ga ega bo‘lgan ashyolardir. Tashqi ko‘rinishiga ko'ra sitallar
qo‘ng‘ir, jigarrang, kulrang, rangsiz va yaltiroq bo‘ladi.
Sitallar
olish texnologiyasi shishani olish texnologiyasiga o‘xshashdir.
Ammo bunda shisha eritmasiga uning tez kristallanishi uchun
4—5% miqdorida katalizatorlar qo‘shiladi.
Fizik-mexanik xossalariga ko‘ra sitallar poMatni eslatadi. Uning
qattiqligi toblangan po‘lat qattiqligidan kam emas. Harorat 100°C
boMganda ham sitallda buzilish alomatlari bo‘lmaydi. Sitallning
ayrim turlarini po lat bilan payvandlasa bo‘ladi.
Sanoat korxona pollaridan og‘ir mashinalaming yurishi, kislota
yoki ishqor singari zararli suyuqliklarning to‘kilishini hisobga
olganda, pollarni sitalldan ishlash tavsiya etiladi. Shuningdek,
kimyo sanoatidagi
uskunalarning ayrini qismlari, yuqori zararli
suyuqliklarni uzatishda ishlatiladigan quvurlar va issiqlik ta’siridagi
apparatlami sitalldan tayyorlash iqtisodiy jihatdan samaralidir.
Sitallar barcha talablarni qoniqtiradigan xossalarga ega.
10.11. Har xil shaklda bukilgan rang-barang
manzarali oynalar
Noyob san’at asarlarini yaratishda, shuningdek,
arxitektura
va dizayn g£oyalarini amalga oshirishda bukilgan oynalar ko‘p
ishlatiladi.
Bugungi kunda ilk bora 0 ‘zbekistonda chiniqtirilgan rangli,
gulli, egri oynali, maksimal oMchami 2440x1800 mm ga teng
ho‘lgan yuqori mustahkam shisha taxtalar ishlab chiqarish yo‘lga
qo‘yüdi. Singanda xavfsiz bo‘lganligi uchun hozirgi kunda ko‘pgina
davlatlarda binolarning yuqori qavatlarni oyna bilan qoplash keng
yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, peshayvon (balkon)larga
faqat
chiniqtirilgan oynani qo‘llashga ruxsat berilgan.
Fyuzing — bu usulda metall profil ishlatilmaydi. Rangli shisha
bo‘laklari bitta shisha lavha ustida biror-bir tasvir ko‘rinishida
to‘planadi va birgalikda 800°C gacha haroratda pechda pishiriladi,
shunda bo‘lakchalar bir-biri bilan va asosiy tayanch qismi bilan
mustahkam qotadi. Bu texnologiya bilan istalgan shakldagi mah-
sulotlarni ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. Kamchiliklari — bu
230
pechning hajmiga bog‘liq bo‘lib, kat-
taligi cheklanganligi va rangli shisha
bolaklarining
chegaralari aniq emas-
ligidadir.
«BEVEL» vitrajlari — bu man-
zarali, shaffof nur o‘tkazuvchan, har
xil rangli oyna parchalaridan ishlangan
dekorativ pannodir. Shuningdek,
rangli polimer tasmalar bilan ham
bezak beriladi. Bunday usul «bevelsov»
deb ataladi. Bevelsov usulida deraza
va eshik
oynalari hamda pardadevor
va manzarali to‘siq, oyna buyumlari
ishlanadi.
Yangi TEXNOART texnologiyasi
asosida ishlab chiqarilgan oynaning
yuzasi o‘ta mustahkam polimer tasvir
surati joylashtiriladi va u qotgandan so‘ng manzarah badiiy shisha
hosil boTadi. So‘ngra alohida berilgan manzara bo‘laklari rangli
polimer bilan toMdiriladi va jilolangan tasvir hosil bo‘ladi.
Ishlatiladigan polimer ashyolar ob-havoning o‘zgaruvchanlik
sharoitiga, ultrabinafsha nurlariga, quyosh ta’siriga chidamli, rangi
o‘zgarmaydi.
Kumushsifat oyna ishlab chiqarish
0 ‘zbekiston
bozorida yangi texno-
logiya hisoblanadi
(10.17-rasm).
«Interglass — Mirror» ko‘zgu tosh
oynasi yuqori sifatli rangsiz oyna
asosida ishlab chiqiladi. Lazer nuri
yordamida sifati tekshiriladi. Yorug‘lik
qaytarish koeffitsiyenti 92% dan
yuqori. Tosh oynalar atmosferaning
zararli muhit ta’siriga chidamli.
Alumin romli oyna —
yetarli
darajada mustahkam, shuning
uchun yuk ko‘tarish qobiliyati plastik yoki yog‘ochga nisbatan
yuqori.
I
Do'stlaringiz bilan baham: