hodisalar va xossalar haqida axborot olish uchun mo‘ljallangan, kerakli xossalarga ega bo‘lgan moslama
yoki moslamalar tizimidir. Asboblar bizning sezgi a’zolarimizni kuchaytirishi, ob’ekt xossalarining faollik
darajasini o‘lchashi yoki ularda o‘rganilayotgan ob’ekt qoldirgan izlarni aniqlashi mumkin. Tavsif. Kuzatish va eksperiment o‘tkazish jarayonining natijasi tavsiflash yoki bayon etish yo‘li bilan
ifodalanadi. U umumiy qabul qilingan atamalar yordamida tuzilgan, grafiklar, rasmlar, foto va
kinotasvirlar ilova qilingan,matematik, kimyoviy formulalar kiritilgan hisobot ko‘rinishida ifodalanishi ham
mumkin. Tavsifga qo‘yiladigan asosiy ilmiy talab – kuzatish va eksperiment ma’lumotlarini to‘g‘ri va aniq
aks ettirishdir. Tavsif to‘liq yoki noto‘liq bo‘lishi mumkin, biroq u doim materialni ma’lum darajada tizimga
Do'stlaringiz bilan baham: |