Intervg’yu (Interview): alohida dars koʻrinishida boʻlib, bir mavzu
yuzasidan bir yoki bir necha talabaning oʻz qarashlarini ochiq bayon qilishi. Savol
beruvchi reportyor tinglovchilar orasidan tanlanadi;
Intilish (Motivation) tinglovchilar faoliyati dars salohiyatlariga qarab
ikki xil koʻrinishda namoyon boʻladi:
Ichki intilish - oʻzi qiziqqan fanni ichki hissiyot bilan berilib
oʻrganish;
Tashqi intilish – fanni faqat baho olish uchun yoki boshqalarning
majburlashi asosida oʻrganish.
84
Oʻqituvchi dars davomida tinglovchilarning motivatsiyalarini chuqur
oʻrganish orqali ularda fanga nisbatan ichki intilishni kuchaytirishga harakat qilishi
lozim.