Suyak to`qimasining mezenximadan rivojlanishi (bevosita osteogistogenez). Bu usul asosan yassi suyaklar, jumladan, kalla suyaklari uchun xosdir. Bo`lajak suyak o`rnida mezenxima hujayralari ko`paya boshlaydi va osteogen orolchalar hosil bo`ladi (88-rasm).
88-rasm. Suyakning mezenximadan rivojlanishi. Gematoksi1in-eozin bilan bo`yalgan.
0b. 20, ok. 10.
1 - mezenxima hujayralari; 2 - qon tomirlar; 3 - suyak to`sinlari yoki orolchalari; 4 - os-
teotsit: 5 - osteoblast.
Hujayralar orasida kollagen tolalar hosil bo`ladi va bu tolalar hujayralarni bir-biridan uzoqlashtiradi. Bunday hujayralarni preosteoblastlar deb hisoblash mumkin. Ular kollagen tolalardan tashqari glikozaminoglikanlar ham hosil qiladi. Natijada, hujayra oraliq moddasi oksifil bo`ladi. Preosteoblastlar osteoblast hujayralariga aylanib, yana ko`poq hujayralararo modda ishlab chiqara boshlaydi. Bu davrni osteoid davr deb ham yuritiladi. Shu davrga kelib osteoblast hujayralari hujayralararo modda bilan o`ralib, ko`payish qobiliyatini yo`qotadi va osteotsit hujayralariga aylanadi. Ammo chekka joylashgan hujayralar yangi osteoblastlarga ayla-nishini davom ettiradi. Hosil bo`lgan hujayralararo modda (osseomukoid) asosan glikozaminoglikanlardan va kollagendan tuzilgan. Mineral tuzlar bu yerda yo`q, chunki osseomukoid kaltsiy tuzlarining kollagen tolalariga o`tishiga yo`l qo`ymaydi.
Taraqqiyotining keyingi bosqichida (mineralizatsiya yoki kaltsifikatsiya davrida) to`qimada ko`p miqdorda ishqoriy fosfataza fermenti to`planadi. U organik fosfatlarni, asosan, glitserofosfatni karbonsuv va fosfat kislotagacha parchalaydi va mineral tuzlarning cho`kishiga yo`l ochadi. Shu bilan birga hujayralararo moddada depolimerizatsiya, ya’ni osseomukoid moddasining parchalanishi va erib ketishi kuzatiladi. Shu vaqtdan boshlab hujayralararo moddaning organik qismi faqat kollagendan tashkil topadi. Fosfat kislota kaltsiy tuzlari bilan birikib kaltsiy fosfat tuzlarini hosil qiladi. Bu tuzlar dastavval amorf {Ca3(PO4)2] shaklida bo`lib, keyinchalik ular gidroksiapatit [Ca10(PO4)6(OH)2] kristallarini hosil qiladi. Dastlab hosil bo`lgan suyak to`qimasi noaniq tuzilishga ega bo`ladi va ko`p miqdorda dag`al kollagen tolalar va tartibsiz joylashgan gid-roksiapatit kristallaridan iborat bo`ladi. Shunday yo`l bilan dastlabki dag`al tolali suyak to`qimasi hosil bo`ladi. Bu asta-sekin plastinkasimon suyak to`qimasiga aylanadi. Mezenxima hujayralaridan hosil bo`lgan osteoklast hujayralari hujayralararo moddani yemiraboshlaydi va dag`al tolali suyak to`qimasiga qon tomirlar o`sib kiradi. Yangi suyak plastinkalari qon tomirlar atrofida hosil bo`la boshlaydi. Ossein tolalar tartibli joylashib, ular ustida yangi osteoblast hujayralari hosil bo`ladi va yangi suyak plastinkasi rivojlanadi. Shu yo`l bilan suyak osteonlari hosil bo`ladi. Tashqi general plastinkalar qavatn esa, suyak usti pardasi osteoblast hujayralari hisobiga hosi.ch bo`ladp. Natijada, suyak eniga o`sa boshlaydi. Suyak usti pardasi va endost atrofdagi biriktiruvchi to`qimadan shakllanadi. Keyinchalik embrional davrda
89- rasm. Suyakning tog`ay o`rnida rivojlanishi. Gematoksilin- eosin bilan bo`yalgan. Ob. 10, ok.10
1 - pufakchasimon o’zgargan hujayralar zonasi; 2 - tangasimon ustunchalar zonasi: 3 - suyaklanish zonasi.
hosil bo`lgan suyak qaytadan tuziladi. Birlamchi osteonlar yemirilib, yangi osteonlar hosil bo`ladi. Eski osteonlar o`rniga yangilari hosil bo`lishi butun umr davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |