Asosiy chiqindilar muammosi


Harbiy mojarolar va ekologik holat



Download 67 Kb.
bet5/5
Sana28.06.2022
Hajmi67 Kb.
#715088
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asosiy chiqindilar muammosi

Harbiy mojarolar va ekologik holat.
Tabiat shunday bir nafis narsakp, uning bokiraligi hamda pokizaligiga juda, osonlik bilan zarar yetkazish mumkin. Qiyos qilib aytganda, katta bir daryoga tashlangan bir necha kilogramm kaliy sianid butun daryo oqimidagi jonzotlarni qirib yubora oladi.
Hozir tabiat muhofazasi, insonlar yashashi uchun sharoitni saqlab qolish ulkan muammolardan biri bo’lib qoldi, bu narsa sayyoramizdagi mamlakatlar, sinflar, ijtimoiy guruhlar manfaatlariga taalluqlidir.
Hozirgi paytda jahon miqyosida juda ko’p miqdorda yadro qurollari yig’ilib qolgan. Bu esa bashariyat hayotiga katta xavf tug’diradi. Mazkur qurollarning o’zi u yoqda tursin, hatto radiasiyasi ham Yer kurrasi iqlimining sovub ketishiga, iqtisodiy va ijtimoiy talafotlarga sabab bo’lib qolmay balki butun biosferaning halokatiga olib keladi. Shu boisdan ekologiya bilan bog’liq bir qancha masalalarni xalqaro hamkorlikda hal etishni, harbiy to’qnashishlarga yo’l qo’ymas-likni taqozo etadi.
Tarixda juda ko’p qonli to’qnashuvlar, qirg’inbarot urushlar bo’lgan, ularning har biri, o’z navbatida, tabiatga ma’-
lum darajada ozor yetkazgan bo’lsa, endilikda xavf tug’-
dirgan urushlarning oqibatini bayon etish juda qiyin. Jumla-
dan, Fors ko’rfazi mojarosida million tonnalab neft dengizga
oqib tushib, ko’rfaz suvlarinn xavfli darajada ifloslantirib yubordi, bundan tashqari, yer sirtidagi burg’u-neft konlarining yonishi natijasida urush bo’lib turgan buning atmosfera havosi bulg’anibgina kolmasdan, balki urushda qatnashmagan davlatlarning tabiatiga jiddiy zarar, yekazildi. Yong’inlar natijasida Irok, Eron, Saudiya Arabistoni va Turkiyada juda ko’p qurum to’kildi, qora yomgirlar yog’di. Mutaxassis olimlarning fikricha, mazkur mpntaqalarda onkologik kasalliklarning keskin oshishi kuzatildi . Bu mojaroning yana bir o’ta xavfli tomoni shundaki, dengizga quyilgan neft mahsulotlari Alyaskada yuz bergan falokatdan ham oshib ketdi. Neft suv yuzasida hosil qilgan moyli parda suvga kislorod singishini keskin kamaytirib yubordi. Oqibatda dengiz suvi muhitidagi fitoplankton va zooplapktonlar degradasiyaga uchrab, dengizning biologik mahsulotlarida keskin o’zgarishlar sodir bo’ladi. U esa, o’z navbatida, dengiz baliqlari va boshqa jonivorlarnnig neft hosilalari bilan zararlannshiga sabab bo’ldi. Dengizning zararlanishi qishlash uchun uchib kelgan noyob va kamchil qushlarning hayotini xavf ostida qoldirdi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, bir milliondan 5 million tonnagacha neft taxminan 10 kvadrat kilometr maydonda yona-digan bo’lsa, unda atmosferaga bir million tonnadan ortiq zaharli moddalar, asosan aerozollar tushadi. Bundan tashqari, ko’plab yoqilg’ining bemavrid yonib turishi havo haroratining oshishiga sabab bo’ladi. Oqib tushgan neft 10 yilgacha o’z asoratini berib turadi. Quvayt sohillarida dengizga to’kilgan neft 1700 ming tonna (11 million barrel) bo’lib, u 4—5 sutka oqib turdi, oqib ketgan neft 2,5—3 ming kvadrat kilometrli suv sathiga yoyilib ketdi.
Jahonnnng bir maydonida bo’lgan falokat, o’z navbatida, bir talay mamlakatlarning ekologik holatiga salbiy ta’sir qilmasdan qolmaydi.
Urush vaqtida emas, balki tinch davrda sodir bo’lgan Cher-nobil AESi falokati (20.04. 1987) bir qancha mamlakat-larga xavfli ta’sirini ko’rsatdi. Falokat yuz bergan vaqtda Ural tomondan esgan antisiklon, sust janubiy, janubiy-sharqiy shamol (taxminan 35 km/s) radioaktiv moddalarni surib ketdi. Skandinaviya mamlakatlari birinchi bo’lib radioaktiv moddalar asoratiga tushdilar, 1987 yil 27 aprelda Finllndiyada radioaktiv fonning ortishi kuzatildi, 28 ap-relda Shvesiyaning Stokgolm shahrida radiasiya foni ikki marta ortib ketgani qayd etildi. 28—29 aprel kunlari 137.5 va 1311 ning darajasi 2—5 va 6—12 Bk/m3 diapazonida o’zgarib turdi. 29 aprel kuni Chernobil rayonida ob-havo-ning o’zgarishi tufayli radioaktiv chiqindilar Markaziy Yev-ropa mamlakatlariga qarab yo’naldi. Parijda radioaktiv omillarnpng havoda eng ko’p bo’lishi 1—2 may kunlarida qayd etilgan bo’lib, 1378 va 1311 larning salmog’i 2 va 10 Bk/m3 ga yetdi, 3 may kuni Xonsyu (Yaponiya) orolida radioaktivlik darajasi oshganligi qayd etildi.
Yukorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, hozir bir joyda favqulodda sodir bo’ladigan fojiaviy holat boshqa hudud, boshqa mamlakatlarga o’tib, u yerdagi barcha jonli mavjudotlarga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Chernobel fojiasit juda katta moddiy ziyon yetkazibgina qolmay, balki qanchadan-qancha odamlarning salomatligiga putur yetkazdi va hali ham ozor berib kelmoqda. Barcha tirik va notirik tabiiy omil-larning, biologik turlar, shu jumladan inson hayot faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir qilishiga t a b i n y sh ar o i t -l a r deyiladi.
Tabiiy resurslar va ne’matlariing iste’mol qilinishi hamda odamning ishlab chiqarish jarayoni, bevosita faoliyati tabiiy sharoitlarga ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Insonning tabiatga turli yo’llar bilan ta’sir qilishi, inson faoliyati tufayli bo’ladigan tabiiy o’zgarishlarga a n t r o p o g ye n ta’snr deyiladi. Inson tabiatga nisbatan ko’rsatadigan ta’sirning salmog’i turlicha bo’lishp mumkin. Ba’zi antropogen ta’sir ma’lum bir chegarani tashkil qilishi mumkin. Masalan, biror-bir kichik daryoga to’g’on kuriladigan bo’lsa, suvlar to’planadi va bunpng natijaspda mazkur joylarning atrofidagi sizot suvlarining ko’tarilishi kuzatiladi. Antropogen ta’sirning ko’lami yanada keng va kattaroq bo’lishi mumkin. Hozirgi energetikaning shiddat bilan o’sishi natijasida butun yer kurrasi atrofidagi havo harorati ma’lum darajada ko’tarilishi va buning oqibatida Grenlandiya va Antarktidaning abadiy muzlari eriy boshlashn mumkin.
Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish