Manzarali buyumlar. Manzarali asbotsement buyumlar
manzarani hosil qilish usuliga ko‘ra ikki guruhga
bo‘linadi.
Birinchi guruxga quyidagi asbotsement listlar kiradi:
relefli; butun qalinligi bo‘yicha oq va rangli sementlar
ishlatib bo‘yalgan yoki yuzasi bo‘yalgan; mineral va
sintetik bo‘yoqlar hamda rangli sepma materiallar
(rangli qum, shisha maydasi va sh.k.) bilan qoplangan
va boshqalar.
Quvurlar. Asbotsement asosida bosimli va bosimsiz quvurlar ishlab chiqariladi. Bosimli quvurlar 0,6-1,8
MPa ishchi bosimga mo‘ljallangan bo‘lib, VT6, VT9, VT12, VT15, va VT18 klasslarda bo‘ladi. Ular suv
uzatish tizimlarida ishlatiladi. Quvurlar uzunligi 3 m dan 6 m gacha, diametri 100-500 mm bo‘ladi.
Bosimsiz quvurlar (BNT) neft va gaz uzatishda, kanalizatsiya, drenaj, chiqindilarni uzatish tizimlarida,
telefon kabellarini yotqizishda, tutun va shamollatish kanallarida ishlatiladi. Asbotsement gaz uzatish
quvurlari gaz bosimi 0,5 MPa gacha bo‘lgan tizimda ishlatilishi mumkin.
Gaz uzatish quvurlari ichki tomondan polipropilen, polietilen kabi termoplastik o‘rama materiallar yoki
epoksid, poliefir polimerlari asosidagi kompozitsion mastikalar bilan gaz o‘tkazmaydigan qoplamali holda
ishlab chiqarilishi mumkin. Suv uzatish va kanalizatsiya quvurlari asbotsement muftalar bilan
birlashtiriladi. Ba’zi hollarda cho‘yan muftalar ham ishlatilishi mumkin.
Maxsus asbotsement buyumlar. Asbotsement asosida shamollatish va havoni tozalash tizimlarida
ishlatiladigan qutilar (korobalar) tayyorlanadi. Qutilar yumaloq va to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli, bir biriga
ulash maqsadida ikki tomoni yoki bir tomoni ochiq qilib tayyorlanadi. Qutilar uzunligi 300x300 mm
gacha, devor qalinligi 10 mm o‘lchamlarda bo‘ladi.
Maxsus asbotsement buyumlarga quyidagi boshqa buyumlar kiradi: quvur uzatish tizimlarini issiqlik
izolyatsiyasi qatlamini himoyalovchi yarimsilindrlar, elektr izolyatsiyasi taxtalari, yozgi uylarni yopishda
ishlatiladigan yirik o‘lchamli (5 m gacha) ikki tomonga qiyali listlar, boshqa buyumlar va qismlar kiradi.
Asbotsement buyumlar ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan (1-8%) chiqindilar ikkinchi marta kam
miqdorlarda buyumlar tayyorlashda, ekstruziv
Nazorat savollari
1. Asbestsement nima
2. Asbotsement buyumlar tayyorlash texnologiyasini gapirib bering.
3. Asbotsement buyumlarning asosiy turlarini aytib bering.
Adabiyotlar
1. Рыбьев И.А. Строительное материаловедение: Москва, “Высшая
школа”, 2002.
2. Парикова Е.В., Фомичева Г.Н., Елизарова В.А. Материаловедение
(сухое строительство) Издательский центр “Академия”. Москва. 2010
– 300 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |