaniyat saroyi,shuningdek ijodiy klublar va badiiy ustaxonalar, shahar parklari, dam olish zonalari va boshqa ob'ektlardan iborat.Aniq bir maqsadga yo'naltirilgan kadrlar siyosatisiz ishlab chiqarish hajmlarini va ishlabchiqarish samaradorligini oshirishning imkoniyati yo'q. Kadrlar tayyorlash milliy dasturigamuvofiq xodimlardan samarali foydalanish, kombinatni yuqori malakali mutaxassislar bilanta'minlash kompleks dasturi amalga oshirilmoqda. NKMKda mehnat bozorining joriy vaperspektiv talablarining doimiy monitoringi tizimi amal qilmoqda. Xodimlarni oldindan tayyorlasho'quv-ilmiy-ishlab chiqarish kompleksi shakllantirilgan. Mutaxassislar va ishchilarnn tayyorlash,qayta tayyorlashning izchil tizimi korxonaning barcha tarkibiy qismlarini kadrlar bilan ta'minlash imkonini beradi. O'quv markazlarida yo'l davomida ishchilardan tortib rahbarlargacha – barchatoifadagi mehnatkashlar tahsil olmoqdalar va malakalarini oshirmoqdalar. Davlatimiz rahbari ta'kidlagandek, bizning respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimi yaratilgan bo'lib, u yoshlarimizninghayotda o'zining munosib o'rnini topishi uchun xizmat qiladi. Davr bilan hamnafas bo'lib,modernizasiyalash, konni qayta ishlash ishlab chiqarishlarini texnik va texnologik yangilashbo'yicha masalalarni hal eta borib, o'tgan yili kombinatda taxminan 2200 yangi ish o'rinlariyaratildi. Navoiy kombinati uchun oliy ma'lumotli mutaxassislar respublikamiz oliy o'quv yurtlarida,alohida, o'ta talab qilingan mutaxassislar esa yaqin va uzoq xorijning oliy o'quv yurtlaridatayyorlanmoqda. O'rta-maxsus, kasbiy ma'lumotli mutaxassislar Navoiy, Zarafshon vaUchquduq kollejlarida tayyorlanmoqda. 22 mutaxassislik bo'yicha ikki yarim mingdan ortiqo'quvchilar ta'lim olmoqda. Barcha kollejlar o'quv jarayonini yuqori darajada olib borish imkonini beruvchi zamonaviy o'quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter va lingafon sinflari,multimedia apparaturalari, o'quv-ishlab chiqarish ustaxonalari bilan jihozlangan. Bolalar sportini rivojlantirish, sog'lomlashtirish, sog'lom turmush tarzi targ'iboti bo'yicha faol isholib borilmoqda. Qariyib 30 ming mehnatkashlar va ularning oila a'zolari kombinat sporthayotining faol ishtirokchilaridir. Jismoniy tarbiya- sog'lomlashtirish va ommaviy-sport ishlari 8ta fizkultura-sport klublarida va 96 ta jismoniy tarbiya jamoalarida olib borilmoqda. Zamonaviysport komplekslari, suzish basseynlari kombinatimizning har bir mehnatkashi uchun ochiq..Kombinat sportchilari basketbol, boks, voleybol, badiiy gimnastika, suzish, og'ir atletika,qilichbozlik, pauerlifting, taekvondo, motosport, stritbol, futbol, armrestling, parashyut sporti,kurash bo'yicha xalqaro va respublika miqyosidagi chempionatlarda ishtirok etishmoqda.Kombinat sportchilari medallari shodasida minglab oltin, kumush va bronza medallar bezabturibdi. NKMK sportchilari badiiy gimnastika, og'ir atletika, WTF taekvondo va qilichbozlikbo'yicha Pekinda (2008 y.) o'tkazilgan Olimpiada uyinlarida ishtirok etish uchun lisenziyalarniqo'lga kiritganlar.Umuman olganda, olib borilayotgan jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish vaommaviy-sport ishlari sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilish, bolalar sportini rivojlantirish, o'sibkelayotgan avlodni sog'lomlashtirish, kombinatimizning mehnatkashlari va ularning oilaa'zolarining barkamol jismoniy rivojlanishiga xizmat qiladi. NKMK tuzilmasida tibbiymuassasalarning tarmoqlangan tizimli tibbiy-sanitariya bo'limi (TSB)faoliyat olib boradi. TSB da ambulatoriya-piliklinika xizmati beshta kattalar, uchta bolalar, uchta stomatologiya poliklinikalarida, beshta ayollar maslahatxonalarida, umumiy ixtisoslikdagi poliklinikalar qoshidagi ikkita bolalar va ikkita stomatologiya kabinetlarida ko'rsatilmoqda. Buyerda kombinat xodimlari, ellik mingga yaqin ularning farzandlari, o'n bir mingdan ortiqpensionerlarga, yaqin joylashgan aholi punktlarining kombinatda ishlamaydigan yigirma mingdan ortiq aholisi malakali tibbiy xizmatdan bahramand bo'lishmoqda.Har yili mehnatkashlar va ularning farzandlarini sog'lomlashtirish uchun 14 000 dan ortiq yo'llanmalar "Gornyak" pansionati, "Lazurnaya" dam olish bazasi, "Metallurg" va "Shaxtyor"sanatoriy-pofilaktoriylari; O'zbekiston va yaqin xorij mamlakatlari sanatoriylariga ajratilmoqda.Bolalar poliklinikalari va stasionarlari tarmog'i tashkil etilgan. Ayollar maslahatxonalaridahomilador ayollarni o'z vaqtida hisobga olish va ularni tug'ruq davriga maksimalsog'lomlashtirish bo'yicha ish tashkil etilgan. Yozgi davrda "Orlyonok", "Zolotinka","Iskorka", "Gorniy", "Olimpies" kabi O'zbekistonning namunaviy oromgohlari bo'lgan shahardan tashqariva shahar oromgohlarida 14 mingdan ziyod bolalar dam olishmoqda. Kombinat Qizilqummintaqasining madaniy hayotida ham faol ishtirok etmoqda. Xodimlar qobiliyatlarinirivojlantirishlari uchun NKMK tasarrufida 9 ta madaniyat uylari va klublar bo'lib, ularda 140 ta badiiy havaskorlik jamoalari, 20 ta amaliy san'at to'garaklari faoliyat olib borishmoqda, ularda2000 ta bolalar va kattalar shug'ullanishmoqda. Madaniyatni rivojlantirishning uslubiy markazi"Farxod" madaniyat saroyi bo'lib, u "Qizilqum san'at g'unchalari" va "Golosa Kizilkumov" bolalar tanlovlarining o'tkazilishida tashkilotchi rolini bajarib kelmoqda. Bu tanlovlarkombinatning talantli yoshlarining ijodiy o'sishi uchun tayanch nuqtasi bo'lib xizmat qilmoqda.Madaniyat uylari solistlari va njodiyjamoalari respublika va xalqaro tanlovlarning lauretlaribo'lishib, respublikamizning butun jahon madaniyat doiralarida nufuzining oshishiga o'zhissalarini qo'shishmoqda. Tasviriy san'at studiyasi va yosh texniklar klubi o'quvchilari yuqorinatijalarga erishmoqdalar. Bu yerda 280 tadan ortiq bolalar shug'ullanishmoqda. Eng yaxshiishlar respublikamizda va xorijda o'tkazilgan ko'rgazmalar, tanlovlar va musobaqalarda birnecha marta taqdirlangan. Kombinat barqaror rivojlanishining asosiy sharti xalqaro standartlarga mos keluvchi ishlabchiqarish uslublarini doimiy mukammallashtirish hisoblanadi. Mazkur yo'nalishda NKMK dasifat, ekologiya va sanoat xavfsizligi menejmentining ISO 9001:2000, ISO 14001:2004, OHSAS 18001:1999 standartlari talablariga mos kelishi integrallangan tizimi joriy etilgan vasertifikatlangan; "Qimmatbaho metallar va fosforit mahsulotini ishlab chiqarish", "Polivinilxloridva polietilendan trubalar ishlab chiqarish", "Qimmatbaho metallar qotishmalaridan zargarlikbuyumlari yaratish va ishlab chiqarish" sohalarida.qo'llaniladigan sertifikatlar olingan;menejmentning joriy etilgan tizimining nazorat auditi o'tkazildi London quymalarda qimmatbaho metallar bozori assosiasiyasi 1994 yilda O'zbek affinajzavodiga optimal yetkazib berish maqomini berdi, 2006 yilda esa bu maqom tasdiqlandi.Navoiy kombinatida ishlab chiqarilayotgan oltin sifatini tasdiqlovchi Tokio tovar birjasiningsertifikati olindi. Mustaqillik yillarida kombinat faoliyatida mamlakat ilmiy muassasalarining rolikeskin darajada oshdi. Kombinat uchun ilmiy- tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining katta hajmini O'zbekistongeotexnologiya ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish institutidan (O'zGEOTEXLITI") tahsqari, O`zRFA yadro fizikasi instituti, "Qiziltepageologiya"DGK, O`zR FA mikrobiologiya instituti,"Texnolog" IIChB, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent avtomobil yo`llari instituti,O`zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, O`zR FA o`g`itlar instituti, Navoiy davlatkonchilik institutlari bajardilar.Yangi ishlab chiqarishlarni yarata borib, texnik qayta qurollanish va raqobatbardosh tovarlarchiqarilishini ta'minlab, bizlar qo'llari bilan cho'lning murakkab sharoitlarida shaharlar, zavodlar,konlar qurilgan eng bosh qadriyat -Inson, Mehnatkash, Yaratuvchini unutganimiz yo'q. Biz o'zjamoamiz bilan faxrlanamiz va qayta-qayta takrorlaymiz - mana Qizilqum yerining eng kata boyligi, Navoiy kombinatining oltin zahirasi. Kombinatning ijtimoiy siyosati mehnat va yashashsharoitlarini yaxshilashga, mehnatkashlarning turmush darajasini oshirishga yo'naltirilgan bo'lib,bu uning mintaqaviy rivojlanish va ijtimoiy barqarorlikka salmoqli hissa qo'shishiga imkonberadi. 1991 yilning 1 oktyabrida O'zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan NKMK Davlatkorxonasi asosida "Qizilqumredmetzoloto" davlat konserti tashkil etilgan bo'lib, uning tarkibigaqurilish, montaj, sozlash, loyiha va ilmiy-tekshirish tashkilotlari kirgan.
2.2. Navoiy mashinasozlik zavodida mehnat muhofazasini tashkil qilish
NKMK ko'ptarmoqli korxona, rivojlangan sanoat va ijtimoiy infrastrukturaga ega bo'lib,(korxonalarida 60 mingga yaqin kishi mehnat qiladi) oltin (2-GMZni rekonstruksiya qilishhisobidan ma'dan qayta ishlash hajmini yiliga 26 mln. tonnnaga yetkazish va va 3-GMZ ning ikkinchi navbati qurilishi) va uran ishlab chiqarishni faoliyat yuritayotgan korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish va yangidan foydalanishga kiritilayotgan korxonalar hisobidanko'paytirmoqda. Bundan tashqari, fosforit zavodi birinchi navbatining ishga tushirilishi va ikkinchi navbati qurilishining tashkil etilishi hisobiga kombinat Hukumat Dasturi- nafaqatmamlakatning qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun, balki eksport uchun o'g'itlar chiqarish vaishlab chiqarish sohasini yaratishda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Mustaqillik yo'llarida faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilinishi va yangilariningqurilishi hisobidan NKMKning barcha ishlab chiqarishi modernizasiya qilinib, ularrespublikamizda va xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy kon-shaxta, karerichi,ekskavator-transport, metallugiya, burg'ulash, geologiya-qidiruv, qurilish, mashinasozlik,metallga ishlov berish va analitik uskunalar bilan jihozlangan. Ular dunyoda tengi yo'q sifatli hisoblash texnikasi, KIPiA vositalari, loyihalash va konlardan foydalanish komptertexnologiyalari, chiqarilayotgan mahsulot sifatini boshqarish usullariga, oltin, uran, metallgaishlov berish, sulfat kislota, zargarlik, trikotaj va tekstil mahsulotlari, dekorativ toshdanqoplamalar ishlab chiqarishning ilg'or texnologiyalariga ega. Bularning barchasi NKMKga jahon standartlari darajasida, chiqarilayotgan mahsulot sifati bo'yicha esa- ko'pincha ulardan ortiq bo'lgan yuqori samarali ishlab chiqarishni ta'minlashimkonini beradi. Chiqarilayotgan oltinning tozaligi to'rtta to'qqiz (99.99) bilan kafolatlanadi.NKMK chiqarayotgan oltin quymalariga London quymalar bozori Arbitraj Laboratoriyasitomonidan "oltin optimal yetkazib beruvchisi" maqomi berilgan. Bu London qimmatbahometallar bozorida NKMK chiqarayotgan oltin quymalarida O'zbekiston Respublikasi Tovar belgisi ro'yxatga olinganligi, NKMK 2-GMZ sifat nazorati laboratoriyasi esa Londondagi LBMAArbitraj Laboratoriyasining texnik vakolat ekspertizasidan muvaffaqiyatli o'tganligi dalolatidir. Uran mahsuloti sifati (uran chala oksida-oksidi) ko'p jihatlari bo'yicha jahon standartlaridanancha yuqori.Kombinatning ijtimoiy infrastrukturasi ob'ektlari ko'plab yuzlab kilometrlarni egallagan bo'lib, uyerda ko'z o'ngingizda katta parklari, bog'lari, basseynlari va fontanlari bo'lgangullab-yashnagan vohalar namoyon bo'ladi. Bu yerda ellikka yaqin millat vakillari: o'zbeklar, russlar, ukrainlar, tatarlar, boshqirdlar, tojiklar, qozoqlar va boshqalar yashab mehnatqilishmoqda.Kombinat ob'ektlari O'zbekistonning tekislik hududining katta qismida Amudaryo va Sirdaryodaryolarining oralig'ida ("Qizilqum cho'li) joylashgan. Kombinat tuzilmasiga respublikaning turli viloyatlarida joylashgan beshta shahar tashkil etuvchi kon boshqarmasi kiradi. Kombinatning markaziy ofisi Navoiy shahrida joylashgan. Navoiy shahri geografik jihatdan Toshkent shahridan 500 km masofada, qadimgi Buxoro va Samarqand shaharlarining o'rtasida joylashgan. Respublika poytaxti bilan Navoiy shahri temir yo'l, avtomobil va avia aloqasi orqali bog'langan. Navoiyda joylashgan:
- NKMK boshqarmasi (markaziy ofis)- kombinatning ma'muriy-boshqaruv markazi;
- Uran chala oksida-oksidi, reniyva oltin chiqarish bo'yicha 1- sonli gidrometallurgiya zavodi (1-GMZ);
- "Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi;
- Markaziy geologiya-qidiruv partiyasi;
- Tajriba-metodik ilmiy-tekshiruv geologiya-texnologik partiyasi;
- Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi;
- Issiq suv ta'minoti va energiya ta'minotini tashkil etish;
- "Do'stlik" agrofirmasi;
- Uy-joy kommunal boshqarmasi.
- Markaziy kon boshqarmasi (MKB, Zarafshon sh.): tarkibida oltin bo'lgan ma'danni kazib olish bo'yicha Muruntau ochiq kon ishlari koni; tarkibida oltin bo'lgan ma'danni qayta ishlash bo'yicha gidrometallurgiya zavodi (2-GMZ); 3 sonli geologiya-qidiruv partiyasi; Muruntau geologiya-qidiruv partiyasi; oltinni tanlab eritmaga o'tkazish koni; "Qizilqum fosforit kompleksi; EPM zavodi.
- Zargarlik zavodi.
- Zarafshon qurilish boshqarmasi (ZUS, Zarafshon sh.)- yettita qurilish boshqarmasini o'z ichiga oladi; mexanizasiyalashgan ishlar boshqarmasi; ishlab chiqarish-texnologik komplektasiya boshqarmasi.
- Shimoliy kon boshqarmasi (ShKB, Uchkuduk sh.) - uran, oltin, marmar, granit, qurilish materiallarini kon- qayta ishlovchi komplekslar: uranni yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish koni; tarkibida oltin bo'lgan ma'danni qazib olish bo'yicha konlar; 3 sonli gidrometallurgiya zavodi(3-GMZ); sulfat kislota zavodi, tosh kesish zavodi, 2 sonli geologiya-qidiruv partiyasi.
- Janubiy kon boshqarmasi (JKB, Nurobod sh.) - uranni yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish va marmarni ochiq qazib olish konlari, tosh kesish zavodi, tarkibida oltin bo'lgan ma'danni qazib olish bo'yicha konlar; 4 sonli gidrometallurgiya zavodi(4-GMZ); polivinilxlorid va polietilen trubalarni tayyorlash zavodi; qishloq xo'jaligi va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish
- 5 sonli kon boshqarmasi (5-KB, Zafarobod sh.) - uranni yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish konlari, asosiy ishlab chiqarishning ritmik ishini ta'minlovchi yordamchi xizmatlarning zarur bo'lgan kompleksi.
- "Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi" ilmiy-ishlab chiqarish markazi O'zbekiston Respublikasining butun hududida qimmatbaho metallar, uran va ularga yo'ldosh foydali qazilmalarning geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etadi.
Yevroosiyo qit'asida noyob oltin zahiralariga ega bo'lgan Muruntov koni kombinatning asosiyxom-ashyo bazasi hisoblanadi. Bu kon oltin kvarsli geologiya-sanoat tipiga kiradi. U 1958 yildaochilgan va 1967 yilda ochiq kon ishlari boshlab yuborilgan. Muruntov konining chuqurligi 600 metrdan oshdi. Konning alohida ajralib turadigan xususiyati - bu kon ishlarini olib borishning texnika va texnologiyasini bosqichma-bosqich rekonstruksiya va modernizasiya qilgan holda ochiq qazish usulining izchil innovasion rivojlanishidir.Bugungi kunda kon ishlarini rivojlantirish va modernizasiya qilishning asosiy bosqichlari, konnisamarali va uzoq muddatga mo'ljallangan ishlab chiqishni ta'minlaydigan rekonstruksiya,rivojlantirish va qayta jihozlashning innovasion loyihalari belgilangan. Karerning IY navbati konturlari ortidagi oltinning qidirib aniqlangan zahiralari va resurslariningmavjudligi, oltinning yuqori narxini hisobga olgan holda zahiralarni baholashdagikondisiyalarning pasayishi, rudani qazib olish va qayta ishlash ilgor texnologiyalariningqo'llanilishi ochiq usulda olib borilayotgan qazish ishlarining chuqurligini 950-1000 metrgachayetkazish hisobiga rudaning qo'shimcha zahiralarini qidirib topish, shuningdek konturlar ortidagibort zonasida rudani murakkab ochiq - yerosti usulida qazib olish imkoniyati borliginiko'rsatmoqda. Ochiq kon ishlari Qizilqum fosforit kompleksida olib borilmoqda. Jeroy-Sardara koni hududidashartli ravishda turli darajadagi sakkizta qidirib topilgan uchastkalar ko'rsatilgan. UlardanToshqura, Janubiy Jeroyva Kurukkuduk uchastkalarida zahiralar qidirilib topilgan.
Toshqura - bu Jeroy-Sardara konining qidirib topilgan 3 ta konidan biri bo'lib, birinchi navbatdasanoatda foydalanishga qabul qilingan. 1997 yilda kombinat uni ochiq kon usulida qazib olishgakirishdi. Oltin tarkibli ma'danlarni qazish va qayta ishlash bo`yicha Navoiy KMK sanoat kompleksi yillardavomida yuqori texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar bilan turg`un ishlab kelmoqda. Respublika mustaqilligi yillarida oltin ishlab chiqarish 1,5 baravarga o`shdi. Bu yutuqlar amaldagi korxonalarni to`liq texnik qayta jihozlash hisobiga, yangi ishlab chiqarishlarni qurish hisobiga, shuningdek oltin ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli oshiradigan eng yangi ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy qilish hisobiga mumkin bo`ldi. Bundayyo`nalishlardagi ishlarga birinchi navbatda NKMKning INTEGRA GROUP(AQSH), "Integra" YoAJ(Rossiya), Vnipipromtexnologiya(Rossiya), Toshkent davlat texnika universiteti, O`zbekiston RespublikasiFanlar akademiyasi seysmologiya instituti, Ukraina Milliy konchilik akademiyasi tabiatdanfoydalanish va ekologiya muammolari instituti bilan hamkorlikda bajargan tadqiqotlari kiradi. Ochiq konlarni loyihalash, qurish va foydalanish tajribasi ko`rsatadiki, kon qazuvchi korxonalarning iqtisodiy samaradorligi asosan qurilish, konchilik ishlarni olib borish texnologiyasiva tartibini, ma'danlar va ochishlar hajmining taqvimiy taqsimlanishini, ishlab chiqarishjarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash turini tanlash masalalarini to`g`ri yechishga bog`liq. Kombinatning kon qazuvchi korxonalari rivojini optimallashtirish uchun g`arb namunalaridanqolishmaydigan, ayrim hollarda ulardan yuqori bo`lgan maxsus kompyuter texnologiyalari ishlabchiqildi va oltin ma'danli konlarni loyihalash, rejalashtirish va ishlatish amaliyotga joriy qilindi. 1. Kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi Kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi(KICHLAT)dan "Ruda" avtomatik tizimi(AT) bilan birgalikda foydalaniladi. Bu tizimlar doirasida konchilik-qazib olish ishlarini geologik-marksheyderlik ta'minoti bilan bog`liq vazifalar; shuningdek konlarni o`zlashtirishningjoriyva istiqbolli rejalashtirish masalalari yechiladi. Portlatish quduqlarini sinash natijalaribo`yicha jamlangan ma'lumotlar negizi asosida ishlatiladigan blokning raqamli modeli tuziladi.
Sort rejalarini tuzish jarayoni "Ruda" AT yadrosini tashkil qiladi va bundan mana 10 yildan ko`proq vaqtdan beri muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Xususan ushbu tizimni joriy qilish hisobigasifatini pasaytirmasdan tovar ma'danlari 6% ga oshirildi, bu konchilik ishlari hajmini oshirmasdanMuruntov ochiq koni uchinchi navbati zahiralari bilan ishlash muddatini bir yildan ko`proqqacho`zish imkonini berdi. 2. Murakkab-tuzilmali konning matematik modelini yasash va uning zahiralarini hisoblashning kompyuter texnologiyasi Ishlab chiqilgan, amalda yangi, dunyoda o`xshashi bo`lmagan kompyuter texnologiyasiasosida Muruntov ochiq konining matematik modeli birinchi bo`lib qurilgan va geologlya qidiruvquduqlari sinovining ma'lumotlari bo`yicha zahiralarining kompyuterli ko`p variantli hisobio`tkazilgan edi. Bunda zahiralarni aniqlashning nisbiy xatoligi ma'dan bo`yicha 20.7% dan 9.5%gacha va oltin bo`yicha 23.2% dan 14.8% gacha kamaydi. Natijada kon xom-ashyo bazasiningishonchli hisobi olindi, bu Muruntov ochiq konining IV navbatini loyihalash uchun foydalanildi.
3. Konning matematik modeli asosida ochiq konning optimal final shakli va uni grafigini qurishning kompyuter texnologiyalariasosda tayyorlanadi.
Bu texnologiya qazishning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini hisobga olgan holda konning matematik modeli asosida qazish uchun rentabelli barcha zahiralari ichida bo`lgan ochiq konning konturini(berilgan qiyalik burchagi, bermalari va boshqalari bilan) yasash, shuningdekochiq konning chuqurlanish tezligi bo`yicha cheklanishlarni hisobga olib uni qazishning taqvimiygrafigini qurish imkoniyatini beradi. Ta'kidlash lozimki, shu maqsad uchun g`arb kompaniyalarifoydalanayotgan WITTLE-4D dasturi aytilgan cheklanishlarni hisobga olish imkoniyatiga ega emas, demak yangi texnologiya dunyoda o`xshashi yo`q va noyob. U Muruntov ochiq konining navbatini rivojlantirish uchun foydalanilgan edi. IV navbatning TIA(VNIPIPT 1992 yil) bilan taqqoslaganda Muruntov ochiq konining yangi konturida olinishi kerak bo`lgan kon massasininghajmi sezilarli(40% dan ko`proqqa) kamaydi.
4. Ochiq kon avtotransportini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi.
Ushbu tizimning farqli tomoni shuki unda yer yo`ldoshi radiosignallardan foydalanish orqali harakatdagi yoki statsionar ob'ektlarning koordinatalarini yuqori aniqlik bilan belgilash imkoniyatini beradigan GPS(Global Poziniyalash Tizimi) kosmik navigatsiyali texnologiyaning ishlatilishidir. Avtotransportni boshqarishning avtomatik tizimi kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi bilan, shuningdek ma'dan oqimi sifatini boshqarishning avtomatiktizimi bilan o`zaro bog`lanishda bo`ladi. Kon mexanizmlarining joylashuvi va harakati hamdaqazib olinadigan ma'dan miqdori to`g`risidagi axborot dispetcher pultiga uzatiladi va KICHLATdasturlarida qo`llash uchun qulay ko`rinishda serverga kiritiladi. O`z navbatida KICHLATningalohida kichik tizimlari(sort bo`yicha reja, marksheyderlik ma'lumotlar, burg`ilash loyihasi vaboshqalari) ishining natijasi to`g`risidagi axborot ma'dan oqimi sifatini boshqarishning avtomatiktizimiga va so`ngra atotransportni boshqarishning avtomatik tizimiga uzatiladi. Joriy qilingantizimning iqtisodiy samaradorligi texnologik avtotransport unumdorligining 8-12% ga oshishibilan asoslanadi.
5. Ma'dan oqimi sifatini boshqarishning avtomatik tizimi Ekskavator mashinisti ma'dan qazishni portlatilgandan keyin ma'dan bloki ustiga qo`yilgan belgi bo`yicha bajaradi. Belgi bo`yicha ma'dan qazishning murakkabligi(ayniqsa kechqurun) ma'danning asossiz kamayishi va puch jinslar hisobiga kambag`allashuviga olib keladi. Bu оmilning saralangan qazishga salbiy ta'siri o`sha GPS Kocmik navigatsiya tizimidan foydalinishbilan Muruntov ochiq konida ma'dan oqimi sifatini boshqarishninq avtomatik tizimida(ma'danmiqdori va undagi oltinning tarkibi)maksimal kamaytirilgan. Љоmpyuter yordamida ekskavatormashinisti avtoto`kkichga yuklanayotgan ma'dan navini har doim bilib turadi, bunda tizimko`rsatilgan joyga ma'danning to`g`ri yetkazilayotqanini nazorat qiladi. Qazib olinqanxom-ashyoning sifatini boshqarish tizimi dastlabki baholash bo`yicha puch jinslar hajminisaralash va natijada yo`qotishni 2-3% ga va kambag`allashuvni 5-6% ga kamaytirishimkoniyatini beradi. Tizim yuklanayotgan ma'dan tarkibini taxminan 1-3% ga oshirish, Tovar ma'danlarini balansdan tashqari bloklardan qazish hisobiga uninq chiqishini lO-15% gako`paytirish, minerallangan massalar bloklaridan balansdan tashqari ma'danlar chiqishini10-15% ga ko`paytirish, ichki qazish bloklaridan minerallangan massalarninq chiqishini 10-15%ga ko`paytirish imkoniyatini beradi.
6. Oltin sulfidli ma'danlarni saralash bilan dastlabki boyitish texnologiyasi
Oltin sulfidli ma'danlarni dastlabki boyitish texnoloqiyasi {patent egasi INTEGRA GROUP) kombinat tomonidan sanoatda joriy qilish uchun qabul qilingan, shu kompaniya mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan RRS modelli separatorlar(rentgenradiometrik separator)dan foydalanishni ko`zda tutadi. Ma'danlarni dastlabki boyitish texnologiyasi GMZga jo`natilgan dastlabki ma'danning sifatini sezilarli(oltinning tarkibini taxminan ikki baravar) oshirish, oltin bo`yicha boy navli ma'danlardan, kambag`al va balans ma'danlardan ajratib olish hisobiga oltinning qo`shimcha miqdorini qayta ishlashga jalb qilish imkonini beradi, bu esa ushbu jarayonuchun yanada samaradorli bo`lib hisoblanadi. Ishlab chiqarishga oltin sulfidli ma'danlarniboyitishning texnologik sxemasini joriy qilish bilan bir vaqtda NKMKda "erkin" oltinli texnologikturdagi Muruntov ma'danlarini boyitish bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari kompleksi tugallanadi.
Bunday ma'danlarni bilvosita belgilari bo`yicha ma'dan saralash misollari dunyoda yo`q.
7. Tarkibida oltin bo`lgan ma'danlarni gamma-aktivatsion tahlil qilish texnologiyasi.
Oltinni aniqlash chegarasi 0,6 g/t bo`lgan elektronlarni chiziqli tezlatgich LUE-8-5 ning tormozlinurlanishidan foydalangan holda avvaldan tortib tayyorlangan oltin tarkibli ma'danlarnigamma-aktivatsion tahlil qilish uchun mo`ljallangan avtomatlashtirilgan qurilma "Aura"Texnikaviy Fizika va Avtomatlashtirish Umumrossiya ITI (VNIITFA) va Elektron-fizikaviyApparaturalar Ilmiy-tadqiqot instituti (NIIEFA) bilan birgalikda ishlab chiqildi va joriy qilindi. Muruntov ochiq konida qurilgan gamma-aktivatsion tahlil laboratoriyasi noyob va dunyo tahliliyamaliyotida o`xshashi yo`qdir. 1992 yildan boshlab VNIITFA va NIIEFA bilan birgalikda gamma-aktivatsion tahlil laboratoriyasini bosqichma-bosqich texnik qayta jihozlash boshlandi. Zamonaviy element bazasida dasturiy -boshqariladigan"Astat" gamma-aktivatsion tahlil qurilmasi ishlab chiqildi va tayyorlandi. "Aura" qurilmasidan farqli holda"Astat"da halaqit beruvchi ta'sirlarni yanada to`liq hisobga olish imkonini beradigan, gamma-spektrometriyaning"besh oynali" varianti ishlatilgan.Ikkita sintillyatsion detektirlovchi qurilmalar qo`llanilishi hisobigatahlil davomiyligi 17 sekundan 8 sekundgacha kamaytirildi. Qurilmada boshqa elementlariniham aniqlashni bajarish mumkin. Sanoat sharoitida gamma-aktivatsion tahlil talablaridan kelibchiqib, texnik tavsiflarini sezilarli darajada yaxshilash maqsadida, elektronlarni chiziqlitezlatgichlar modernizatsiyasi tugallandi.
8. TQK-270 tik-qiya konveyer asosida resurs tejaydigan toshli kon massasining uzluksiz transporti. 2011 yil 21 iyunda sanoat tarzida ishga tushirilgan “TQK -270” asosidagi uzluksiz transportningkonchilik massasini ko'tarish balandligi 270 m, qiyalik burchagi 37 gradus, unumdorligi soatiga3500 tonna, loyihaviyyillik quvvati 13 mln.tonna, shuningdek, o'ziga xos texnologik vakonstruktorlik echimlari bilan dunyoning ilg'or standartlarini ortda qoldirgan, noyob muhandislikinshooti hisoblanadi. Toshli kon massasini tik-qiya holda yuqoriga ko'tarish Muruntau kar’erga ishlov berishning iqtisodiy maqsadga muvofiq chuqurligini keskin oshirish imkonini beradi. “TQK-270” kompleksidan foydalangan holda avtomobil’ transporti bilan kon massasini tashishning o'rtachamasofasi 3,6 kilometrga, bosib o'tiladigan yo'l 40 foizga, faqatgina 2012 yilda ekspluatatsiyaharajatlari 2,87 mlrd.so’mga kamaytirildi. Yutuqlar nashrlar, patent va patent uchun berilgan talabnomada o'z ifodasini topdi, shuningdek,xalqaro konferentsiyalar va jahon konchilik sanoatida katta qiziqish o'yg'otdi. O`zbekiston olimlarining hissasi Kombinat uchun bajarilgan ilmiy- tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga O’zbekistongeotexnologiya ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti «O’zGEOTEXLITI» , O`zR FA yadro fizikasi instituti(YaFI), "Qiziltepageologiya"KGP , O`zR FA mikrobiologiya instituti, "Texnolog" IIChB, Toshkent davlat texnika universiteti(ToshDTU), Toshkent avtomobil yo`llari instituti(TAYI), O`zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, O`zR FA o`g`itlar instituti, Navoiydavlat konchilik instituti (NDKI), "O`zbekiston" ilmiy-sanoat, tashqi - iqtisodiy va ish bilarmonhamkorligi assotsiatsiyasi va respublikaning boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari katta hissa qo`shdilar. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, loyihalashtirish ishlari uchun ixtisoslashgan horij injiniring kompaniyalarini jalb qilgan holda konlarni ochish va ishlash tizimlaribo'yicha ilgor horij texnologiyalaridan keng foydalanish zaruriyati belgilandi. Xuddi shundaykonlarning yerosti ishlari sohasida ilgor horij texnologiyalarini o'rganish uchun kombinat va"UzgeorangmetLITI" instituti mutaxassislari ilgor horij korxonalarini borib ko'rdilar. Shundanso'ng NKMK mutaxassislari institut bilan hamkorlikda kombinat uchun o'ta yangi bo'lgano'ziyurar uskunani qo'llagan holda qiya transport stvollari yordamida konlarni ochish usuliniqabul qilishdi.
NKMK va "Atlas Copco" kompaniyasi o'rtasida shu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilganburgilash va kon o'tish jihozlarini yetkazib berish bo'yicha shartnoma tuzilgan. Transport qiyas'ezdi 780 m asosiy ochish ishlarini bajaradi va yiliga 800,0 ming tonna kon massasini yuzagauzatish uchun mo'ljallangan. S'ezd bo'yicha kon massasi MT-431V shaxta avtoo'ziagdargichlariyordamida uzatiladi.
Qiya transport s'ezdini olib borish dizel dvigatelli o'ziyurar burgilash, yuklash - yetkazib berish vatransport uskunasini qo'llash yordamida loyihalashtirilgan. Bu uskuna kon kovlash davridagiasosiy ko'p mehnat talab qilinadigan operasiyalarni mexanizasiyalashtiradi. "Zarmitan" koni yerosti ishlarida Atlas Copco (Shvesiya) va Sandvik (Finlyandiya) horij kompaniyalari dizel dvigatelli o'ziyurar transportdan foydalaniladi. Yerosti kon-shaxta mashinalari va jihozlariga qo'yiladigan muhim talablardan biri - bu kon - o'tish ishlari kompleksini o'zaro boglangan to'liq davrining bajarilishini ta'minlaydigan jihozlarning to'liq komplektini yetkazib berishni ta'minlashdir. NKMK oltin va uran qazib olish hajmi bo’yicha dunyoning o’nga yaqin kon qazib oluvchi kompaniyalari safiga kiradi. Kombinat tarkibi beshta kon boshqarmasi, “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi Ilmiy-ishlab chiqarish markazi”, Zarafshon qurilish boshqarmasi, to’rtta gidro-metallurgiya zavodi va birta oltin ajratib olish fabrikasi, markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, mashinasozlik zavodi, oltin-gugurt kislotasi ishlab chiqarish zavodi va boshqa sanoatlashtirilgan va yordamchi korxonalardan tashkil topgan bo’lib, foydali qazilmani qazish va qayta ishlash, qimmatbaho metallar va uran qazib olishda geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish, hamda kon metallurgiya sanoatida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqarishdan iborat. Har bir rahbar va muhandisning O‘zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga amal qilish, ishlab chiqarish xavfsizligi masalalarini to‘g‘ri hal etishda ushbu kitob qo‘llanma vazifasini o‘taydi.Unda mehnatni muhofaza qilish Qonunlari, sanoat sanitariya va gigienasi, texnika xavfsizligi hamda yong‘inning oldini olish masalalari yoritilgan. Tashkilotlarda mehnat xavfsizligiga doir barcha qaror va hujjatlarni tahlil qilish, kelgusida mehnat xavfsizligi darajasini ko‘tarish, ish yuritishda texnika xavfsizligi mashg‘ulotlarini o‘tkazish, mehnat muhofazasi ishlarini tashkil etish, o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, talabalari, xizmatchi va ishchilari o‘rtasida shikastlanishning oldini olish hamda davlat standarti masalalari talablariga rioya etish maqsadida «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida» Qonun qabul qilingan. Bu Qonun asoslari mazmun jihatidan juda keng bo‘lib, o‘z tarkibida jamoa shartnomasi, mehnat shartnomasi, kadrlar tayYorlash va malakasini oshirish, mehat intizomi, ayollar va bolalar mehnati, ijtimoiy himoya hamda boshqa masalalarni mujassamlashtirgan. «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun asosida ishlab chiqarishdagi inson sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan omillarni bartaraf qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va ish joylarining sanitariya-gigienik jihatdan qoniqarli holatda bo‘lishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish mas’uliyati ma’muriyat zimmasiga yuklatilganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Kasbiy zararliklar mavjud bo‘lgan hududlarda mehnat qiladigan ishchilar uchun qisqartirilgan ish kuni, qo‘shimcha dam olish kunlari joriy etilishi, zararli ish joylarida ishlaganlarga, ya’ni juda issiq haroratli, sovuq zax va sog‘lik uchun zararli sharoitda mehnat qilaYotganlar uchun maxsus ustama haq hamda himoya kiyimlari berilishi ko‘zda tutiladi. Kasbiy kasalliklarning oldini olish, ishchilarning sog‘ligini mustahkamlash maqsadida ularni o‘rnatilgan tartib asosida sut va parhez taomlar bilan ta’minlash tartibi joriy etilgan.
Ishlab chiqarish korxonalarida Mehnat Kodeksi va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi me’yorlarni buzishda ayblangan rahbar shaxslar maьmuriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ma’muriy javobgarlik — xodimga hayfsan berish, ishdan chetlashtirish, o‘rtacha oylik ish haqining yigirma foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish va mehnat shartnomasini bekor qilishdan iborat. Moddiy javobgarlik esa «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunni buzgan shaxslarni nazorat tashkilotlari tomonidan belgilangan miqdorda jarima to‘lashga Yoki keltirilgan moddiy zararni qoplashga majbur qilishdan iborat. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunni buzish baxtsizlik Yoki o‘limga sabab bo‘lsa, aybdor shaxslar belgilangan tartibda jinoiy javobgar-likka tortiladi.
Xotin-kizlar erkaklar bilan teng huquqli bo‘lib, ular davlat, xo‘jalik, madaniy va jamoat ishlarida faol qatnashish imkoniyatiga ega. Mehnat Kodeksida xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobga olinib, ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Og‘ir va organizm uchun zararli ishlarda aYollarning mehnat qilishiga Yo‘l qo‘yilmaydi.Homilador aYollarga davlat tomonidan ish haqi to‘lanadigan ta’til beriladi.Mehnat Kodeksida o‘smirlar mehnatiga alohida e’tibor berilgan. 18 Yoshga to‘lmagan yigit-qizlarni ishga qabul qilishda ularning xohishiga qarab, yilning istalgan vaqtida bir-oylik (kalendar bo‘yicha) mehnat ta’tili berilishi belgilangan. O‘smirlar fabrika, zavod kasaba qo‘mitalari ruxsatisiz qo‘shimcha ishlarni bajarishga jalb qilinmaydi. Ular tibbiy ko‘rikdan majburiy o‘tkazib turiladi. Agar o‘smirlarni bajaraYotgan yumushlari ularning sog‘ligiga ta’sir qilaYotgani sezilsa, u holda shifokor maslahati va tegishli hujjatga asosan boshqa ishga o‘tkaziladi. Tarmoq kasaba ko‘mitasining texnik inspektori har bir sanoat korxonasiga biriktirib qo‘yilgan. U korxonada mehnatni muhofaza qilish qoidalari bajarilaYotganligini, baxtsiz hodisaga uchraganlar hisobga olinaYotganligini nazorat qiladi, og‘ir Yoki o‘lim bilan tugagan hodisalarni guruh bilan birga tahlil qiladi, mehnatni muhofaza qilish qoida va me’Yorlarini buzganlarni javobgarlikka tortish maqsadida tegishli joylarga ma’lumot yuboradi. Texnik inspektor yangi uskunalarni qabul qilishda qatnashadi hamda bir vaqtning o‘zida ular yangi ob’ektlarni foydalanish uchun qabul qilish komissiyasining a’zosi hisoblanib, mehnat muhofazasi tadbirlarining bajarilayotganligini nazorat kiladi. Sanoat korxonalarida xizmat ko‘rsatayotgan kasaba uyushmasining inspektori mehnatni muhofaza qilish bo‘limi rahbarligi ostida ish olib boradi. Sanitariya-epidemiologiya stansiyalarining vakillari kapital qurilish ob’ektlarini qabul qilishda qatnashadi, kasbiy zaharlanish va kasallanishlarni tekshiradi, korxona ma’muriyati bilan birgalikda bu kasalliklarni yo‘qotish chora-tadbirlarini ko‘radi. Suv havzalaridan to‘g‘ri foydalanish va tashlandiq suvlarning suv g‘avzalariga qo‘shilishi masalalari bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh sanitariya-epidemiologiya boshqarmasining mahalliy sanitariya-epidemiologiya stansiyalari shug‘ullanadi.
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi («O‘zsanoatgeokontexnazorat» agentligi) respublika davlat boshqaruvi, nazorat qilish va tekshirish organi hisoblanadi o‘z faoliyatida O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Farmoyishlariga, Oliy Majlis Qonunlariga, Vazirlar Mahkamasining karorlari va farmoyishlariga amal qiladi. U texnologik me’yorlarning buzilmasligini, shuningdek, xavfsizlik texnikasining qoida va ko‘rsatmalariga rioya qilinaYotganligini kuzatib boradi. Bundan tashqari, bu organ bosim ostida ishlaydigan bug‘ qozonlari va idishlarining holatini, suv isitish qozonlarining issiq suv va par beradigan quvurlar, yuk ko‘taruvchi kranlar, liftlar, ekskalatorlar va odamlarni tashiydigan osma arqon yo‘llarining holatini kuzatadi hamda qoidalar buzilmaYotganligini tekshirib turadi. «O‘zsanoatgeokontexnazorat» sanoat korxonalaridagi qozon, agregatlar, ko‘tarishqurilmalarini tekshirib, ishlashi uchun ruxsat beradi va ularni ro‘yxatga oladi, U kapital qurilish ob’ektlarini qabul qilib olishda va korxonada yangi uskunalarni foydalanish uchun qabul qilishda, nazorat ostidagi ob’ektda bo‘ladigan baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlashda qatnashadi.
Mahalliy boshqaruv organlari va yong‘indan muhofaza qilish bo‘limlari hamda yong‘inga qarshi kurashuvchi qismlar, o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan sanoat korxonalarining hamma ob’ektlarida yong‘inga qarshi chora-tadbirlarning bajarilishini, yong‘inga qarshi kurash olib boruvchi xizmatchilarning tayyorligini, korxonadagi yong‘inni o‘chirish vositalarining ishga yaroqliligini va yangi ishlab chiqarish korxonalarini loyihalaganda yong‘in xavfsizligiga rioya qilinayotganligini kuzatish yo‘li bilan nazorat qilib boradi.Yonish chiqmasligi choralarini ko‘rish vazifasi xodimlar zimmasiga yuklatilgan.



Download 5,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish