Askarova azizaning ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan



Download 43,16 Kb.
bet7/13
Sana18.01.2022
Hajmi43,16 Kb.
#391220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
AZIZA MUSTAQIL ISH

3.TUPROQ HAQIDA TUSHUNCHA.

TUPROQ — litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilma; Yer poʻstining yuza va unumdor qatlami. Tuproqning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir.

Tuproq qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Ularning bir-biriga nisbati turli Tuproq lardagina emas, balki bir Tuproq tipining har xil qatlamlarida ham turlicha. Tuproq qattiq qismini mineral moddalar tashkil kiladi. Tabiiy joylanishda qattiq zarralar Tuproq massasining maʼlum qismini egallaydi, qolgan qismini esa zarralar va ularning agregatlari oraligʻidagi har xil kattalik hamda shaklga ega boʻlgan kovaklar (gʻovaklik) tashkil qiladi. Bu boʻshliklarning umumiy yigʻindisi Tuproq gʻovakligi deyiladi. Tuproq gʻovakligi kapillyar va nokapillyar boʻladi. Kapillyar gʻovakli Tuproqning mayda zarralari kapillyar oraligʻidagi hajmga, nokapillyar gʻovaklik esa makrostruktura elementlari oraligʻidagi yirik kovaklar hajmiga teng.

TUPROQ


TUPROQ — litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilma; Yer poʻstining yuza va unumdor qatlami. Tuproqning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir (q. Tuproq unumdorligi). T. ni oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish singari masalalar bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. Tuproq hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimliklar va hayvonot olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda odamning xoʻjalik faoliyati.

Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod, havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib, gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam vaqt utishi bilan yangi xususiyat — nam sigʻimita va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan bir oz mikdordagi oziq moddalarga ega boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz hayoti uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud boʻlgan oʻsimlikning bir qismi mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib, mineral moddalarga, qolgan qismi esa murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida chirindi (gumus) ga aylanadi. Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz davom etadigan nurash sharoitida sodir boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon moddalar hamda organik qoldiqlar taʼsirida yanada tezlashadi. Natijada Yer poʻstlogʻining sirtida unumdor gʻovak katlam — T. paydo boʻladi. Iklim, tuproq ona jinsi, oʻsimlik hamda hayvonot olami, hudud relyefi kabi omillarning Tuproq hosil boʻlish jarayoniga taʼsiri turlicha boʻlganligi tufayli har xil tabiiy zonalarda oʻziga xos Tuproq tiplari vujudga keladi. Mas., tayga zonasida chimli podzol Tuproq, dashtlarda qora va kashtan T., choʻllarda esa sur tusli qoʻngʻir T. lar va b (q. Tuproq zonasi).

Odamning xoʻjalik faoliyati qam Tuproq hosil boʻlish jarayonining baʼzi omillariga, mas., oʻsimliklarga, shuningdek, yerga ishlov berish, uning meliorativ holatini yaxshilash, organik oʻgʻit solish va b. bilan tuproqqa bevosita taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsir koʻrsatish toʻgʻri mutanosiblikda olib borilganda Tuproq hosil boʻlish jarayonini va xususiyatlarini maqsadga muvofiq oʻzgartirish mumkin.

Tuproq qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Ularning bir-biriga nisbati turli Tuproq lardagina emas, balki bir Tuproq tipining har xil qatlamlarida ham turlicha. Tuproq qattiq qismini mineral moddalar tashkil kiladi. Tabiiy joylanishda qattiq zarralar Tuproq massasining maʼlum qismini egallaydi, qolgan qismini esa zarralar va ularning agregatlari oraligʻidagi har xil kattalik hamda shaklga ega boʻlgan kovaklar (gʻovaklik) tashkil qiladi. Bu boʻshliklarning umumiy yigʻindisi Tuproq gʻovakligi deyiladi. Tuproq gʻovakligi kapillyar va nokapillyar boʻladi. Kapillyar gʻovakli Tuproqning mayda zarralari kapillyar oraligʻidagi hajmga, nokapillyar gʻovaklik esa makrostruktura elementlari oraligʻidagi yirik kovaklar hajmiga teng. Tuproqning mineral qismidagi govakligi 40—60%, botqoqi va gleylangan Tlarda esa 27% atrofida boʻladi. Gʻovaklik Tuproqning solishtirma va hajm ogʻirligiga bogʻliq. Kovaklarda Tuproqning suyuq qismini tashkil qiluvchi, tarkibida erigan moddalar — pguproq eritmasi boʻlgan tuproq nami hamda Tuproqning gaz holatidagi qismini tashkil etuvchi tuproq havosi boʻladi. Tuproq tarkibidagi suv va havo miqdorining nisbati atmosfera yogʻinlari, sugʻorish va grunt suvlari hamda suvning sarflanishi, yaʼni tuproq qatlamidan oqib chiqib ketishi, bugʻlanishi va oʻsimlik ildizlari orqali shimilishi va b. bilan bogʻliq holda oʻzgarib turadi. Mana shu sharoitlar tuproqning suv va havo rejimini belgilaydi. Tuproq dagi havo tarkibi atmosfera havosidan (O220,96%, SO20,03%) farq qiladi (tuproq hajmiga nisbatan % hisobida: O2—20,3%, SO2—0,65%), azot miqsori deyarli teng.

Tuproqning havo oʻtkazuvchanligi undagi havo miqdoriga toʻgʻri proporsional kattalik boʻlib, Tuproq tuzilishi, strukturasi va suvga chidamligiga bogʻliq.

Tuproqning solishtirma massasi maʼlum hajmli Tuproq qattiq qismi ogʻirligining 4° da olingan xuddi shunday hajmdagi suv ogʻirligiga boʻlgan nisbati bilan belgilanadi. Tuproq mineral qismlarining solishtirma massasi mineralogik tarkib va undagi organik moddalar tarkibiga bogʻliq (2,50 — 2,80 g/sm3 gacha boʻladi). Krvushmasi buzilmagan Tuproq zichligi deb tabiiy holatdagi 1 sm3 Tuproq ogʻirligining gramm hisobidagi vazniga aytiladi va Tuproqning gʻovakligi va qattiq fazaning oʻrtacha zichligi bilan belgilanadi. Unumdorlik darajasini belgilovchi tuproqning kimyoviy tarkibi, fizikkimyoviy, fizikmexanik va b. xususiyatlari maʼlum darajada undagi singdiruvchi kompleks tabiati va tarkibiga bogʻliq. Tuproqning ana shu singdiruvchi kompleksi xususiyatlariga qarab yerlarni yaxshilash tadbirlari belgilanadi.

Tuproqning tirik tarkibiy kismi tuproq mikroorganizmlari (q. Mikroflora), umurtqasiz hayvonlarning koʻpgina guruhlari — eng sodda hayvonlar, chuvalchanglar, mollyuskalar, hasharotlar vakillaridan hamda yerni oʻyuvchi umurtqalilar (yumronqoziq, sichqon, kalamush) va h. k. dan tashkil topgan. Moddalarning tabiatda aylanishi hamda qayta joylanishi asosida Tuproq morfologiyasi, tarkibi va xususiyatlari profil boʻylab yuqoridan pastga tomon maʼlum qonuniyatga binoan oʻzgarib boradi va tuproq gorizontlarining navbat bilan almashinishida namoyon boʻladi. Shuning uchun bu jarayonlarni bilmay turib insonning hayot kechirish muhitini tashkil etuvchi omillardan biri boʻlgan Tuproq qoplamidan notoʻgʻri foydalanish tuprok eroziyasiga, uning shoʻrlanishi va botqoqlanishiga olib keladi. Tuproqning ifloslanishini kamaytirish uchun qishloq xoʻjaligi. da pestitsidlardan foydalanish qoidalari joriy qilingan.

ТuprInsoniyat jamiyat uchun suv beqiyos ahamiyatga ega. Suv murakkab mineral bo’lib, tabiatda gaz, suyuq va qattiq (muz) holatlarda uchraydi.Yer sharining suv resurslariga yuqorida qayd etilganidek okean, dengizlar, daryo va ko’llar, sun’iy suv havzalari, tog’ va qutb muzliklari, yer osti suvlari, tuproq, atmosfera va tirik organizmlar tarkibidagi suvlar kiradi.Yer yuzidagi okean, dengizlarning umumiy maydoni quruqlik yuzasiga qaraganda deyarli 2,5 barobar ko’pdir, ya’ni Dunyo okean suvlari yer sharining ¾ qismini egallagan bo’lib, uning o’rtacha chuqurligi 4000 metrga tengdir.Daryo va ko’l suvlari esa quruqlik yuzasining 3 % ini egallaydi. Muzliklar esa quruqlikning 11 % iga teng bo’lgan maydonni egallaydi. Quruqlik yuzasining 4% ini botqoqlik va botqoqlangan yerlar tashkil qiladi. Yer sharining umumiy suvlar zahirasini asosiy qismini ya’ni 94%, Dunyo okeani hisobiga to’g’ri keladi. Sayyoramizda jami suvning 97,2% ini sho’r, 2,8%ini esa chuchchk suvlar tashkil qiladi. Chuchuk suvning eng ko’p miqdori tabiiy muzliklarda to’plangan. Dunyo bo’yicha chuchuk suvning asosiy qismi Antarktida, Arktika va Grenlandiya muzliklarida saqlanib kelmoqda. Chuchuk suv resurslarining ko’pgina qismi daryo suvlari hisobiga to’g’ri keladi. Bu suv inson tomonidan foydalanish uchun eng yaroqli suvlardan hisoblanadi. Hozirgi kunda insoniyat taraqqiyotida toza suvga bo’lgan ehtiyoj kun sayin juda tez sur’atlarda ortib bormoqda, chunki insonning xo’jalik faoliyatini toza suvsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Suv yer yuzasidagi iqlimni vujudga keltirishda asosiy omillardan biri, suv bug’lari esa alohida ahamiyatga egadir.

Atmosfera suvlarisiz joyning ob-havosini tasavvur etib bo’lmaydi. Havoda suv bug’larining miqdori Yer yuzasining qaysi kenglikda joylashishiga bog’liq: ekvator havosida suv bug’lari eng ko’p bo’lsa, qutbiy o’lkalarda eng kam bo’ladi. Shuningdek, yil fasllariga bog’liq holda atmosferadagi suv bug’larini miqdori o’zgaradi. Bulutlarda ko’p namlik to’plangan bo’lib, ba’zilarida yuzlab tonna suv bo’ladi.Bu gigant suv massalaridan iborat bo’lgan havo oqimlari yer yuzasida bir yerdan ikkinchisiga ko’chib joylarga namgarchilik keltiradi, bunda joyning havo haroratiga ham ta’sir ko’rsatadi. Suv shunday qudratli kuchga egaki, Yerning hozirgi relyefi suvning bunday uzluksiz faoliyati natijasida shakllangan va bu relyef qiyofa istiqbolda yanada o’zgarib murakkablashdi. Suv qattiq jinslardan tuzilgan tog’ tizimlarini yemiradi. Toshlar orasidagi suvlar muzlaganda yoriqlarni kengaytirib metindan mustahkam granit va bazaltlarni ham yorib yuboradi. Suv tog’ jinslari tarkibidagi minerallarni sekin-asta yemirib, ularni eritib vodiylarga yetkazadi. Hozirgi kunda suvlarni toza saqlab qolish butun insoniyatni jiddiy tashvishga solib turgan muammolardan bo’lib qolmoqda qizil tuproqlar mavjud. Тog‘li o‘lkalarda tekislikdan tog‘larga ko‘tarilgan sari, tabiiy sharoitning o‘zgarishi bilan birga, tuproqlar ham o‘zgaradi.


Download 43,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish