JURNALISTIKANING TARKIBIY TUZILISHI VA TURLARINING UMUMIY TAVSIFI
Ommaviy axborot vositalari tipologiyasi
Ommaviy axborot vositalari nazariyasi matbuotning ijtimoiy tabiati, uning funksiya va prinsiplari va boshqa ichki qonuniyatlarini o'rganar ekan, uni bir butun holda tekshiradi, talqin etadi. Holbuki, ommaviy axborot vositalari qator muayyan ko'rinishlarga egadir. Ulaming tashqi ko'rinishlari turlicha bo'lishi, chunonchi qog'ozga bosilgan bosma so'z shaklida yoki ‘tovushni qabul qiluvchi yoinki ham tovush, ham tasvimi qabul qiluvchi apparat shaklida o 'z ifodasini topishi mumkin. Ommaviy axborot vositalarining nomi ham turlicha: varaqa, gazeta, jumal, radio, teleko' rsatuvlar va boshqalardir. Bu vositalaming informatsiya tarqatish va ommaga ta'sir ko'rsatish yo'llari ham turiichadir. Ammo ommaviy axborot vositalarining mazkur barcha turiarini birlashtirib turuvchi umumiy narsa— ulaming tjiatbuot qonuniyatlari asosida ish ko'rishidir.
Shuning uchun ham u matbuot nazariyasi bilan bog'lanib ketadi, ta'bir joiz bo'lsa matbuot nazariyasi kursi matbuotning asosi, «poydevori»ni o'rgansa, ommaviy axborot vositalari tipologiyasi uning ko'zga ko'rinib turgan tomonlan haqida bahs yuritadi. Bu jihatdan u matbuot turlari bilan nazariy hamda amaliy — tanishtiruv vazifasini bajaradi. O'zbekiston Respublikasining 1997—yil 26-dekabrda qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonunga muvofiq gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televideniya (kabelli, efir—kabelli televideniya) va radio eshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo'lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot 59 www.ziyouz.com kutubxonasi vositalari hisoblanadilar8 Demak, Ommaviy axborot vositalari tipologiyasi ana shu umumiy axborot vositalarining eng asosiylari — gazetalar, jumallar, radio, televideniya, axborot agentiiklari hamda matbuotning alohida bir turi bo'lgan kitob nashriyotlari, ulaming umumiy, mushtarak qonuniyati hamda o'ziga xos xususiyatlari, faoliyatini o'rganadi. Shuningdek, mazkur axborot vositalarining dunyoga kelish tarixi, rivojlanish yo'llari va kelgusidagi taraqqiyoti masalalari ham ko'rib o'tiladi. Har bir ommaviy axborot vositalarining ichki tuzilishlari, matbuot tasnifida egallagan o 'm i, ahamiyati, boshqa masalalar ham mazkur OAV tipologiyasining bahs mavzuiga kiradi. Jamiyat taraqqiyoti bilan ommaviy axborot vositalarining xillari ham ko'payib, ulaming nomlanishi ham o'zgarib bormoqda. Aslida matbuot turlari bo'lib hisoblangan bu ijtimoiy hodisalaming yig'indisi «jumalistika» atamasi bilan ham ataladi. Ammo hoziigi daviga kelib, ular «Matbuot va ommaviy axborot vositalari* yoki to'ppadan — to 'g 'ri «Ommaviy axborot vositalari* deb nomlqnmoqda Aslida ular matbuot turlari (ayrimlari matbuotning texnikaga, to 'g 'riro g 'i elektron texnikaga asoslangan turlari bo'lsa ham) deb nomlanishi mumkin.
XX asrning 90-yillarida istiqlolga erishgan davlatlar mustaqil taraqqiyot yo‘lini yaratish bilan bir vaqtda tobora avj nuqtasiga ko‘tarilayotgan globallashuv jarayonlari talablariga moslashishga majbur edilar. Globallashuv hodisasiga shu qadar ko‘p ta’rif berilganki, ular qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, barchasida bir katta haqiqat – globallashuv – umumlashuv, yaxlitlashuv, o‘zaro aloqadorlik va hamkorlik ekanligi u yoki bu ko‘rinishda, shakl-shamoyilda ta’kidlanadi, takrorlanadi. Yana bir haqiqat – globallashuv, keng ma’noda olib qaralganda, ko‘proq axborot globallashuvida o‘z ifodasini topmoqda.
Bunday holat jahon media makonida axborot va umuman ommaviy axborot vositalari tushunchasini o‘zgartirib yubordi. Vujudga kelgan “yangi jahon axborot tartibi” har qanday davlat oldiga yangidan-yangi vazifalarni ko‘ndalang qo‘ydi. Qolaversa, ushbu holatga moslashish mustaqil davlatning xalqaro imiji shakllanishida hal etuvchi ahamiyat kasb eta boshladi.
Shunday ekan, xalqaro jurnalistika nima? Jahon media makoni qanday tushuniladi? Ulardagi yo‘nalishlar, manfaatlar, qonuniyatlar nimalardan kelib chiqadi? Global axboriy qarama-qarshiliklar hamda g‘oyaviy-siyosiy texnologiyalarning ta’siri mamlakatimiz jurnalistlari oldiga qanday talab va vazifalarni qo‘ymoqda? Xalqaro jurnalistika dunyosiga O‘zbekistonning integratsiyasi jurnalistlarimiz oldiga qanday yangidan-yangi talablarni qo‘ymoqda?
Bu kabi savollarga ham nazariy, ham amaliy nuqtai nazarlardan javob topa bilish jamiyatning, davlatning zamonaviyligidan, zamon talablari darajasida taraqqiy topayotganligidan, pirovardida esa xalq va davlat imiji nechog‘li mukammal yaratilayotganligidan dalolat beruvchi mezon bo‘lib qolmoqda.
Insoniyat “globallashuv” deb atalgan yangicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan va bu aloqalar jadal sur’atlarda kengayib, chuqurlashib borayotgan yangi taraqqiyot bosqichiga chiqdi. Buning natijasida “globallashuv” so‘zi iqtisodiygina emas, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa qariyb barcha sohalardagi umuminsoniy jarayonlarni qamrab oluvchi tushunchaga aylanib ulgurdi.
Axborot globallashuvi dunyo mamlakatlaridagi shart-sharoit va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizdagi umumiylikni, o‘xshashliklarni keltirib chiqardi. Buning oqibati o‘laroq:
birinchidan, dunyoda oliy darajadagi ilg‘or jamiyat barpo etishning birdan-bir oqilona yo‘li demokratik-huquqiy davlat qurish ekanligini e’tirof etish kuchaydi;
ikkinchidan, demokratik-huquqiy jamiyatning bosh belgisi va shartlaridan biri – ommaviy axborot vositalarining erkinligi ekanligini inkor etish mumkin bo‘lmay qoldi;
uchinchidan, biror taraqqiy etgan mamlakat matbuotini erkinlashtirish sohasida erishilgan ilg‘or tajribalarni uzoq-yaqin davlatlarga tarqatish imkoniyatlari ko‘paydi;
to‘rtinchidan, xalqaro jurnalistika maktablarini qamrab olishga qodir ko‘plab muhim xalqaro hujjatlar yaratildi va hayotga tatbiq etildi ;
beshinchidan, dunyo mamlakatlaridagi matbuot erkinligi ahvolini xalqaro miqyoslarda kuzatish, ular haqida fikr-mulohaza yuritish, bahosini berish va shu asosda muayyan mamlakatdagi ahvol haqida dunyo jamoatchiligi fikrini shakllantirish odati birmuncha ommalashdi.
Sanab o‘tilgan holatlar, tabiiyki, dunyoni yaxlit axborot maydoniga aylantirib ulgurmoqda.
E’tirof etish kerak, endilikda davlatlarning qudrati, salohiyati nechog‘li ko‘p axborotga egaligi bilan o‘lchanmoqda. Eng muhimi, axborotga egalik qilish tevaragida raqobat har qachongidan kuchayib bormoqda.
Mazkur jarayonning o‘zi xalqaro jurnalistikaning qaror topishini, rivojlanishini, pirovard natijada butunjahon jurnalistikasi xususiyatlarining umumiylashuvini jadallashtirmoqda. Filologiya fanlari doktori X.Do‘stmuhamedovning fikriga ko‘ra, bu hol milliy jurnalistikani jahon jurnalistikasi nuqtai nazaridan, ayni chog‘da jahon jurnalistikasini milliy jurnalistika nuqtai nazaridan o‘rganish, tahlil qilish zaruratini kun tartibiga qo‘ymoqda (Do‘stmuhammad X. Jurnalistning kasb odobi muammolari. T.: Yangi asr avlodi, 2007. – B. 19.).
To‘g‘ri va aniq belgilab olingan vazifalar qatorida, fikrimizcha, jahon media makoni, unda xalqaro jurnalistikaning o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati, shuningdek, milliy jurnalistikaning jahon media makonida tutgan o‘rni kabi mavzular ham dolzarb masalalar sirasiga kiradi. “Xalqaro jurnalistika”, “xorijiy jurnalistika”, yanada kengroq ma’noda qo‘llanadigan “jahon jurnalistikasi” atamalarining har biri o‘ziga xos baho, ma’no bo‘yoqlari va yo‘nalishlarga ega bo‘lish bilan birga, umuman olganda bir tushunchani ifodalaydi.
Shunga ham ahamiyat berish lozimki, aksar G‘arb mamlakatlarida “jurnalistika” so‘zi bilan bir qatorda “mass media”, “mass communications” ya’ni “ommaviy media”, “ommaviy kommunikatsiyalar” atamalari ham keng qo‘llanadi va ular birinchi navbatda tarmoqlarga bo‘lingan axborotning kompyuterlashgan va elektronlashgan tizimini nazarda tutadi.
Xo‘sh, mazkur atamalar o‘rtasida haqiqatan ham aniq bir farqlovchi mazmun bormi? Hozirgi kunga kelib jamiyatda o‘ziga xos ijtimoiy-siyosiy faoliyat sohalaridan biriga aylangan “xalqaro jurnalistika” tushunchasiga ta’rif berishdan avval shu sohaning jahon mamlakatlari taraqqiyoti jadallashuviga turtki bo‘lgan ayrim omillarini ko‘rsatib o‘tish o‘rinlidir.
Iqtisodiy omil. Umumjahon iqtisodiy makonida yangi paydo bo‘lgan davlatlar va mintaqalarni o‘z ichiga olgan iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi;
Texnologik omil. Sanoatda, ilm-fanda, madaniyat va xizmat (servis) sohalarida axborot texnologiyalari va zamonaviy kompyuterlar orqali bo‘ladigan aloqalarning keng tus olishi, shu bilan bir qatorda, kommunikatsiya texnologiyalarining globallashuvi, ochiq jamiyatlar sonining ortib borishi;
Tabiiy-ekologik omil. Tobora tugab borayotgan tabiiy boyliklar va ichki zahiralarning jahondagi turli xalqlar va davlatlarni yagona kuch ostiga birlashishga va o‘zaro hamkorlik qilishlariga da’vat etishi hamda pirovardida, mazkur omillardan oqilona foydalanish bo‘yicha birgalikda harakat qilishni ko‘zlovchi yangicha dastur va loyihalarning ishlab chiqila boshlanishi;
Inson omili. Dunyo miqyosida umumta’lim darajasining ortishi, jamiyat bo‘g‘inlari, ilm-fan va ta’limni insoniylashtirish, ya’ni butun inson zotining huquqlarini teng ko‘rgan holda barcha uchun imkoniyat va erkinlik berish zaruratining anglab yetilishi. Insonparvarlik, tenghuquqlilik g‘oyalari, xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirishga xizmat qiladigan o‘zaro hurmatga asoslangan xalqaro munosabatlarning shakllanishi va keng tarqalishi.
AQSh ma’muriyati 2012 yilda dunyoda birinchi bo‘lib Kibermakon uchun xalqaro strategiyani e’lon qildi. Ushbu hujjat asosida kiber texnologiyalardan samarali foydalanish orqali mamlakat ichkarisida xayrixoh media muhitini yaratish ko‘zda tutilmoqda. Ta’kidlash joizki, mutaxassislar buni AQSh tomonidan global miqyosda odamlarning ongiga bevosita ta’sir ko‘rsatishga bo‘lgan urinish sifatida baholamoqdalar. “Rossiyskaya gazeta”da “AQSh davlat departamenti Rossiya bilan yangi urush boshlash ishlarini yakunlamoqda, – degan sensatsion xabar bosildi. – Bu urushda asosiy bosqinchilik quroli siftida kompyuter, jang maydoni uchun esa Internet tanlandi”. Belgilangan rejaga ko‘ra, rus tilida faoliyat yuritadigan barcha saytlar, blog va chatlar qattiq taz’yiq va bosim ostida qoldiriladi (Vorobev M. Belыy dom nazval Internet “polem boya”. // “Rossiyskaya gazeta”. 30 oktyabrya 2008). Mazkur vazifa yuklangan xizmat (“Tashqi raqamli aloqalar jamoasi” deb ataladi – B.A.) mutasaddilaridan biri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Internet to‘lqinlaridagi bunday axborot jangi arab, fors va urdu tillarida ham olib boriladi.
Ayni vaziyatda axborotga bo‘lgan munosabatning tubdan o‘zgarib, uning shakllanishida mediasavodxonlikning o‘rni tobora ortayotgani bejiz emas.
Axborot jangida tug‘ilayotgan jiddiy muammolardan biri hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan davlatlarning rivojlanganlik darajasiga borib taqalmoqda. Deylik, qudratli davlat hali rivojlanmagan yosh mustaqil davlat bilan hamkorlik borasida ahdlashuvga kelishdi.
Avvalo, AQShning iqtisodiy, texnik imkoniyatlari cheksizligidan, qolaversa, AQSh o‘z manfaatlari yo‘lida hech qanday xatti-harakatlardan toymasligidan dalolat bermoqda. E’tiborli joyi shundaki, AQShdek qudratli davlat bu kabi yangiliklardan ko‘zda tutgan bosh maqsadini yashirmayapti, balki Internet to‘lqinlarida Amerika manfaatlariga zid keladigan har qanday chiqishlarga qarshi kurashishga bel bog‘laganini ochiq-oshkora e’tirof etmoqda. Ya’ni, AQSh shu yo‘l bilan ham xalqaro axborot makonidagi imiji salmog‘ini yanada kuchaytirishni ko‘zlamoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, bu singari tizimlarni qudratli davlatlardan tashqari hech bir davlat yoki markazlar cheklash yoki nazorat qilish imkoniga ega bo‘lmaydi. “Aslida, – deb yozadi o‘zbek publitsisti
J.Meliqulov, – buning ortida G‘arb qadriyatlari va qoliplariga moslangan g‘oyalarni butun dunyoga joriy etish va shu orqali o‘z ta’sir doirasini kengaytirish istagi yotadi. Maqsad esa ongni eksport qilish” (Meliqulov J. Importlashayotgan ong yoxud globallashayotgan dunyo muammolari. // “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi. 2006 yil, 1 dekabr. 48-son (3877), 2-bet).
Jahon media makoni – xalqaro jurnalistikaning hozirgi tarixiy palladagi insoniyat, jumladan, davlatlar, xalqlar, millatlar taqdiridagi o‘rni, ahamiyati shu qadar ulkanki, bir so‘z bilan aytganda, “Shuni alohida ta’kidlash joizki, butun dunyo yagona axborot makoniga aylangan bugungi kunda insonni kamolotga chorlaydigan ezgu ta’limotlar bilan yovuz g‘oyalar o‘rtasidagi kurash tobora keskinlashmoqda”1
Do'stlaringiz bilan baham: |