shuningdek, diniy rasm-rusum va urf-odatlarda ifoda etadi. Diniy rasm-rusumlarning bir unsuri ramziy ahamiyatga egadir. Diniy ramzlar g‘oya va obraz muvozanatini o‘zida mujassamlashtiradi. Meditatsiya - o‘z tafakkurini bir ob’ektga qaratish, inson e’tiborini chalg‘ituvchi barcha begona omillarni chetga chiqarish yo‘li bilan fikr yuritish, narsa, g‘oya, dunyoni idrok etishdir. Dinda meditatsiya shaxsiy ongning Absolyut bilan birikuvini anglatadi. Falsafiy bilim. Falsafa san’at va din kabi, bilish vazifalarini echish bilangina kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi san’at va din bilan uyg‘un holda insonning dunyoda ma’naviy mo‘ljal olishiga ko‘maklashishdan iborat. Falsafiy bilish ayni shu maqsadga bo‘ysundirilgan.
Ilmiy bilim. Bilishning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta’riflar ekanlar, uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‘laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o‘zining aniqligi bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |