Kasallik diagnostikasi. Xaltali urchish kasalligiga laboratoriya tekshirishlari va klinik belgilariga asosan tashxis qoʻyiladi. Buning uchun kasallangan nasli bor mum inlar material qilib olinadi. Ularni olish, joylash va joʻnatish usuli yevropa chirish kasalligidagidek bajariladi.
Davolash. Teng qismlardan iborat qand va suv sharbatining antibiotiklar bilan aralashmasi qoʻllaniladi. 1 litr 30˚C haroratdagi qand sharbatiga 500 ming IB biomitsin, tetratsiklin yoki terramitsin solib yaxshilab aralashtiriladi va 150-200 ml davolash sharbatini har bir ramka oraligʻiga 3 marta – har 7 kunda bir martadan sepib turiladi.
Xaltali urchish kasalligi bilan kasallangan asalari oilalarini antibiotiklarning suv eritmasi bilan purkash yoki amerika chirishi kasalligidagidek dust bilan changlatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |