3. Jismoniy shaxslar deb kimlarni aytiladi? 4. Aksiz solig’i nima? 5. Aksiz so’lig’i qanday tovarlardan olinadi? 6. Qo’shilgan qiymat solig’i qanday soliq?
O`quvchilarning savollarga qay darajada javob berganliklariga qarab “Rag’bat” kartochkalarini taqdim etiladi. III. Yangi mavzu bayoni: Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar Reja: 1. Yalpi ichki mahsulot haqida tushuncha. 2. Boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlar. 3. Hisoblash formulalari. O`quvchilarda yangi mavzu boyicha tushunchalar hosil qilsh maqsadida proyektor orqali rasmlar ko’rsatiladi va ularning fikrlarini tinglanadi. O’qituvchi ham qo’shimcha fikrlar aytadi va quyidagi xulosalar keltirib chiqariladi.
Demak rasmlarda tug’al ko’rinishdagi tovarlar va bir birini to’ldiruvchi mahslotlar tasvirlavgan. Yalpi ichki mahsulotga faqat tugal ko’rinishdagi iste’molga tayyor tovarlar kirishi tushuntiriladi. Yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi shunday tovarlar qiymati bilan o’lchanadi. Guruhlarning bergan javoblariga qarab rag`bat bilan taqdirlanadi. O’qituvchi yangi mavzu bo’yicha tayanch atamalarni og’zaki hamfa slayd orqali tushintirib beradi. Tugal mahsulotlar — iste'molga tayyor va boshqa ishlov berilmaydigan tovar va xizmatlar. Yalpi ichki mahsulot (YalM) — mamlakat hududida bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan, tugal ko'rinishdagi tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymati. BOSHQA MAKROIQTISODIY KO'RSATKICHLAR Yalpi milliy mahsulot (YaMM) — yil davomida mamlakat fuqarolari tomonidan (yer yuzining qayerida bo'lishidan qat'iy nazar) yaratilgan jami tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymatidir. Agar YalMdan mazkur mamlakat hududida chet ellik mqarolar va firmalar tomonidan yaratilgan tovarlar qiymatini ayirib, bu mamlakat fuqarolari va firmalari tomonidan boshqa davlatlar hududida yaratilgan tovarlar qiymatini qo'shsak, mazkur mamlakatning yalpi milliy mahsuloti (YaMM) miqdori hosil bo'ladi. Sof ichki mahsulot (SIM) — YalMdan amortizatsiya ajratmasining ayrilganiga teng. Ma'lumki, ishlab chiqarish jarayonida asbob-uskuna, bino kabi asosiy vositalar eskirib, ular narxining bir qismi shu vositalar ishtirokida tayyorlangan tovarlar narxiga o'tadi. Buni amortizatsiya deb atagan edik. Demak, tovar narxining bir qismi bu amortizatsiya ajratmasi bo'lib, bu qiymat yangidan yaratilgan emas. Shu bois, YalMdan jami amortizatsiya ajratmasini ayirib tashlasak, sof ichki mahsulot (SIM) miqdori topiladi. SIM mamlakatda bir yilda yangidan yaratilgan tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatini ko'rsatadi. Milliy daromad (MD) — mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi, foiz, renta kabi barcha daromadlari va korxonalar foydasining yalpi yig'indisidan iborat. U SIM dan barcha egri soliqlarni ayirish yo'li bilan ham aniqlanadi. YaMM=YaIM+E-I; SIM=YaIM-A Bu erda: E-mamlakat kapitali asosida chet elda yaratilgan tovar va xizmatlat qiymati I-chet el kapiitali asosida mamlakatda yaratilaga tovar va xizmatlar qiymati A-amortizatsuya ajratmasi 2015 yil yakunlari boyich asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’qituvchi tomonidan aytib o’tiladi.
Yuqoridagi rasmlar qaysi makroiqtisodiy ko’rsatkichga tegishli?
Nima uchun? Izohlanadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. О`quvchilarni o`rganilgan mavzu bo`yicha BKMlarini sinash maqsadida guruhlarga “Tushunchalar tahlili” tarqatiladi.