Amaliy fanlar metodbirlashmasi rahbari: M.To’rayeva
Bayonlashtirdi: M.Jumayeva
Olot tuman XTB qarashli 9- umumta’lim maktabida maktabning Tarbiya fani o’qituvchisi A.Tangriyevaning 5-“B”-sinfda “Har bir inson hurmatga loyiq ” mavzusida o’tkazgan ochiq darsining
tahlili muhokamasi
Bayoni
15.12. 2021-yil Jayhunobod MFY
Qatnashdi: Ijtimoiy fanlar metodbirlashmasi rahbari: Q.Choriyeva
Fan o’qituvchilari: M.Arabova, N.Ravshanova,Z.Agayeva
G.Qobilova,M.Yusupova
Maktab psixologi: N.Xatamova
M.M.I.B.D.O’: G’.Sa’dullayev
Kun tartibi :
A.Tangriyevaning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligiga baho berish to’g’risida
Eshitildi:
Dars tahlili muhokamasini M.M.I.B.D.O’ G’.Sa’dullayev olib bordi. G’.Sa’dullayev so’zga chiqib ,darsni tashkil qilgan o’qituvchi haqida o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tdilar So’ngra ochiq darsni tashkil qilgan tarbiya fani o’qituvchisi A.Tangriyevaga so’zni berdi . A.Tangriyeva so’zga chiqib , 5-“B”-sinfda “Har bir inson hurmatga loyiq ” mavzusidagi ochiq darsni tashkil qilish jarayonida turli ped texnologiyalardan keng foydalanganligi, axborot komunikatsion texnologiyalarga katta e’tibor berganligini ,o’quvchilarning qiziqishini e’tiborga olgan holda turli o’yinlardan , jumladan “Domino”,”Tushunchalar tahlili” “Qor otdi ” metodlaridan foydalanganligini aytib o’tdi.O’quvchilarning shijoat va qiziqish bilan darsqa qatnashganligi darsning mazmunli bo’lishiga katta hissa qo’shganligini aytib o’tdilar.Dars davomida yo’l qo’yilgan xato kamchiliklar uchun uzr so’rab ,bundan keyin e’tiborli bo’lib , kamchiklarni o’z vaqtida bartaraf etishini aytib o’tdi.
So’ngra so’z Ijtimoiy fanlar metod birlashma rahbari Q.Choriyevaga berildi.Q.Choriyeva haqiqatdan ham A.Tangriyevaning ochiq darsini kuzatganligini , ushbu ochiq darsni tashkil qilishda zarur jihozlar bilan, hamda innovatsion texnologiyalar va o’z qo’li bilan yaratilgan ko’rgazmali vositalar, tarqatmalardan keng foydalanilganligi, o’quvchilarning e’tiborini o’ziga jalb qiladigan pedagogik o’yinlarni yaxshi tashkil qilganligini alohida ta’kidlab o’tdi.Shu bilan bir qatorda tarbiya fanini o’qitishda sifat va samaradorlikni ta’minlash bo’yicha darslar davomida o’quvchilar bilan ko’proq ishlashga e’tiborli bo’lish kerakligi, tarbiya fani yangi fan sifatida kiritilganligi bois mavzularni yoritishda oila, mahalla, maktab hamkorlikda faoliyat olib borishi lozimligi , odob axloq qoidalari , milliy qadriyatlar , an’analarni doimo yosh avlod ongiga singdirib borish kerakligi haqidagi takliflarini bildirdi.
Shundan so’ng darsda ishtirok qilgan boshqa fan o’qituvchilari ham birma-bir so’zga chiqib , darsning yutuq va kamchiliklari haqida o’z fikr mulohazalari , hamda takliflarini bildirib o’tishdi.
Dars tahlili muhokamasi yuzasidan quyidagicha
Xulosa qilindi:
Tarbiya fani o’qituvchisi A.Tangriyevaning o’tkazgan ochiq darsi o’z maqsadiga erishdi va na’munali bo’lganligi e’tirof etildi. A.Tangriyeva davomida yo’l qo’yilgan ayrim kamchiliklarini bartaraf qilish va darsning sifat va samaradorligini yanada ta’minlash bo’yicha zamonaviy metodlardan yanada kengroq foydalanish tavsiya e’tildi
Ijtimoiy fanlar metodbirlashmasi rahbari: Q.Choriyeva
Fan o’qituvchilari: M.Arabova, N.Ravshanova,Z.Agayeva
G.Qobilova,M.Yusupova
Maktab psixologi: N.Xatamova
M.M.I.B.D.O’: G’.Sa’dullayev
Do'stlaringiz bilan baham: |