Tadqiqotning tajriba - sinov maydoni. Ushbu tadqiqot natijalari va
materiallari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi akademik
litseyda “O‘zbek adabiyoti” fanidan, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat
pedagogika instituti «O‘zbek tili va adabiyoti» bakalavr ta’lim yo‘nalishida
“O‘zbek adabiyoti tarixi” fanidan ma’ruzalar o‘tish jarayonida amaliyotga
joriylashtirilgan.
Tadqiqotning sinovdan o‘tishi. Dissertatsiya mavzusi Ajiniyoz nomidagi
Nukus davlat pedagogika instituti «O‘zbek tili va adabiyoti» fakulteti o‘zbek
adabiyoti kafedrasi yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |