Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ishimizning ilmiy yangiligi Omon Muxtor
romanlarining shakl, uslub, an’ana va ijodiy o‘ziga xoslik muammolarini poetika
va ritorika nuqtai nazaridan ilk marotaba o‘rganilayotganida ko‘rinadi. Biz
mazkur masalani o‘rganish orqali adib badiiy mahoratini yoritishga harakat
qildik. Ishimizning ilmiy yangiligi shu jihatlarda namoyon bo‘ladi. SHuningdek:
Milliy-adabiy an’analar va hozirgi o‘zbek romanidagi yangi tamoyillar
yoritilganligida;
Poetik uslub va ijodiy individuallik o‘rganganligida;
Epik nasr an’analari va yangicha uslubiy izlanishlar tahlil etilganida;
Roman poetikasi va mifopoetik tafakkur masalasi yoritilganida;
Mifologik ishonch-e’tiqodlar va epik bayon muammosi tadqiq etilganida;
Romanbop rivoyani taraqqiy qildirish tamoyillari o‘rganilganligida
ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |