Asl biriktiruvchi to’qima (textus conjunctivus sensu stricto)


Pigment to`qimasi (textus pigmentosus)



Download 1,34 Mb.
bet20/39
Sana12.01.2017
Hajmi1,34 Mb.
#274
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Pigment to`qimasi (textus pigmentosus). Bu to`qima ko`p miqdorda pigment hujayralarini (melanotsitlarni) saqlaydi. Bu to`qima so`rg`ich sohasida, anal teshigi atrofida, yorg`oq xaltada hamda ko`zning qon tomir va rangdor pardalarida uchraydi.

Shilliq to`qima (textus mucosus). Bu to`qima faqatgina embrionlarda uchraydi. Uning hujayralari asosan fibroblastlar bo`lib, asosiy moddada juda ko`p miqdorda gialuron kislotasi uchraydi. Bu kislota amorf yoki asosiy moddaga dirildoq yoki shilliqsimon xususiyat beradi. Homiladorlikning ikkinchi yarmidan boshlab asosiy moddada kollagen tolalarining miqdori oshadi va shilliq to`qima siyrak tolali biriktiruvchi to`qima shaklini ola boshlaydi.
BIRIKTIRUVCHI TO’QIMANING YOSHGA QARAB O’ZGARISHI

Biriktirurchi to`qimada yoshning o`tib borishi bilan asta-sekin hujayra elementlarining kamayishi kuzatiladi. Asosan fibro blast hujayralari kamayishi natijasida ma’lum darajada aso-siy modda ham kamayadi. Yosh biriktiruvchi to`qima asosiy moddaga boy bo`lib, tolalar kam bo`ladi. Funktsional aktiv hujayra elementlarining bo`lishi biriktiruvchi to`qimada moddalar al-mashinuvining yuqori bo`lishini ta’minlaydi. Yosh o`tishi bilan biriktiruvchi to`qima glikozaminoglikanlarining tarkibiy qismlari ham o`zgaradi. Gialuron kislota kamayib, xondriotinsulfat va uning efirlari oshadi. Sulfatlangan polianionlar oshishi uning qon plazmasining beta-lipoproteid fraksiyasi bilan erimaydigan komplekslar hosil qilishiga olib keladi. Bu esa qon tomir devorida ateromatoz tanachalar hosil bo`lishiga va ateroskleroz kasalligining rivojlanishiga sabab bo`ladi. Xondriotinsulfatning ko`payishi uning kaltsiy tuzlari bilan bog`lanishini kuchaytirib, bu jarayonlar organizm qarishi bilan parallel kechadi.

Shunday qilib, yosh ulg`ayishi bilan biriktiruvchi to`qimaning tolalari ko`payib, hujayra elementlari kamayadi. Bu jarayon shunchalik sezilarliki, ko`pchilik mualliflar a’zolarning yosh ulg`ayishi bilan sklerozga uchrashini e’tirof etadilar. Bu esa a’zolarning biriktiruvchi to`qima orqali oziqlanishini buzilishga olib keladi.
QON VA BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA HUJAYRALARINING O’ZARO MUNOSABATI

Ichki muhit tuzilmalari bo`lgan qon va biriktiruvchi to`qima hujayralari kelib chiqishi, tuzilishi va faoliyati bo`yicha bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Sog`lom organizmda ular orasidagi munosabat yaqqol ko`zga tashlanmaydi. Ba’zi kasalliklarda (masalan, yallig`lanish jarayonida), bu hujayralarning birgalikda faoliyat qilishini aniq ko`rish mumkin. Yallig`lanish - bu to`qi-malarda turli shikastlovchi ta’sirlarga javoban vujudga keladigan himoya jarayonidir. Bu jarayon bir-biridan keskin chegaralanmagan bnr necha bosqichlardan iborat bo`lib, uning har bir bosqichida qon va biriktiruvchi to`qimaning ma’lum bir hujayralari asosiy o`rin tutadi. To`qima jarohatlanganda yoki unga yot zarrachalar (masalan, mikroblar) tushganda dastavval shu joy-dagi qon kapillyarlarining kengayishi va devorining o`tkazuvchanligi oshishi kuzatiladi. Natijada, yallig`lanish maydonida to`qima suyuqligining miqdori keskin oshadi va shish hosil bo`ladi. Yallig`lanish maydonidagi parchalanish mahsulotlari bu yerga neytrofil leykotsitlarni jalb qiladi (xemotaksis). Qon kapillyarlari devori orqali chiqqan neytrofil leykotsitlar yallig`la-nish maydoni atrofida to`planadi va leykotsitar valni hosil qiladi. Neytrofil leykotsitlar yot zarrachalarni fagotsitoz qiladi va shu bilan birga o`zlari ham ko`p miqdorda yemiriladi. Keyingi bosqichda yallig`lanish maydoni atrofiga ko`p miqdorda monotsitlar va limfotsitlar to`planadi. Monotsitlar makrofaglarga aylanib, yot zarrachalarni fagotsitoz qiladi. Yallig`lanish maydoni yot zarrachalardan va yemirilgan hujayra qoldiqlaridan tozalangandan so`ng bu yerda qayta tiklanish (regeneratsiya) bosqichi amalga oshadi. Bu bosqichda yallig`lanish maydonida ko`p miqdorda fibroblastlarning hosil bo`lishi kuzatiladi. Ular kollagen tolalarini ishlab chiqarib, jarohatlangan joyning qayta tiklanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, yallig`lanish jarayonida shartli ravishda ketma-ket keladigan uch bosqichni qayd qilish mumkin: a) leykotsitlar; b) makrofaglar; v) fibroblastlar bosqichlari. Bu jarayonda aytib o`tilgan hujayralardan tashqari to`qima bazofillari, eozinofil va bazofil leykotsitlar ham ishtirok etadi.

Ichki muhit tuzilmalarining, ya’ni qon va biriktiruvchi to`qima hujayralarining o`zaro munosabati rangli sxemada keltirilgan (sxemaga qarang). Bu sxema professorlar Q. R. To`xtayev, A. Yu. Yu`ldoshevlar olib borgan ko`p yillik tadqiqotlar asosida tuzilgan bo`lib, ikki asosiy qismdan iborat. Uning birinchi qismida qon hujayralarining taraqqiyoti keltirilgan. Bu yerda qonning o`zak hujayralaridan to yetuk qon shaklli elementlari hosil bo`lgunga qadar kechadigan jarayonda (ya’ni, gemopoez jarayonida) bo`ladigan morfologik o`zgarishlar o`z ifodasini topgan. Sxemaning ikkinchi qismi esa to`qimalarga o`tgan qon hujayralarining biriktiruvchi to`qima va epiteliy to`qimasi hujayralari bilan o`zaro munosabatini aks ettiradi. Yot zarrachalar, masalan,. mikroblar, ichki muhitga jarohatlangan teri yoki shilliq pardalar epitslinsi orqali kiradi. Ularga javoban kapillyarlar va post kapillyar venulalar devori orqali leykotsitlar chiqadi.. Ular bazal membranadan o`tib, epiteliy orasiga kirishi va bu yerda yot zarrachalar bilan uchrashishi mumkin. Epiteliy jarohatlanganda yot zarrachalar shilliq qavatning xususiy pardasiga kirishi mumkin. Bu holda qon va biriktnruvchi to`qima hujayralarining himoya vazifasi bevosita shu yerda amalga oshadi.

Shunday qilib, organizmda kechadigan yallig`lanish va barcha turli xil himoya reaksiyalarida qon va biriktiruvchi to`qima hujayralari bir-biri bilan uzviy bog`liq holda ishtirok etadi.



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish