Bajardi: 305A guruh Abdujafarov Abdulaziz
Toshkent farmasevtika institute
“Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi
“Farmakologiya” fanidan
Mustaqil ish
Reja: Uzunchoq miya haqida tushuncha Uzunchoq miya (lot. medulla oblongata) poyasimon tuzilma boʻlib, miya ustunining bir qismini tashkil qiladi. U miyachadan oldinda va qisman pastda joylashgan. U neyronlarning konus shaklidagi massasi boʻlib, qusishdan aksirishgacha boʻlgan avtonomik (ixtiyorga bogʻliq boʻlmagan) funksiyalarga javobgar. Uzunchoq miya yurak, nafas, qusish va vasomotor markazlarni saqlaydi va shunday qilib nafas olish, puls va qon bosimining avtonomik funksiyalarida, shuningdek, uyqu-uygʻonish siklida ishtirok etadi. Analeptiklar haqida umumiy tushuncha Analeptik (analepsis) grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, tiklovchi, tiriltiruvchi ma'nosini bildiradi. Analeptiklarning asosiy farmakologik xossasi shundan iboratki, ular uzunchoq miyada joylashgan nafas olish va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar faoliyatiga ta'sir etib, ularning susaygan funksional holatini, nafas olish va qon tomirlari tonusini tiklaydi yoki normal holatga keltiradi. Shu sababli bu guruhdagilar tiriltiruvchi preparatlar deb ham yuritiladi. Preparatlarning ko‘pchiligi uzunchoq miyadan tashqari markaziy nerv tizimining ko‘pchilik qismiga sezilarli darajada qo‘zg‘atuvchi ta'sir ko'rsatadi. Natijada harakat qo‘zg‘alishi, katta dozalarda esa umumiy titroq keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘pchilik analeptiklar boshqaruvi markaziy tuzilmalarni bu xil qo‘zg‘atishi sababli moddalar almashinuvi oshadi, tananing, ayniqsa, bosh miyaning kislorodga bo'lgan talabi ham ortadi. Analeptiklarning qo’llanishi va salbiy jihatlari - Analeptiklar miqdori oshsa, talvasa kelib chiqadi, chunki ularning markazlami qo'zg'atuvchi va talvasaga olib keluvchi miqdorlari bir biriga yaqin. Bunga korazol misol bo'la oladi, shuning uchun bu modda deyarli qo'llanilmaydi.
- Analeptiklar narkotik moddalarning qarama-qarshisi hisoblanadi, narkozdan chiqarish, uyg'otish xususiyatiga ega, lekin bu ta’sir analeptiklaming talvasa paydo qiladigan yuqori miqdorlarida kuzatiladi.
- Analeptiklar narkotik, uxlatuvchi moddalar, etil spirti bilan yengil zaharlanganda qo'llanadi. Pediatriyada bolalar harorati oshishi tufayli kelib chiqadigan kollaptoid holatlarda, narkozdan keyin o’pka ventilyatsiyasini oshirish uchun, jarohlikdan keyin ro'y beradigan atelektazlarning oldini olish uchun qo'llanadi. Lekin bolalar amaliyotida analeptiklar tobora kam qo'llanilmoqda, chunki gipoksiya holatida bolalarga analeptiklar yuborilsa, katta talvasalar paydo bo'lishi mumkin, shuning uchun yangi tug'ilgan chaqaloqlarda yuz beradigan og'ir gipoksiyada bu moddalami qo'llash man etiladi..
Do'stlaringiz bilan baham: |