Plazmatik hujayralarning bir necha turlari farqlanadi: plazmoblastlar, proplazmotsitlar va yetuk plazmatik hujayralar. Plazmoblast hujayrasida RNK to`planadi va bu hujayra intensiv oqsil sintez qiladi. Antitelolarning hosil bo`lishi plazmoblastlarning yetilgan plazmatik hujayraga aylanishi bilan bog`liq. Bunda bir necha ketma-ket hujayra bo`linib, bir plazmoblastdan o`nlab yetilgan plazmatik hujayralar hosil bo`ladi. Immunologik aktiv klon antigen kiritilgandan 1--2 kundan so`ng plazmoblastlarning bo`linishidan hosil bo`ladi. Plazmoblastlar tez bo`linuvchi hujayralardir. Ular proplazmotsitlar bosqichiga o`tib, ko`p miqdorda immunoglobulin hosil qiladi. Shu bilan ularda ko`payish qobiliyati saqlanib qoladi. So`ngra proplazmotsitlar yetilgan, ko`payish qobiliyatini yo`qotgan hujayralarga aylanadi. Hujayra bo`linishidan boshlab, ya’ni klon hosil bo`lishidan to yetilgan plazmatik hujayralar hosil bo`lguncha 3 sutka o`tadi. Antitelo hosil bo`lishining to`xtashi antitelo hosil qiluvchi hujayralar populyatsiyasiningso`nishi bilan bog`liq. Antigen to`qimaga tushganda unda plazmatik qatorning hamma hujayralari, ko`proq yetilgan plazmatik hujayralar bo`ladi. Lekin immunologik reaksiya boshlanishida avval antitelo hosil qiluvchi plazmoblastlar, undan so`ng yetilgan hujayralar ko`payadi. Immunologik reaksiyaga tayyorlik boshlang`ich hujayraga bog`liq bo`lib, yetilgan hujayralarga bog`liq emas. Bir plazmatik hujayra faqat bir immunologik spetsifik antitelo hosil qiladi. - Plazmatik hujayralarning bir necha turlari farqlanadi: plazmoblastlar, proplazmotsitlar va yetuk plazmatik hujayralar. Plazmoblast hujayrasida RNK to`planadi va bu hujayra intensiv oqsil sintez qiladi. Antitelolarning hosil bo`lishi plazmoblastlarning yetilgan plazmatik hujayraga aylanishi bilan bog`liq. Bunda bir necha ketma-ket hujayra bo`linib, bir plazmoblastdan o`nlab yetilgan plazmatik hujayralar hosil bo`ladi. Immunologik aktiv klon antigen kiritilgandan 1--2 kundan so`ng plazmoblastlarning bo`linishidan hosil bo`ladi. Plazmoblastlar tez bo`linuvchi hujayralardir. Ular proplazmotsitlar bosqichiga o`tib, ko`p miqdorda immunoglobulin hosil qiladi. Shu bilan ularda ko`payish qobiliyati saqlanib qoladi. So`ngra proplazmotsitlar yetilgan, ko`payish qobiliyatini yo`qotgan hujayralarga aylanadi. Hujayra bo`linishidan boshlab, ya’ni klon hosil bo`lishidan to yetilgan plazmatik hujayralar hosil bo`lguncha 3 sutka o`tadi. Antitelo hosil bo`lishining to`xtashi antitelo hosil qiluvchi hujayralar populyatsiyasiningso`nishi bilan bog`liq. Antigen to`qimaga tushganda unda plazmatik qatorning hamma hujayralari, ko`proq yetilgan plazmatik hujayralar bo`ladi. Lekin immunologik reaksiya boshlanishida avval antitelo hosil qiluvchi plazmoblastlar, undan so`ng yetilgan hujayralar ko`payadi. Immunologik reaksiyaga tayyorlik boshlang`ich hujayraga bog`liq bo`lib, yetilgan hujayralarga bog`liq emas. Bir plazmatik hujayra faqat bir immunologik spetsifik antitelo hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |