Ona tabiatning go‘zalligi insonga zavq beradi.
O‘quvchilarning mustaqil va sinf taxtasida bajarilgan topshiriqlardan kelib chiqib barcha fikrlar umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. (10 daqiqa)
“O‘z o‘rningni top!” o‘yini
O‘quvchilarga har xil so‘zlar tarqatiladi. O‘quvchilar so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib gaplar tuzadilar. Bu mashq o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlashga bir qadar yordam beradi. Masalan, 1. Onamga, men, yumushlarida, uy, yordamlashman. 2. Bola, odobli, manzur, elga va boshqalar.
Guruhlarda ishlash.
Darslikda berilgan topshiriq guruhlash va tahlil usulida bajariladi.
Topshiriq. Quyida berilgan so‘roqlar asosida gap tuzing: kim?, qachon?, qayerga?, nima bilan?, nima qildi?
Guruhlarga darslikda berilgan 113-mashqni shartiga ko‘ra bajarishlari vazifa qilib topshiriladi. Bunda o‘quvchilar berilgan jadval asosida gaplar tuzishga harakat qiladilar.
114-mashq shartiga asosan gaplardagi so‘zlarning so‘rog‘ini aniqlab, qavslar ichiga so‘rog‘ini yozadilar. Masalan: Bir kuni ( ) bog‘ga ( ) shamol ( ) kiribdi-da ( ), bir joyga ( ) berkinib olib ( ), gullarni ( ) tomosha qila boshlabdi ( ).
115-mashqda o‘quvchilar so‘zlarni o‘rni-o‘rniga qo‘yib, gaplar hosil qiladilar.
116-mashqda matndagi ostiga chizilgan so‘zlarning so‘roqlari aniqlanadi.
“Teskari test” metodi
1. …………………………………………………………………………..?
A) gap bo‘laklari ikki turli bo‘ladi
B) bosh bo‘laklar: ega va kesim
C) gap bo‘laklari
D) ikkinchi darajali bo‘laklar: hol, to‘ldiruvchi va aniqlovchi
Grammatik topishmoqlar
Tugal mazmun bildirar,
So‘nggida nuqta bo‘lar. (Gap)
Gapga bor bosh bo‘laklar,
Biri doim hukmron.
Ega, ergash bo‘laklar,
Unga ergashar hamon.
Ergash va bosh bo‘laklar,
Bular ekan qaysilar?
(Kesim, ega, hol, to‘ldiruvchi, aniqlovchi)
Biz besh og‘a-inimiz,
Qarindoshmiz, qo‘shnimiz.
To‘ng‘ich aka – kesimvoy,
Boshqasini toping, hoy?
(Kesim, ega, hol, to‘ldiruvchi, aniqlovchi)
V. O‘quvchilarni baholash. (3 daqiqa)
Darsning yakunida o‘quvchilarning va guruhlarning olgan ballari izohlanadi, darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash. (2 daqiqa)
Darslikda berilgan 117-mashq uyga vazifa qilib beriladi. O‘quvchilarga mashq shartiga ko‘ra o‘quvchilarga “Men ardoqlaydigan fazilat” mavzusida matn tuzib kelishlari, undagi gaplar tarkibida kelayotgan bo‘laklarga diqqat qilishlari kerakligi aytiladi va dars yakunlanadi.
O‘qituvchi: Abdurahmonova Dilfuza ___________
(F.I.Sh.) (Imzo)
Nazariy darsning texnologik xaritasi.
T/r
|
Mashg‘ulot bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Mashg‘ulot mazmuni
|
Ta’lim metodlari
|
Ta’lim vositalari
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
5 minut
|
O‘quvchilar bilan salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. Davomatni aniqlash. Dars shiorini va kun hikmati e’lon qilish.
|
Suhbat
|
Jurnal, doska, o‘quv qurollari
|
2.
|
Kirish qismi (Motivatsiya)
|
10 minut
|
O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. O‘tilgan mavzuga oid qoida so‘raladi.“Tushunchalar tahlili”, “Zanjir” metodi o‘tkaziladi.
|
Suhbat, ko‘rsatish, “Tushunchalar tahlili”, “Zanjir”
|
Kompyuter, proyektor, slaydlar, darslik, tarqatmalar
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 minut
|
O‘quvchilar mavzu bilan tanishtiriladi. Mavzu bo‘yicha qo‘shimcha nazariy ma’lumotlar beriladi. Mavzuga mos holda tayyorlangan slaydlar o‘quvchilarga ko‘rsatiladi va mazmuni izohlanadi.
|
Suhbat, kichik guruhlarda ishlash, tushuntirish, ko‘rsatish
|
Kompyuter, proyektor, slaydlar, ko‘rgazmali qurollar, darslik
|
4.
|
Mustahkamlash (Qo‘llash)
|
10 minut
|
Mavzuni mustahkamlash uchun “O‘z o‘rningni top!” o‘yini o‘tkaziladi. O‘quvchilar guruhlar asosida darslikdagi topshiriq va mashqlarni bajaradilar. Ularning javoblari umumlashtiriladi.
|
Kichik guruhlarda ishlash, “O‘z o‘rningni top!” o‘yini, “Teskari test” metodi, grammatik topishmoqlar
|
Tarqatma materiallar
|
5.
|
Yakuniy qism
|
5 minut
|
Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va baholanadi. Uyga vazifa beriladi.
|
Rag‘batlantirish, topshiriq berish
|
Rag‘bat kartochkalari, jurnal, darslik
| O‘qituvchi: Abdurahmonova Dilfuza ____________
Do'stlaringiz bilan baham: |