Asardagi yechim:
Asardagi yechim ikkita: bu birinchisi Xaziranning ukasining sog’ayib ketishi uchun nima qilib bo’lsa ham tekinga asal topib kelishi;
Ikkinchisi esa Xaziranning bunday zolim va shavfqatsiz ona qo’lidan o’lib qutulganligi, albatta bu holatda u o’lishni hoxlamagan ammo u ukasini hamma narsadan ustun qo’yar edi, unga mehribon edi, asalaring o’tkir nishlariga qaramasdan ukasi uchun bir bo’lak asal olib kelishi bilan yechim topadi.
Xulosa
Asardagi asosiy g’oya insoniy his tuyg’ular barcha narsadan ustun turishi. Asarning bosh qahramoni Xaziran-yosh qizaloq, u o’z qadrdon ukasi Naimga takinga asal olib kelish uchun o’z hayotidan voz kichadi ammo bu o’lim behuda ketmaydi, huddi mana shu narsa qahramondagi aktivlik asardagi dramatizmni o‘tkirlashtiradi, unga shiddatkor tus beradi. Asar “Xaziranning uydan qochishi va o’lishga qaror qildi”- degan jumlalar bilan boshlanadi, albatta bu kitobxonning diqqatini turli xil savollarning paydo bo’lishiga olib keladi. Muallif gapni asosiy masalaga olib kelib taqaydi. Bu savollarga tezkorlik bilan nima sabab bo’lganini yoritib beradi, mana endi xarakterlar orasidagi bevosita to‘qnashuvlar tasvirida ham muallif vaziyat va holatni birin-ketin kuchaytirish, tobora keskinlashtirish, bu voqelikni hech qanday chigalliklarsiz yoriib berish o‘tish yo‘lini tutadi:
Doim bir xil narsani qaytarardi: “Bekorchi qo’llar – iblisning qoshig’i va baxtsizlik ofati, mehnatkash qo’llar esa – xudo bolg’asi va baxt kalitidir.” Xudo aytgan: “Ko’taril, men ham sen bilan ko’tarilaman.” Lekin u aytmagan: “O’tir, va men sen bilan o’ritaman.” Hada biz qanday o’tiramiz, axir sizlarning otalaring, ruhi tinch yotsin, bizga atiga shu faqirona uyni va qari sigirni qoldirgan bo’lsa? Qanday yashaymiz? Yo’q, biz mehnat qilamiz va yana mehnat qilamiz.
Asarda dialoglardan foydalanilmagan, asar ko’proq onaning fikr-u o’ylari, uning og’ir xarakteri, so’zlari va harakatlari bilan ochib berilgan: Ularni baxtsiz onasi ular uchun kun-u tun mehnat qiladi, lekin uning mehnatlari zoye ketardida. Uning bollari bo’lmaganida, uning o’zi tug’ilmaganida va bolalarni tug’maganida yaxshi bo’lardi…
Bunday ona obrazining qanchalik qattiqqo’l va zolim ekanligini mana shu jumla orqali ham bilib o’lishimiz mumkin : Xaziran topshiriqni tushunganini tasdiqlash uchun bir necha bor boshini sikillatdi.
Asar dramatik elementlarning mo‘lligi, syujet dinamikasining keskinligi, kartinalarning aniqligi, xarakterlarning lo‘ndaligi va oson qilib yozilganligi jihatidan o’quvchi diqqatini o’ziga jalb eta oladi. Hikoya oddiy xalq hoyotidan olingan bo’lib, unda qashshoq bir oilaning obrazi tasvirlanadi. Voqealar rivoji ham shu uchchala qahramon o‘rtasida kechadi. Muallifning bu asarida ma’naviy qashshoqlik bilan birga moddiy qashshoqlik ham tasvirlanadi. Chunki bu hikoyalardagi obrazlar moddiy va ayniqsa ma’naviy qashshoqlik tufayli taqdiri ayanchli tus olgan va fojia bilan tugadi. Agar onaning o’z jigarbandi farzandlariga mehribon va e’tiborli bo’lganda edi bunday fojia hech qachon bo’lmasmidi…
Do'stlaringiz bilan baham: |