Masofaviy tahlim
sirtdan oʻqitish shakllaridan biri boʻlib, oʻqitish
jarayoni subhektlari orasida mahlumotlarni maksimal darajada axborot
texnologiyalarini qoʻllagan holda faol almashinuvini, yahni kompg’yuter tarmoq
tizimi orqali dasturlarni, elektron darsliklarni tarqatish, rejalashtirish, sinovlar
oʻtkazish hamda boshqarish nazarda tutiladi. Masofaviy tahlim tushunchasi bilan
birgalikda «interaktiv muloqot» degan termin koʻp qoʻllaniladi. Bunda oʻqitish
jarayoni subhektlarining mavjud vosita va usullardan foydalangan holda muloqot
qilishi tushuniladi. Interaktiv masofaviy oʻqitish jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi
oʻzaro muloqotga kirishadi, dialog real vaqt birligida elektron pochta, WEB sayt,
chat, telekonferentsiya va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Masofaviy oʻqitishning ikkita uslubi mavjud:
asinxron oʻqitish
, yahni bu yerda guruhni tashkil qiluvchi bitta kurs
talabalari bazaviy oliygohdan yiroqda boʻlgan holda, bazaviy maorif muassasasi
tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va materiallar yordamida
individual oʻquv rejasiga asosan shugʻullanishadi;
sinxron
oʻqitish
(«birgalikda ishlash»), yahni bu yerda
mashgʻulotlarni (mahruza, maslahat, seminar va boshqalar) olib boruvchi bazaviy
oliygoh va bir paytda shugʻullanuvchi talabalar guruhi bir paytning oʻzida masofa
85
jihatidan bir-biridan ajralgan. SHuni aytib oʻtish lozimki, hozirgi paytda bunday
guruhlar umuman olganda virtual boʻlishi ham mumkin, yahni mashgʻulotni
oʻtayotgan talabalar va oʻqituvchilar faqatgina bitta auditoriyada, bitta shaharda
emas, hattoki bitta davlatda boʻlmasliklari ham mumkin. Bunda oʻqituvchilar bilan
talabalar oʻrtasida muloqot real vaqt doirasida yuz beradi.
Inson oʻz faoliyati jarayonida boshqa odamlar bilan muomalaga kirishishiga
toʻgʻri keladi. Muomala jarayonida odamlar axborot almashinadilar, bir –birlariga
tahsir oʻtkazadilar va tahlim –tarbiya beradilar, tajriba almashadilar.
Muomala har qanday faoliyatning zaruriy muhim jihatidir. Aynan muomala
jarayonida va faqat u orqali insonning mohiyati namoyon boʻladi, oʻzaro
tushinishga, ishni bajarish chogʻida uygʻunlikka erishiladi, u yoki bu holatlarda
bir-birlarining xatti-harakatlarini bashorat qilish qobiliyati oʻsadi yoki, aksincha,
nizolar va axloqiy ziddiyatlar, ishdagi kelishmovchililiklar yuzaga keladi,
muloqotdagi sherigining xatti-harakatini oldindan koʻrishga qobiliyatsizlik
namoyon boʻladi. Muomala yoki kommunikatsiya – odamlarning oʻzaro
hamkorligi shakllaridan biridir.
Muomala odamlarning voqehlikni aks ettirishi natijasini ifodalovchi xabarlar
almashish jarayoni boʻlib, ular ijtimoiy borligʻining ajralmas qismi hamda ularning
individual va ijtimoiy onggi shakllanishi va amal qilishining vositasidir. Muloqot
yordamida odamlarning birgalikdagi faoliyat jarayonida maqsadli hamkorligini
tashkil etish, tajriba almashish, mehnat va turmush koʻnikmalarini berish,
mahnaviy ehtiyojlarini namoyon etish va qondirish yuz beradi.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |