Asosiy chiqindilar muammosi



Download 67 Kb.
bet4/5
Sana28.06.2022
Hajmi67 Kb.
#715088
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asosiy chiqindilar muammosi

Xavfli chiqindilar.
Aniq ma’lumotlarga qaraganda, hozir har bir kishi o’zining hayot faoliyatida bir yil mobaynida 1 m3 axlat qoldiradi. Shuncha miqdordagi chiqindi shaxar, respublika yoki hamdo’stlik davlatlari miqyosida ko’riladigai bo’lsa, unda atrof-muhitimiz qanchalik ifloslanib ketishlari tasavvur qilish mumkin bo’ladi. Masalan, birgina Farg’oia shahridai 150 ming tonna axlat chikarib tashlanadi.
AQShda 1986 yilda har bir iste’molchiga 1 tonnadan xavfli chiqindi to’g’ri kelganligi qayd etnldn. Turli xil eritmalar, kuyuvchi moddalar, pestisidlar na boshka kimyoviy mahsulotlar, o’z pavbatida, tuproq, suv havzalari va atmosfera havosi bulg’anishiga sabab bo’ladi. Har xolda sanoat hamda xo’jalik chiqindilarini zararsizlantiruvchi, ayrim hollarda chiqind moddalarga ishlov berib, ulardan qisman foydali maxsulotlar olishga muyassar bo’lnnmoqda. Chunonchi, har bir tonna xo’jalik chiqindilaridan o’rtacha 250 kg makulatura, 30 kg qora metall, 3,5 kg rangli metall ajratib olish mumkin. Vaholanki, bunday tadbirkorlikka bizda yetarlicha e’tibor qilinmaydi. Chiqindi moddalar ma’lum xarajatlar evaziga chiqarib tashlanadi yoki yo’qotib yuboriladi.
Manbalarda qayd etilishicha, xo’jalik axlatlari tadbirkorlik bilan maxsus usulda yoqiladigan bo’lsa, ulardan ma’lum darajada foyda ko’rish mumkin. Birgina Laskov axlat yoqish zavodi yiliga 100 ming tonna qaynoq bug’ hosil qilib, u uy-joy va xo’jaliklarni harorat bilan ta’minlash tizimiga sarflanadi.
Darxaqikat, inson borki hayot uchun kurashadi, tabiatning barcha injiqliklariga moslashishga intiladi. Har bir kishi idroki, o’ziga xos mushohadasi bilan tabiat ne’matlaridan foydalanadi, quradi, bunyod etadi. Odatda biror maqsadni ko’zlab, tabiatning muayyan jabhasiga ta’sir ko’rsatilishi mumkin. Jumladan, yashash uchun imorat quriladigan bo’lsa, tegishli joylardagi giyohlar, daraxtlar yo’qotilib, zamin tayyorlanadi, bir vaqtlar yashnab yotgan joy sifat o’zgarishi bilan inson istiqomat qiladigan maskanga aylanadi. Ko’rinib turibdiki, odam ma’lum bir maqsad bilan atrof muhitga, tabiatga ta’sir ko’rsatyapti. Minglarcha odamlar o’zlari uchun istiqomat joylari barpo etar ekanlar, buning natijasida bokira tabiatda qandaydir o’zgarish sodir bo’ladi, oqibatda tabiat kambag’allashadi. Inson qurilish materiali sifatida tabiiy o’rmonlarni keragicha kesadi. Demak, o’simlik dunyosi qisqarib, o’z navbatida, atmosfera havosining musaffo bo’lshiga raxna tegadi, tuproq erroziyaga uchraydi, yer osti suvlari kamaya boradi, ko’chkilar paydo bo’lib, sel natijasida jarliklar hosil bo’lishi mumkin.
Keltirilgan lavha — bu katta hayotdan bir qatraginadir. Insoniyat o’zining hayotiy faoliyati jarayonida maqsadli ravishda tabiat ehsonlaridan foydalanishi bilan birga, atrof muhitga atayin, ko’ra-bila turib, katta zarar keltirish hollari ko’plab uchrab turadi. Tabiatga nisbatan ko’r-ko’rona yondoshish, uning ehsonlaridan ayovsiz, bereja foydalanish pirovardida og’ir asoratlar qoldirishi mumkin.
Inson tabiat boyliklaridan, uning ehson-laridan oqilona, rejali foydalanmas ekan, u o’z marhamatini ko’rsatavermaydi. Tabiatga ta’sir etishda ba’zan jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yilishi mumkin. Buni Orol fojiasida ko’rsa bo’ladi.
Sayyoramizning eng katta ekologiya falokati bo’lmish Orol muammosi juda keskin tus oldi. Keng mintaqada sanitariya-epidemiologiya, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologiya vaziyati kun sayin yomonlashib bormoqda. Hayoti bevosita Orol bilan tutash bo’lgan Xorazm viloyati, Qoraqalpog’iston respublikasi, Qizil Urda va Toshhovuz viloyatlarida turmushning barcha sohalarida jonsarak vaziyat vujudga kelgach, odamlarning yashash sharoitn va sihat-salomatligi keskin yomonlashmoqda, aholining va bolalarning nobud bo’lish darajasi oshmoqda.
Mintaqadagi ekologiya vaziyati inson nazoratidan chiqib ketdi. Orol atrofi iqlimi keskin yomonlashmoqda. Dengizning qurigan tubidagi tuz va qumning havoga uchishi kuchaymoqda. Mintaqadagi ichimlik suvning asosiy manbalari — Amudaryo va Sirdaryoning pestisidlar bilan xatarli ravishda bulg’anishi va tuz bosishi davom etmoqda. Sizot suvlari ko’tarilmoqda, bog’ va tokzorlar nobud bo’lmoqda, imoratlar yemirilmoqda. Tuproq unumdorligi pasaymoqda, yaylovlar zavol topmoqda. Dengiz suvi haddan tashqari sho’rlanishi oqibatida unda baliq ovlash to’xtab qoldi. Saxro kengayishining jahon ahamiyatiga molik madaniy, tarixiy va me’moriy yodgorliklarga vayron qiluvchi ta’siri kuchayib bormoqda. Mazkur ekologiya falokatining xalq xo’jaligiga yetkazayotgan iqtisodiy zarari umuman Orol atrofi bo’yicha yiliga bir necha milliard so’mga yetmoqda. Shuni aytish kerakki, nobud bo’layotgan tabiat durdonalarini, ayniksa inson hayotini hyech qanday pul bilan o’lchab bo’lmaydi. Orol dengizi qurib, Orol bo’ylari sahroga aylanib borayotganligiga mustaqil respublikalar davlat hamda xo’jalik idoralarining dengiz havzasida ishlab chiqaruvchi korxonalarni joylashtirish strategiyasini noto’g’ri tanlaganliklari, yer va suv boyliklaridan ekstektiv foydalanganligi, bu yerlarda asosan paxta va sholi yetishtirishga berilib ketganligi sabab bo’lmoqda.
Orolnpng kurib borishiga sabab shuningdek sug’orish ti-zimlarini loyihalash, qurish va ishlatishda qo’pol xatoliklarga yo’l qo’yilishidir. Suv iste’mol kilish solishtirma salmog’i loyihada belgilanganidan oshib ketmoqda, kollektor-zovur tarmog’i mutlaqo yetishmasligi va qarovsiz holda tashlab qo’yilganligi sharoitida bu narsa yerlarning keng miqyosda sho’rlanishiga, ularning dehqonchilikda ishlatilishidan chiqib qolishiga olib kelmoqda.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, insonning aql-zakovati, tadbirkorligi, reja bilan ish tutishi tabiatga ozor bermasligi lozim. Agar inson atrof-muhpt va tabiatga ko’r-ko’rona qaraydigan bo’lsa, u holda uni o’nglab bo’lmaydigan asoratlarga duchor qilishi mumkin.
Uzbeknstoada 38 million gektar ov maydoni bo’lib, shuning o’ndan birigina ovchilikka tegishlidir, qolgani rezerv fondi hisoblanadi. Respublikada qo’riqxona hududi 249 ming gektarni tashkil qiladi. Mazkur joylarda 3,5 ming yovvoyi cho’chqa va kiyiklar, 20 ming quyon, 550 suvsar, 8 ming tulki, 25 ming ondatra, 92 ming kaklik, 645 mingdan ortiq suzuvchi yashaydi. Respublikannng o’rmon fondida 5 million gektarcha maydon bor. Qo’riqxona maydonlari nisbatan oz bo’lib, ular kengayishayapti. Birgina Chotqol qo’riqxonasini saklash uchun yiliga million so’m ajratiladi. Respublika Urmon xo’jaligi vazirligi qaramog’idagi qolgan yetita qo’riqxonaga esa yarim million so’m sarf qilinadi. Ularda hozirgacha o’rmon davlat nazorati yo’q. Buning oqibatida muhofaza qilish ishlari juda nochor ahvolga tushib qolgan. Ko’p yillik daraxtlarning soni kamayib bormoqda. Sohillardagi daraxtlar kesilib ketshi natijasida tuproqda namlikni saqlash izdan chiqmokda. Keyingi o’n yil ichida to’qayzorlar maydoni ikki marta kamayib ketgan.
Tabiiy to’qayzorlarning kamayib ketishi u yerda makon qu-radigan noyob va nodir kushlar yo’qolib, to’kay sharoitida o’sadigan nabotot olami barham topishiga sharoit yaratadi.
Ma’lumki, karkidonning birgina zirhli shoxi yoki filning tishlari uchun bu ajoyib hayvonlarni kobud qiladilar yoki jannati qushlarning birgina hoshiyali patlari uchun ularni ov qiladilar. Bir vaktlar Tinch okeani sohillarida o’ta beozor dengiz sigirlari yashagan. Tabiatning bu noyob mahsullari bevosita odamlarning aybi bilan yer yuzidan yo’qolib ketdi. Hozirda ba’zi manbalarda Tasmaniya bo’risi bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Bu o’ziga xos targ’il, ajoyib hayvon ham odamlar tomonidan ayovsiz qirib yuborilgan. Shuni aytish kerakki, bir toifa hayvonot va qushlar o’z makonlaridan ajralgach, o’limga mahkum bo’ladilar.

Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish