Asosiy chet tili arab tili


مفعول به13T Maf’ul bih (to‘ldiruvchi)



Download 43,13 Kb.
bet2/7
Sana26.06.2022
Hajmi43,13 Kb.
#706393
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
merojiddintavosharov arab tili kurs ishi

مفعول به13T Maf’ul bih (to‘ldiruvchi)


M حفظ محمد الكتاب Muhammad kitobni yodladi jumlasidagi “ الكتاب kitobni” so‘zi maf’ul bih deyiladi.
Olamda ro‘y beradigan har bir ishning bajaruvchisi (fo’ili) bo‘ladi. Bu ish-harakat biror ishni bajarish uchun sodir bo‘ladi. Ish-harakatni bajaruvchi kishi yoki narsaga dalolat qiluvchi so‘z «fo’il» deb ataladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, uni raf’ holatida o‘qish lozim. Ish-harakat sodir bo‘lishiga dalolat qiluvchi so‘z «maf’ul bih» deyiladi. Maf’ul bihni nasb holatida o‘qish lozim.
Agar biz قطع محمود الغسن (Mahmud shoxni kesdi) deb aytsak, Mahmud
fo’il «g‘usna» (shox) so‘zida kesish ish-harakati sodir bo‘lgani uchun «g‘usna» so‘zi maf’ul bih bo‘ldi.
Maf’ulum bih fo’il kabi mufradda, tasniyada, jamda, muzakkarda, muannasda, ismi zohirda, ismi zamirda bo‘ladi.
قرات الكتاب , قرات الكتب , فهمت المسألة , ضربتك Bir fe’lning birdan boshlab, uchgacha maf’uli bo‘lishi mumkin.
kabi. كسرت القلم , اعطيط التلميذ جائزة, اعلمتك محمدا مجتهدا
Mana bu fe’llardan avvalgisi bitta maf’ul, ikkinchisida ikkita maf’ul, uchinchisida uchta maf’ul bo‘lgan.
Maf’ulum bih bilan noibi fo’il orasida farq quyidagichadir. Maf’ulum bih ma’lum fe’l so‘ngidan kelib, ham mansub bo‘ladi. Noibi fo’il esa, majhul fe’l so‘ngidan kelib marfu’ bo‘ladi.
Bir maf’ulni nasbli qiladigan fe’llar ko‘p bo‘lsa-da, ikki maf’ulni nasbli qiladigan fe’llar juda ozdir. Uch maf’ulni nasbli qiladigan fe’llar esa juda ham ozdir. YA’ni, bir nechtaginadir.
Maf’ulum bih ko‘proq fo’ildan so‘ng keladi. Ba’zi vaqtlarda fo’ildan avval
kabi. بنى البيت ابراهيمkeladi.
Maf’ulum bih umuman fe’ldan keyin keladi. Ba’zi vaqtlarda esa biror maqsadni ko‘zlab, fe’ldan oldin ham keladi. اياك نعبد kabi.
Maf’uli bih1 - qilinmish zotning ismi bo‘lib, kalomda go‘yo kimni? YOki nimani? degan savolga javob hukmida zikr etiladi. Maf’uli bih o‘zbek tiliga tarjima qilinishda oxiriga (-ni) qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan: , اكلت طعاما
,جمعت مالا قتلت عقربا, رايت ذئبا Kamdan-kam ba’zi maf’uli bihlarning tarjimasiga (-ga) qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan: jumlalaridagi Alloh va Zayd lafzlari kabi.
Qoida: Har bir maf’uli bih mansub bo‘ladi.
Qoida: Fe’llarga اعبد ﷲ, لقيت زيدا فى السوق, أعطيت زيدا درهما Masalan:
muttasil bo‘lgan zamirlarning har biri hukman mansub bo‘lib, maf’uli bih bo‘ladi. Masala:اكرمت مسلما, اكرمت مسلمين, اكرمت مسلمينَ , اكرمت مسلمات
Qoida: Maf’uli bih ma’lum siyg‘ali fe’llarga xoslangandir. Majhul siyg‘ali fe’llarning maf’uli bihlari zohir bo‘lmaydi. Zero majhul fe’llarning haqiqiy fo’illari zikr qilinmaganligidan maf’uli bihlari marfu’ bo‘lib, fo’il maqomiga o‘tadilar. Masalan ضربه, ضربهما,ضربهم, ضربهم, ضربها, ضربهما, َّ ضربهن
,ضربك, ضربكما, ضربكم, ضربكِ , ضربكما, ضربكنّ , ضربنى, ضربنا, :
Ko‘pincha maf’uli bihlar fe’ldan keyin keladi. Inxisori tavhim (ma’noni chegaralanishi) uchun ba’zi vaqtda fe’ldan oldin keladi. Masalan:
Faqat Alloh taologagina ibodat qilaman - ﷲ أعبد , Faqat Zaydni urdim – زيدا ضربتُ Faqat nasibangni olasan – نصيبك تنال T13 Muzofin ilayhili maf’uli bihlar
رأيت فرس بكرٍ , اكلت لحم البقر, أخذت رقيم الحبيب, اكرمت فقراء البلد.
13T Sifatli maf’uli bihlar
رأيتُ رجلاً عالما, أكلتُ لحماً مشويا, كتبتُ مكتوبا عربيا, قتلتُ حيةً كبيرة ً T13 Ta’kidli maf’uli bihla
رأيت زيدا نفسه, أكلتُ الرمانَ كلّه, رأيتُ رجلين كليهما, رأيت الاحباب اجمعين, 13Ba’zi fe’llarning ikkita maf’uli bihlari bo‘ladi. Masalan: T
اعطيتُ زيدا درهما, علمّتُ بكرا علوما, اعطيتُ زيدا لحما, ألبستُ زيدا جبة ً
Ushbu jumlalardagi tazyinotlar ham maf’uli bihlardir. T13
إجتهدتُ كلّ الإجتهد, عزّرته بعض التعزير, جلستُ احسن الجلوس, علمتُ خير الاعمال,
تفعل شرّ الفعل, نفعل اسهل الافعال
مفعول مطلق
Maf’ul mutlaq (ma’no kuchayturuvchi to‘ldiruvchi) T13 كسرت الخادمة الصحيفةَ *** كسرت الخادمة الصحيفةَ كسرا
نام الوليد *** نام الوليد نوما خفيفا
دقت الساعة *** دقت الساعة دقتين
Mana yuqorida ikki tarafda uchtadan jumla. Bu jumlalardan chap tarafda bo‘lganlari o‘ng tarafdagi jumlalarning o‘zi. Lekin farqi shundaki, chap tarafdagi jumlalarda o‘ng tarafdagilarga qaraganda bir masdar ortiqdir. Misol uchun كسرت الخادمة الصحيفةَ deb aytsak, bunda gapirilayotgan tarelka ehtimol butunlay sinmagandir, balki yorilgandir yoki darz ketgandir deb o‘ylashi mumkin. Agar endi bunga كسرا ni ottirib, كسرت الخادمة الصحيفةَ كسرا desak, darz ketgan yoki yorilgandir deb, o‘ylashga o‘rin qolmaydi. Balki tarelkani haqiqatda singanligini bildiradi. Masalan نام الوليد desak, gapirilayotgan bolaning nechuk uxlaganini bilinmaydi. U oz uxlaganmi, ko‘p uxlaganmi, chalqancha uxlaganmi, yonini bosib uxlaganmi, tinch va rohat bilan uxlaganmi, qo‘rqib uxlaganmi, buni bilinmaydi. Endi bunga نوما خفيفا ni ziyoda qilib نام الوليد نوما خفيفا desak, bolani engil uxlaganligini bildiradi.
SHuningdek دقت الساعة hamma payt soatning jiringlaganini bildiradi. Necha marta jiringlagani ma’lum emas. Endi bunga دقتّين nini qo‘shib, دقتين دقت الساعة desak, soatni necha marta jiringlagani ma’lum bo‘ladi.
SHu tariqa fe’lni «ta’kidlash» uchun yoki «turini» bayoni uchun yoki «sonini» bayoni uchun, fe’l so‘ngidan keltirilgan masdarga «maf’ulum mutlaq», deb ataladi.
Fe’l bilan maf’ulum mutlaqning moddalari (lafzlari) ko‘proq bir xil
bo‘ladi. Misol uchun حفظ محمد الدرس حفظا kabi.
Mana bunda – حفظ fe’li bilan حفظا masdarining moddalari bir bo‘lgan. Ba’zi bir vaqtda fe’l bilan masdar (maf’ulum mutlaq) lafzlari boshqa, ma’nolari bir xil bo‘ladi. Misol uchun فرِح التلميذ جزلا kabi. Mana bu misoldaفرح fe’li bilan جزلا masdari, lafzda boshqa, ammo ma’noda bir xildir.
Ba’zi vaqtlarda maf’ulum mutlaqning fe’li hazf qilinadi. صبرا kabi اصبر صببرا taqdiridadir.
Ko‘p vaqt masdar hazf qilinib, uning o‘rniga sifati turadi. اجتهدت
كثيراkabi. Aslida اجتهدت اجتهادا كثيرا ko‘rinishdadir. SHuningdek, masdar o‘rnida ko‘p vaqt ismi ishora ham turadi. قال ذلك القول kabi. Bunda ذلك maf’ulum mutlaqdir. SHuningdek, masdarning adadini bildirgan narsa masdar o‘rnida turadi. , الإجتهاد
kavi. اجتهد كلّ تاثّّ بعض التأثرّ
Ba’zi bir maf’uli mutlaqlar bir sifat bilan mavsuf bo‘ladi. Masalan: قرأتُ
قراءة جيدّة, ضربت ضربا شديدا, سرت سيرا كثيرا
Maf’uli mutlaq fe’llarga xoslangan emas. Ba’zi vaqt ismi sifatlardan keyin ham maf’uli mutlaqlari zikr etiladi. Masalan: زيد ضارب ضربا شديد المال مسروق
سرقة عجيبة, زيد حسن حسنا مقبولا,

مفعول أجله

Maf’ul liajlihi (sababni ifodalovchi to‘ldiruvchi)13T


M: حفظ محمد الكتاب رغبة فى التقدّم - Muhammad kitobni peshqadam bo‘lishni xohlagani uchun yodladi jumlasidagi رغبة (xohlagani uchun) so‘zi «maf’ul liajlihi» deb ataladi.
Har bir ish sodir bo‘lishida biror sabab bo‘ladi.
Agar biz: وقف الجند (Askar to‘xtadi) desak, eshituvchi Askar to‘xtaganini tushunadi, lekin to‘xtash sababini bilmaydi. Tinglovchiga sababini bildirish maqsadi ham bo‘lsa: إجلالا للأمير (Askar amirni ululash uchun to‘xtadi) deymiz, shunda fe’lning sababi tushuniladi. Mazkur misoldagi «ijlalan» so‘zi «maf’ul liajlihi», deyiladi, u esa nasb holatida bo‘ladi. حفظ محمد الكتاب رغبة فى التقدّم «Muhammad kitobni peshqadam bo‘lishga qiziqib yodladi» jumlasidagi «rabatan» so‘zi, حجّ الناس طلبا لمرضاة ﷲ
«Odamlar Allohni roziligini talab qilib haj qildilar» jumlasidagi «talaban» so‘zi, زينت المدينة إكراما للقادم «Keluvchini ululab shahar bezatildi» jumlasidagi «ikroman» so‘zi maf’ul liajlihi bo‘ladi.
SHu kabi fe’l sodir qilgan sababni bayon qilish uchun aytilgan har bir ism maf’ul liajlihi, deb ataladi. «Maf’ulul liajlih»ni bilish uchun fe’lning oldiga «لم» (nima uchun?) savolini qo‘yish kerak. Agar shunga javob bo‘lishga yarasa, o‘sha ism «maf’ulul liajlih» bo‘ladi. Masalan, yuqoridagi misoldagi fe’lning oldiga لمqo‘shib وقف الجند؟ لم deb savol bersak, اجلا لا لأمير shunga javob bo‘lishga yaraydi.

مفعول فيه

Maf’ul fiyh (o‘rin-payt holi)T13


M: حفظ محمد الكتاب صباحا أمام المعلم Muhammad kitobni ertalab muallimning oldida yodladi jumlasidagi «صباحا ertalab» va «أمام oldida» so‘zlari maf’ul «fiyh», yoki «zarf», deb ataladi. Har bir ish-harakat biror bir zamon va makonda sodir bo‘ladi. Agar bizحفظ محمد الكتاب صباحا (Muhammad kitobni ertalab yodladi) deb aytsak, yodlash zamonini bayon qilgan bo‘lamiz, u esa «ertalab» so‘zidir.
Agar biz -45T :T45 حفظ محمد الكتاب أمام المعلمّ (Muhammad kitobni muallim oldida yodladi) deb aytsang, yodlash joyini bayon qilgan bo‘lasan, u esa muallim oldidagi joydir. «Sabahan» so‘zi zarf zamon, «amama» so‘zi esa zarf makon, deyiladi. Bu ikala so‘z «maf’ul fiyh», deb ham nomlanadi.
Maf’ul fiyh esa nasb holatida bo‘lishi lozim.

Download 43,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish