ASINXRON GENERATORLAR
REJA
1 ASINXRON GENERATORLAR
2 ASINXRON GENERATORLARNING ISHLASH PIRINSIPI
A sinxron generator — Generator rejimida ishlaydigan asinxron mashina; mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi. Asinxron generator xarakatlantiruvchi dvigatel yordamida magnit maydon yoʻnalishida katta tezlik bilan aylantiriladi. Bu vaqtda Asinxron generator rotorinint sirpanishi manfiy boʻlib qoladi, mashina valida tormozlovchi moment vujudga keladi va energiyasini tarmoqqa berib, generator sifatida ishlaydi. Asinxron generatordan kichik quvvatli yordamchi elektr tok manbai va tormozlash qurilmasi sifatida foydalaniladi
Asinxron mashinaning tuzilishi va asosiy qismlari
Asinxron motorlar (A.М) elektr energiyasini mexanik energiyasiga
aylantiruvchi qurilmadir. U tuzilishining soddaligi, arzonligi, ishda ishonchliligi sababli sanoat, qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining barcha sohalarida
keng qo’llaniladi. Har qanday elektr mashinalari kabi A.М. generatorlar rejimida ham ishlashi mumkin. Umuman A.М.ning generator rejimida ishlashi iqtisodiy-texnik jihatdan maqsadga muvofiq emas, ammo oxirgi yillarda o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar, asinxron mashinalarning generator sifatida ishlatilishining bir qator ustunliklari borligini ko’rsatdi.
Hozirgi vaqtda asinxron mashinalari asosan
uch fazali motorlar sifatida ishlatiladi.
Asinxron motorlar sanoatda ishlatilayotgan elektr motorlarining 80 foizidan
ko’progini tashkil etadi. Bunday katta talabni qondirish uchun mashinasozlik
zavodlarida har yili ishlab chiqarilayotgan asinxron motorlarning quvvati vattning
bir necha ulushlaridan, bir necha ming kilovattgacha, ish kuchlanishi esa 127 V dan 10 kV gacha bo’ladi.
Asinxron motorlar qo’zg’almas stator va aylanuvchi rotor qismlardan
iborat. Stator ayrim elektrotexnik po’lat plastinkalardan yig’ilgan o’zak
o’rnatilgan bo’lib, o’zakning sirtidagi ariqchalarga (pazlarda) uchta, fazoda
1200 ga siljigan, mis simli chulg’amlar joylashtiriladi. Bu chulg’amlar o’zaro
―yulduzcha‖ yoki ―uchburchak‖ usulida ulanib uch fazali elektr tarmog’iga
qo’shiladi. Demak, stator chulg’amlarining natijaviy magnit maydoni aylanuvchi
bo’lib rotorning chulg’amlarini kesib o’tadi.
A.M.ning rotori silindr shaklida bajarilib, uning ham ayrim eletrotexnik
po’lat plastinkalaridan yig’ilgan o’zagi ariqchalarida (pazlarida) chulg’am
joylashtirilgan. A.M.-lar rotor chulg’ami yasalishi jihatidan ikkiga bo’linadi.
Shunga muvofiq rotor qisqa tutashgan A.M. yoki alyuminiy sterjenlardan
olmaxon g’ildiragi shaklida bajarilgan bo’lib, bunday A.M.ning rotori qisqa
tutashgan A.M.deyiladi. (28.2 -rasm).
Asinxron elektr mashina — Rotorining aylanish chastotasi stat-rinint magnit maydoni aylanish chas-totasiga mos kelmaydigan oʻzgaruvchan tok elektr mashinasi. Asosiy qismlari: staninaga oʻrnatilgan poʻlat oʻzak va oʻzakka oʻralgan chulgʻamlardan iborat stator hamda oʻqqa oʻrnatilgan va ariqchalariga chulgʻamlar joylashtirilgan poʻlat oʻzakdan iborat rotor. Rotor oʻzagi ham, stator oʻzagi ham poʻlat plastinalardan yigʻiladi. Chulgʻamlarning bir-biriga oʻzaro ulanishi va manbadan tok bilan taʼminlanishi usuliga koʻra stator bir, ikki, uch va koʻp fazali qilib tayyorlanishi mumkin. Uch va koʻp fazali chulgʻamlar oʻzaro yulduzcha, uchburchak va koʻpburchak shaklida ulanadi. Chulgʻamlarining tayyorlanishiga koʻra, rotor qisqa tutashtirilgan va fazarotorli xillarga boʻlinadi. Stator bilan rotor orasidagi havo tirqishi iloji boricha kichik (0,025 mm gacha) qilinadi. Asinxron elektr mashina rotorining aylanish chastotasi stator magnit maydonining aylanish chastotasiga bogʻliq boʻladi va isteʼmol qilinadigan tok chastotasi hamda mashinaning juft qutblar soni bilan aniqlanadi. Sirpanish (siljish) qiymatiga qarab, Asinxron elektr mashinani asinxron elektr dvigatel va asinxron generator sifatida ishlatish mumkin[1].
Do'stlaringiz bilan baham: |