Fibroblastlar sitoplazmasida, asosan, soxta oyoqlarda (psevdopodiylarda) diametri 6-7 nm m i k r o f i b r i l l a l a r yoki qisqaruvchi ipchalar joylashadi. Hujayra sitoplazmasida mikronaychalar ham bo`lib, ularning diametri 20-25 nm ga teng. Mikronaychalar hujayra yuzasiniig turg`unligini belgilaydi. Fibroblastlar oddiy sharoitda harakatsiz bo`lib, faqat mu-ayyan sharoitlardagina harakat qila oladi. Hujayra sitoplazmasi pufakchalarga boy, ular asosan hujayra qobig`i invaginatsiyasi hisobiga hosil bo`ladi va pinotsitoz vazifasini bajarishi mumkin. Fibroblast sitoplazmasida lipid donachalar, multivezikulyar tanachalar va hatto miyelin tuzilmalar ham uchrab turadi. Biriktiruvchi to`qimada turli darajada yetilgan fibroblast hujayralari uchrashi mumkin. Ular kam differensiallashgan yosh fibroblastlar, yetuk fibroblastlar va fibrotsitlarni o`z ichpga oladi. yosh fibroblastlar mitoz yo`li bilan ko`payish qobiliyatiga ega bo`lib, ularda oqsil sintezi sust darajada bo`ladi. Funktsional jihatdan eng aktiv hujayralar bo`lib, yetuk fibroblastlar hisoblanadi. Ular biriktiruvchi to`qimaning hujayra oraliq moddasini ishlab chiqaruvchi asosiy hujayralardir. Bu hujayralar sitoplazmasida fibrillyar oqsillar (kollagen, elastin), sulfatlangan va sulfatlanmagan glikozaminoglikanlar, proteoglikanlar sintezlanadi va hujayra oraliq muhitiga chiqariladi. Biriktiruvchi to`qimada tolalar va asosiy modda hosil bo`lishi, jarohatlarning, yaralarning bitishi va chandiq hosil bo`lishi, to`qimaga tushgan yot tanachalar atrofida kapsula hosil bo`lishi - bularning hammasi yetuk fibroblastlar faoliyatining natijasidir. Fibrotsitlar - fibroblastlarning definitiv shakli bo`lib, bu hujayralarda organellalar keskin kamaygan bo`ladi. Shu tufayli fibrotsitlarda yuqorida qayd etilgan moddalarning sintezi deyarli to`xtaydi. - Fibroblastlar sitoplazmasida, asosan, soxta oyoqlarda (psevdopodiylarda) diametri 6-7 nm m i k r o f i b r i l l a l a r yoki qisqaruvchi ipchalar joylashadi. Hujayra sitoplazmasida mikronaychalar ham bo`lib, ularning diametri 20-25 nm ga teng. Mikronaychalar hujayra yuzasiniig turg`unligini belgilaydi. Fibroblastlar oddiy sharoitda harakatsiz bo`lib, faqat mu-ayyan sharoitlardagina harakat qila oladi. Hujayra sitoplazmasi pufakchalarga boy, ular asosan hujayra qobig`i invaginatsiyasi hisobiga hosil bo`ladi va pinotsitoz vazifasini bajarishi mumkin. Fibroblast sitoplazmasida lipid donachalar, multivezikulyar tanachalar va hatto miyelin tuzilmalar ham uchrab turadi. Biriktiruvchi to`qimada turli darajada yetilgan fibroblast hujayralari uchrashi mumkin. Ular kam differensiallashgan yosh fibroblastlar, yetuk fibroblastlar va fibrotsitlarni o`z ichpga oladi. yosh fibroblastlar mitoz yo`li bilan ko`payish qobiliyatiga ega bo`lib, ularda oqsil sintezi sust darajada bo`ladi. Funktsional jihatdan eng aktiv hujayralar bo`lib, yetuk fibroblastlar hisoblanadi. Ular biriktiruvchi to`qimaning hujayra oraliq moddasini ishlab chiqaruvchi asosiy hujayralardir. Bu hujayralar sitoplazmasida fibrillyar oqsillar (kollagen, elastin), sulfatlangan va sulfatlanmagan glikozaminoglikanlar, proteoglikanlar sintezlanadi va hujayra oraliq muhitiga chiqariladi. Biriktiruvchi to`qimada tolalar va asosiy modda hosil bo`lishi, jarohatlarning, yaralarning bitishi va chandiq hosil bo`lishi, to`qimaga tushgan yot tanachalar atrofida kapsula hosil bo`lishi - bularning hammasi yetuk fibroblastlar faoliyatining natijasidir. Fibrotsitlar - fibroblastlarning definitiv shakli bo`lib, bu hujayralarda organellalar keskin kamaygan bo`ladi. Shu tufayli fibrotsitlarda yuqorida qayd etilgan moddalarning sintezi deyarli to`xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |