O`zbekistonda soliq solish tizimi va uning asosiy elementlari va soliq siyosati
Biz avvalo, soliq tizimi va soliq solish tizimi tushunchalarining bir-biridan farqini bilishimiz zarur.
Bu yerda nazariy jihatdan soliq tizimi deganda soliqlar yiq'indisi tushuniladi. Soliq solish tizimi deganda iqtisodiyot subyektlarini muayyan soliqlarga tortishning tashkiliy usullari yig`indisi tushuniladi, ya'ni soliq solish tizimi amaliy uslublar yiq'indisidir.
Shunday qilib, soliq solish tizimi deb, Oliy Majlis tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlar-ning tuzilish usullari va tamoyillari yiqindisiga aytiladi. Bu tizimning o`rni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi bilan aniqlanadi.
Hozirgi davrda O`zbekistonning soliq solish tizimi davlatning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi funksiyalarini mablag` bilan ta'minlash zarurligi bilan belgilanadi.
Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi, soliq solish birligi, soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi.
Soliq subyektlari bu soliq munosabatlarining ishtirokchilaridir. Bularga asosan soliq to`lovchilar: yuridik shaxslar-korxona, tashkilot, firma va jismoniy shaxslar-aholi kiradi. Ikkinchi tomondan soliq subyektiga davlat kiradi, ya'ni soliq oluvchi.
Soliq obyekti-bu soliq solinadigan daromad, narsa (buyum), mulk qiymati, tovar, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar. Ko`pincha soliq nomi obyekt nomi bilan ataladi. Masalana, yer solig`i yoki daromad solig`i.
Soliq manbayi - bu soliq to`lovchi (subyekt)ning daromadidir. Daromad, yalpi daromad, tushum. Ba'zi soliqlarda soliq obyekti va manbasi bir bo`ladi. Masalan, korxonalar daromadiga soliqda obyekt yalpi daromad, soliq manbasi daromaddir
Aholining daromad solig`ida obyekti yalpi daromad, manba ham yalpi daromad.
Markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq va yig`imlar turlarining yiq'indisiga soliq tizimi deb ataladi.
Tizim-bu yig`ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan bog`liqligi ham ifoda etilgan.
Soliq tizimining elementlari soliq obyektiga qarab uch guruhga bo`lish mumkin: oborotdan, daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i, konlardan foydalanganligi uchun soliq, bojxona boji kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga foyda solig`i va daromad soliqlari kiradi.
Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig`i va yer soliqlari kiradi. Iqtisodiy mohiyatga qarab soliqlarni to`g`ri va egri soliqlarga bo`lish mumkin. To`g`ri soliqlar bevosita daromad oluvchi mulk egasining daromadlaridan (foydalaridan) olinadi. Bunday soliqlarda huquqiy va haqiqiy soliq to`lovchi bitta 12
shaxs boiadi.
Soliq ilgaridan aniq belgilangan boiadi. Uning manbayi bo`lib korxona va tashkilotlarning xo`jalik faoliyati natijasida erishilgan moliyaviy yakun hisoblanadi. Aholi soliqlarida esa soliq manbayi bo`lib to`g`ridan-to`g`ri aholining daromadi hisoblanadi. Foyda (daromad) solig`i, yer solig`i va daromad solig`i to`g`ri soliqlarning eng muhim turlaridir.
Egri soliqlar korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy yakuniga bog`liq bo`lmaydi. Ular sotilayotgan tovarlar va xizmatlar oborotiga (bahosiga) ustama tarzda belgilanadi.
Ular so`zsiz tovar qiymati va xizmat summasini oshiradi va iste'molni kamaytiradi. Bu soliqlarni ba'zan ist'mol soliqlari deb ham ataladi. Bunday qaraganda, ularni go`yo mahsulot sotuvchi yoki xizmat ko`rsatuvchi to'layotgan bo`ladi. Aslida esa ularning haqiqiy toiovchisi tovar va xizmatlarni iste'mol qiluvchilar bo`ladi. Egri soliqlar guruhiga qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i va bojxona bojlari kiradi.
Soliq solish tizimida muhim o`rinni soliqqa tortiladigan va tortilmaydigan daromadlar tashkil qiladi.
Soliqqa tortiladigan daromad bu huquqiy va jismoniy shaxslar yalpi daromadining soliqqa tortiladigan qismidir.
To`g`ri soliqlarda soliqqa tortiladigan daromadni aniqlayotganda yalpi daromaddan imtiyozlarni va soliqqa tortilmaydigan daromadlarni chegirib tashlanadi.
Masalan, bizning respublikamizda fuqarolar yalpi daromadidan hamma turdagi pensiya nafaqa, zayom va lotereyadan yutuqlar omonat kassalaridagi omonatlardan foiz daromadlari, sug`urta qoplamalari, o`z mulklarini sotishdan olgan daromadlarni chiqarib tashlab, soliqqa tortila-digan daromad aniqlanadi.
Soliqlarni hisoblashda soliq stavkasi katta o`nn egallaydi. Soliq stavkalari quyidagi turlarga bo`linadi: proporsional, progressiv va regressiv stavkalar.
Proporsional stavka - soliq solish obyektiga yagona foizlarda belgilanadi, Masalan, mol-mulk solig`ida asosiy fondlar qiymatiga yagona bir xil foiz soliq stavkasi qo`yilgan.
Progressiv stavka - obyekt qiymati yoki daromad o`sishi bilan stavka o`sib boradi.
Regressiv stavkalarda daromad qancha orta borsa, soliq ham kamayib boradi.
Bu progressiv stavkaning teskarisi.
Soliq deklaratsiyasi soliq to`lovchilar tomonidan yozib topshiriladigan ariza - ma'lumotnomadir. Bu hujjatda soliq to`lovchilar o`tgan davrda (chorak, yarim yil yoki yilda) o`zlari ishlab topgan hamma daromadlarni ko`rsatadilar, shu daromadlarni olish uchun sarflagan xarajatlar ham ko`rsatiladi. Bu soliqni hisoblash uchun hujjatdir.
Soliq deklaratsiyasiga binoan soliq idoralari soliq to`lovchilarning daromadi
xarajati sof daromaddan (ya'ni soliqqa tortiladigan daromadini) belgilab, soliq stavkasini qo`llab, soliq summasini hisoblab beradilar.
Qanday xarajatlarni yalpi daromaddan chegirib tashlash lozimligini O"zbekiston Respublikasi soliq Qonunchiligi asosida Davlat soliq qo`mitasi va Moliya vazirligi belgilab beradilar.
Respublikamiz soliq qonunchiligiga binoan soliq deklaratsiyasida asosiy ish joyidan olgan ish haqi, mukofot, moddiy yordam va boshqa daromadlar, o`rindoshlikdan olingan daromadlar va boshqa hamma daromadlar ko`rsatilishi shart boiadi. To`lovchilar soliq deklaratsiyasini o`z vaqtida taqdim qilmasalar soliq idoralari o`tgan davrdagi toiangan summani 150 % qilib to`lashni talab qiladilar va to`langan summadan 10 %ni ushlab qoladilar.
O`zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan
«Korxonalar, biriashmalar va tashkilotlarning soliqlari to'g`iisida» Qo-nuniga binoan 1992-yildan boshlab yangi soliq tizimi joriy etildi. Bu tizimi 1991-yildagiga qaraganda tubdan yangi tizim bo`ldi. Respublikamizda birinchi marta egri soliqlar kiritildi.
1992-yilgacha korxona va tashkilotlarning asosiy solig`i bo`lmish oborot solig`i o`rniga qo`shilgan qiymat solig`i, foydadan ajratma to`lovi o`rniga yalpi daromaddan daromad solig`i va yangidan Respublikadan tashqariga chiqarib sotiladigan tovarlarga soliq, cheklangan tovarlarga aksiz solig`i va mol-mulk soliqlari joriy etildi.
O`zbekiston soliq tizimini o`zgartirishning zaruriyati quyidagilardan kelib chiqqan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |