tog‘ jinslari bilan qoplash, bo‘yoqlar bilan surkash kabi tadbirlar
aytarli samara bermaydi.
M asalan, devor yuzasi pardozbop
taxtachalar bilan qoplanganda suv tomchilari uning choklari orqali
siljib, devor bilan taxtachalarni yopishish mustahkamligini karnay-
tiradi. Ohak va silikat bo‘yoqlar esa devomi namlanishdan saqlay
olmaydi. Bino devorlari yuzasini qoplashda ishlatiladigan taxtacha
va panel choklarining namlanmasligini ta’minlasli va bo‘yoqlar
rangi tiniqligini hamda suv o ‘tkazmasligini oshirishda kremne-
organik (KO) qo‘shilmalar keng ishlatiladi.
Suvoqbop minerai qorishmalarning namlanmasligini oshirish
uchun ishlatiladigan KO suyuqliklar
qorishmaning mayinligini
ham yaxshilaydi. Masalan, «sement-ohak-qum» tarkibli qorish
maning mayinligi GKJ-10 qo‘shilmasi bilan oshirilganda ohak
miqdorini 50% kamaytirsa boMadi. Bundan tashqari, namlan-
maydigan qorishmaning mustahkamligi 30-40% ga oshadi.
Ohak va silikat bo‘yoqlari ishlatilganda ularning nam lan
masligini oshirish maqsadida qorishmaga GKJ-10 dan 5% qo‘shi-
ladi. Silikat bo‘yoqlari ishlatilganda, awalo, suyuq shisha 5% Si
GKJ
bilan aralashtiriladi, keyin pigmentga qo'shiladi.
Fasadbop KO emallar pardozlash ishlarida ko£p ishlatiladi.
KO emal — anorganik va organik pigmentlami KO lokida obdan
aralashtirilib olinadigan bo'yoq. Bunday emallar devorbop blok
va panellami, sopol va betondan ishlangan to ‘siq konstruksiyalami
pardozlashda qo‘llaniladi. Organik emallar ob-havo va nam ta’siriga
chidamlidir.
U devorning suv o‘tkazmasligini, muzlashga chidamliligini,
yopishqoqligini oshiradi. Devorga surkalgan emalning qurishi va
uning qotishi ob-havo haroratiga bog‘liq. Masalan, +20—30°C
haroratda emal 10
daqiqada qurib, 1 soatda qotadi. +5—10ÜC
haroratda esa 40 daqiqada quriydi, 3 soatda esa qotadi. Ammo,
suvog‘i haü qurimagan va nam boMgan devorlarga emal yopish-
maydi, u qurigandan keyin palaxsa-palaxsa bo lib ko‘chib tushadi.
Emal bilan pardozlangan quruq suvoqqa suv aytarli yuqmaydi va
yuzasi uzoq vaqt toza turadi.
M a’lumki, devor suvoq qilingandan keyin, biroz vaqt o‘tib,
uning yuzasida sho‘ralash dog'lari hosil bo‘lishi mumkin.
Bunday
285
dog‘lami xonaning shiftida, yerto‘la yoki sokol devor yuzalaiida
k o ‘rish mumkin. Bunday dog‘lar devor qurishda ishlatilgan
qorishmadagi suvni shimgan g£ishtdan suvoq yuzasi tomon tuz,
ishqor yoki suvda oson eruvchan eritma kabi namlikning o‘tishi
natijasida hosil boMadi.
Agar ishlatilayotgan g‘isht tuzli yoki zararli moddalar aralashgan
tuproqdan tayyorlangan bo‘lsa, u
hoida suvoq yuzasida bunday
dog‘lar ko‘payadi. Agar suvoqbop qorishmaga namlanmaydigan
KO moddalardan qo‘shilsa, u dog£ hosil qiluvchi namlikni suvoq
yuzasiga o‘tishidan saqlaydi.
Suvoq yuzasi muntazam ravishda namlanib, quyosh haro-
ratida qurib turadi. Namlanmaydigan KO suyuqlik qo‘shilgan
suvoqbop qorishmani 15 marta suvga to‘la shimdirib
keyin qurit-
ganda uning yuzasida hech qanday dog‘lar hosil bo'lmasligi kerak.
Aks holda, KO qo‘shilmagan suvoq yuzasida 8—10 martadan keyin
dog‘lar va mayda yoriqlar paydo bo‘ladi. Bunday suvoq yuzasi
yog‘li bo‘yoq bilan surkalganda ham unda tuz sho‘ralari kabi
dog‘lar hosil bo‘laveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: