Asaka tuman axborot-kutubxona markazi abonementlarga va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati



Download 73 Kb.
Sana07.04.2022
Hajmi73 Kb.
#535580
Bog'liq
Abdulla Oripovning 80 yilligiga




ASAKA TUMAN
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI ABONEMENTLARGA VA FOYDALANUVCHILARGA XIZMAT KO’RSATISH XIZMATI


(Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga)




Esdalik

Asaka-2021


Asaka

Men shoirman,istasangiz shu,
O‘zimniki erur shu sozim
Birovlardan olmadim tuyg‘u,
O‘zgaga ham bermam ovozim.
Abdulla Oripov.
Kirish.

Abdulla Oripov O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Kaxramoni , davlat va jamoat arbobidir. YAssaviy, Navoiy, Bobur, CHo‘lpon, G‘ofur G‘ulom ijodiy an’analarini davom ettirayotgan Abdulla Oripov she’riyati o‘zbek adabiyotini uzviy bir yaxlitlikda o‘tmish va kelajak bilan bog‘lab turadi.




Xayoti va ijodi.
Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumani Neko‘z kishlog‘ida tug‘ildi. O‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlagach, Toshkent Davlat dorilfununini filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi.

1963 yildan boshlab turli nashriyotlarda muharrirlik, yozuvchilar uyushmasi kotibi, mualliflar xuquqini ximoya qilish xalqaro tashkilotining O‘zbekiston bo‘limini va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasini boshqarib keldi.


Abdulla Oripov Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekiston Kaxramonidir. Bastakor Mutal Burxonov musiqasi, shoir Abdulla Oripov so‘zi bilan ijro etiluvchi O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangraganda tik turib xurmat bajo keltiramiz




Abdulla Oripov she’riyati ruhiy yuksaklikka, ma’naviy poklikka o‘zini anglashga chorlovchi she’riyat. Xaqiqiy she’riyat xalq , Vatan mulkidir, u nafaqat o‘z ijodi, balki xalq ishi, qalb so‘zi, orzu armonlaridan so‘zlaydi. SHoirning ilk kitobi “ Mitti yulduz” 1965 yili chop etildi, shundan buyon shoirning “ Kozlarim yolingda” (1967),“ Onajon “ (1969), “Ruhim “ (1971), “Ozbekiston” (1972), “ YUrtim shamoli” (1974), “Xayrat”(1979),
Najot qal’asi”(1981),“Yillar armoni” (1984) she’riy to‘plamlari bosilib chiqqan. SHuningdek shoirning bolalar uchun “ Qush tili” (1991), “ Dunyo” (1996) kitoblari ham nashr qilingan.

Mustaqillik va millat saodati uchun fidoyi inson Abdulla Oripov xayot bo‘l-ganlarida 80 yoshda bo‘lar edi. Uning xotira-siga atab ushbu esdalikni tayyorladik. Bun-dan maksadimiz sizlarni shoir xayoti va ijodi bilan tanishtirish, Abdulla Oripov kitoblariga bo‘lgan qiziqishingizni orttirish, she’riyatga bo‘lgan intilishlaringizni kuchay-tirish, kitobga bo‘lgan muxabbatingizni yanada oshirish xamda bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazish, kitob targ‘ibot qilishdir.


Foydalanilgan adabiyotlar:

84.(5O‘) O-68


Oripov, Abdulla
Quyosh bekati: SHe’rlar,maqolalar,suxbatlar,tarjimalar/ A.Oripov. – Toshkent: - SHarq, - 2010. – 384 b.

O‘zbekiston Qaxramoni,Xalq shoiri Abdulla Oripovning 2000-2001 yillarda G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyida to‘rt jildlik “ Tanlangan asar-lar”i, 2005 yilda esa “ Adolat” nashriyoti-da ushbu jildlarning mantiqiy davomi sifa-tida “ Adolat” nashriyotida ushbu jildlar-ning mantiqiy davomi sifatida “Adolat ko‘zgusi” ( 5jild) to‘plami nashr etilgan edi.


”Quyosh bekati” deb nomlangan ushbu yangi to‘plamda shoir-ning keyingi to‘rt-besh yildagi ijod maxsuli,shuningdek,oldingi she’riy kitoblar va jildlarga kirmay qolgan she’r-lar,ayrim tarjima asarlar o‘rin olgan.

84.(5O‘) O-68


Oripov, Abdulla
Quyosh bekati: Jild 7. SHe’rlar,maqolalar,suxbatlar,qaydlar A.Oripov. – Toshkent: - G‘aqur G‘ulom, - 2013. – 300 b.
O‘zbekiston Qaxramoni, Xalq shoiri Abdul-la Oripov “ Tanlangan asarlar” ining ushbu 7-jildiga kirgan xalqona,qissago‘ylik uslubida yozilgan “ Istiqlol manzaralari” dostonida Mumtaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida yuz bergan voqealar,shoir o‘zi guvox bo‘lgan unutilmas,tarixiy jarayonlar tas-virlangan.Jilda shuningdek, jaxon va o‘zbek adabiyotining Dante,Pushkin,Rasul Xamzatov,
Xamid Olimjon singari salaflari xaqidagi maqolalar dolzarb mavzulardagi publitsis-tik chiqishlar,suxbatlar xam jamlangan.
84 (O‘)
O-68
Oripov Abdulla
Menga xush xabar ayt: SHe’rlar / A.Oripov. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009. – 128 b.

O‘zbekiston Qaxramoni,Xalq shoiri Abdul-la Oripovning ushbu she’rlar to‘plamiga shoirning keying yillarda yozilgan yangi she’rlari jamlangan.To‘plamda shuningdek Itoliya safari vaqtida yozilgan she’rlar xam o‘rin olgan.


84 (O‘)
O-68


Oripov Abdulla
Talosh pallasi: SHe’rlar / Abdulla Oripov. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007. -104 b.

Bu dunyo – maxobatli kurashlar dunyosidir.


Azal-azaldan tun va kun, ezgulik va yovuzlik,nur va zul-matning muttasil jang qilib kelishi va bu jang doimiy davom etishi qadimiy muqaddas bitiklarda xam uqtirilgan.SHoirning ushbu she’riy to‘plamini o‘qigan inson umid bilan yashashni o‘rganadi,nurning,ezgulikning,adolatning tantanasiga ishonadi

Adabiyot osmonidagi yorug‘ yulduz.[ Matn ] :


kitobxonlar uchun estalik / tuzuvchi: AKM Xoliqnazarova Farog’atoy ,Asaka- 2021. – B 12.
Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish