АқШ туризми жаҳоннинг туризм бозорида тан олинган Лидер



Download 26 Kb.
Sana21.02.2022
Hajmi26 Kb.
#59324
Bog'liq
1-WPS Office


1
АҚШ туризми жаҳоннинг туризм бозорида тан олинган Лидер

(йўлбошчи) ҳисобланади. У халқаро туризмдан олинадиган даромад бўйича

биринчи ўринда (2018 йилда 214,5 млрд. дол.) туристик харажатлар бўйича

иккинчи ўринда (2018 йилда 144,2 млрд. дол.) ҳамда халқаро туристик

ташрифлар бўйича учинчи ўринда (2018 йилда 79,7 млн. киши.) туради.
АҚШ – жаҳон иқтисодиѐтида ўзига хос етакчи ўринни эгалловчи

ривожланган давлатдир. Ишлаб чиқарувчи кучларни ривожланиш даражаси,

америка иқтисодиѐти структураси, унинг илмий-техника потенциали, миллий

рақобатбардошлик даражаси барча жаҳон хўжалик алоқаларига кучли таъсир

кўрсатади. Бунинг устига иқтисодий ўсишнинг Америкача модел кўпгина

ривожланган давлатлар учун намуна бўлиб хизмат қилади.


АҚШ да 50 та штат мавжуд.
2
Kolumbiya, Kolumbiya okrugi — AQShdagi federal (poytaxt) okrug . AKShning hozirgi poytaxti Vashington shahrini qurish uchun 1791 yilda Merilend shtatidan ajratilgan hudud. Maydoni 0,2 ming km². Aholisi 571,8 ming kishi (2001). Okrug Potomak daryosining soʻl sohilida, Virginiya va Merilend shtatlari oraligʻida joylashgan. 1878 yildan okrug chegarasi Vashington shahri ning munitsipal chegarasi hisoblanadi.
3.
Жанубий макрорайони биринчи денгиз пляжлари ва курортлари,

фестиваллари билан ажралиб туради. Мазкур макрорайон Ғарбий ѐки

Шимолий-Шарқий макрорайонларга нисбатан аттрактив ҳисобланади. Бироқ

жаҳон туризм «Маккаси» бўлган Флориданинг пойтахти Маями шу ерда

жойлашган.
4.
Tog' tepasida turib, Iskandariyaning eski tumaniga qarab, yodgorlik mashhur mason va Amerikaning birinchi prezidenti Jorj Vashingtonga bag'ishlangan. U Vashington va Amerika masonlarini ulug'laydi, shuningdek, tantanali mehmonxona va uchrashuvlar uchun joy bo'lib xizmat qiladi. Uzunligi 101 metr (333 fut!) Balandlikdagi bino Iskandariyaning qadimiy mayoq shaklida (!) Qurilgan va 9 qavatdan (!) Vashington, masonlik, o'ziga xos marosimlar va boshqa ahamiyatli odamlarga bag'ishlangan.

Jorj Vashingtonning mason yodgorligi g'oyasi 1852 yildan boshlanadi, ammo loyihaning o'zi faqat 1909 yilda er uchastkasini sotib olish va mablag 'izlashga kirishish bilan amalga oshirila boshlandi. Xotira o'rnatish istagi nafaqat Vashington xotirasini sharaflash istagi bilan, balki Vashingtonning 22-sonli Aleksandriya-Vashington qutisiga tegishli bo'lgan Vashingtonning shaxsiy buyumlari uchun (shuningdek, "Vashington" deb nomlanuvchi) uzoq vaqt saqlanadigan omborni yaratish imkoniyati bilan kuchaytirildi. bir muncha vaqt turar joy egasi sifatida


5.
Agar siz AQShga, asosan, turizm yoki boshqa qisqa muddatli maqsadlar bilan tashrif buyurishni istasangiz, lekin bu safaringiz davomida haftasiga 18 soatdan kam bo’lgan qisqa muddatli ta’lim kurslarida ham o’qishni istasangiz, buning uchun talaba vizasi olishingiz shart emas. Oz muddatga tashrif buyuruvchilar uchun beriladigan Tashrif vizasi (Visitor (B) Visa) bilan shunday kurslarda o’qib qaytishingiz mumkin. Lekin o’qish soati haftasiga 18 soat yoki undan ortiq bo’lsa, bu holatda talaba vizasi olishingiz kerak bo’ladi. Shuningdek, o’quv seminarlari yoki ilmiy konferensiyalarga qatnashish uchun keluvchilardan ham talaba vizasini olish talab etiladi.

Talabalarga beriladigan uch xil viza turi mavjud: F, M va J.

F-1 vizasi AQShda ingliz tili kurslarida yoki kollej va universitetlarda o’qishni istovchi xorijliklarga beriladi. Bu viza sohiblari o’qishlari davomida haftasiga 20 soatgacha ishlashlari ham mumkin. F-1 vizasi bilan o’quvchi talaba o’ziga qaram bo’lgan oila a’zolarini AQShga olib kelmoqchi bo’lsa, uning oila a’zolariga F-2 vizasi beriladi. F-2 vizasidagi odam AQShda ishlashi va o’qishi mumkin emas. Agar F-2 sohibi maktabga qatnashi lozim bo’lgan yosh bola bo’lsa, bunday holatda unga o’qish uchun ruxsat beriladi.

M-1 vizasi akademik bo’lmagan, ishga va malaka oshirishga oid kurslarga keluvchi xorijliklarga beriladi. Bunday viza ko’pi bilan bir yilgacha beriladi va uning sohiblari bu muddat davomida AQShda ishlashlari mumkin emas. M-1 vizasini AQShda turib F-1 vizasiga amashtirib ham bo’lmaydi. M-1 vizasi sohiblarining qaram bo’lgan oila a’zolariga M-2 vizasi beriladi. Shu viza turiga aloqador M-3 vizasi ham mavjud bo’lib, bu viza AQShga har kuni o’z davlatlaridan qatnab o’quvchi Meksika va Kanada fuqarolariga beriladi.

J-1 vizasi ta’lim almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi xorijlik fuqarolarga beriladi. Bunday dasturda ishtirok etuvchi talabalar, odatda, o’qish bitgandan so’ng 30 kun ichida vatanlariga qaytishlari va AQShga yana qaytib kela olishlari uchun o’z mamalakatlarida kamida ikki yil yashashlari lozim. AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Fulbright” va “Muskie” dasturlari ishtirokchlari shunday viza olishadi. Ushbu viza egalarining AQShga keluvchi oila a’zolariga J-2 vizasi beriladi.
6.
Ozodlik haykali dunyoning eng tanilgan obidalaridan biri boʻlib, 1886 yil AQSh - N'yu-Y'ork shahrida qurilgan. Ozodlik haykali, AQShning eng katta timsollaridan biridir.

Misdan yasalgan Ozodlik Haykali, Fransiya tarafidan qurulishining 100-yili sababli AQShga sovgʻa qilingan. Haykal, 1884-1886 yillari orasida Frederic Bartholdi tarafidan qurilgan. Haykalning Po'lat skiletini yasuvchisi Gustave Eiffel, poydevorini quruvchisi esa Richard Morris edi. Ozodlik haykali AQSh - N'yu-Y'ork shahridagi Ozodlik orolida joylashgan


Ozodlik haykali, uni koʻrishni hohlagan barcha turistlar uchun ochiq. Uni koʻrish, zinasidan eng tepasigacha chiqib N'yu-Y'ork manzaralarini tamosha qilish uchun, haykal joylashgan, N'yu-Y'orkdagi Ozodlik oroliga borish yetarli.
7
Missuri (mahalliy indeyslar tilida — loyqa daryo) — AQShdagi daryo, Missisipi daryosining eng katta oʻng irmogi. Uz. 4740 km, havzasining maydoni 1370 ming km² (shundan 10 ming km² Kanada hududida). Qoyali togʻlarning sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Oʻrta oqimi Missuri platosi (baʼzida daralardan oqib, ostonalar hosil qiladi) va quyi qismi Markaziy tekisliklar orqali oʻtgan. Suvi juda loyqa. Yirik irmoklari: Yellouston, Platt, Kanzas. M. yuqori oqimida qordan, oʻrta va quyi oqimida koʻproq yomgʻirdan suv oladi. Bahorda suvi koʻpayadi (etagida suv satqi 8–12 m gacha koʻtariladi), kuchli toshqinlar boʻladi. Oʻrtacha suv sarfi 2600 m³/sek., toshganda 19000 m³/ sek., suvi kamayganda 150–170 m³/sek. boʻladi. Daryo yiliga 220 mln. t oqiziq keltiradi. Katta suv omborlari (Fort-Pek, Garrison, Oaxe) qurilgan boʻlib, ulardan suv oqimini tartibga solib turish, irrigatsiya va energetika maqsadlarida foydalaniladi. Daryoda yirik kemalar Su-Siti shahrigacha, kichikroq kemalar Fort-Benton shahrigacha qatnaydi. M. boʻyida Omaxa, Kanzas-Siti va boshqa shaharlar joylashgan
Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish