Asab tizimining(miopatiyalari) nasliy
kasalliklari. Tibbiy genetikada
qo‟llaniladigan yangi zamonaviy
tekshirish usullari
Miopatiyalar yoki muskullar nega ozadi?
Miopatiyalar – muskullarning zo„rayib
boruvchi ozishi bilan kechuvchi kasalliklar
bo„lib, asosan bolalik davrida boshlanadi.
Miopatiya degani muskullar funksiyasining
buzilishi degan ma‟noni anglatadi.
Miopatiyaning ikkinchi nomi miodistrofiyadir.
Mio – muskul degani, distrofiya esa ozish,
buzilish, kichrayish degan ma‟noni anglatadi.
Demak, miodistrofiya degani muskul
tolalarining buzilishi, ozishi va kichrayishi
degani. Miopatiya yoki miodistrofiya – bu ikki
xil nom bilan ataluvchi bitta kasallikdir. Biroq
bu kasalliklarning turlari juda ko„p.
Miopatiyalarning aksariyati 18 va 19-
asrlarda bir qator nevrolog olimlar,
ya‟ni Sharko, Erb, Rot va Dyushenn
tomonlaridan yozib qoldirilgan. Ushbu
olimlar vafotidan keyin ular yozib
qoldirgan miopatiyalar ularning nomi
bilan atala boshlangan. Yaxshiyam
shunday qilishgan. Bo„lmasa,
nevropatologlar tashxis qo„yishda
adashib ketishardi.
Erb miopatiyasi
bilan
Dyushenn miopatiyasi
bir-
biri bilan faqat 3 ta belgi bilan farq qiladi:
Dyushenn faqat o„g„il bolalarda uchraydi (qizlar
kasallanishmaydi), ancha erta, ya‟ni 3-5
yoshlarda boshlanadi va yurak muskullari
ko„proq zararlanadi. Erb miopatiyasining
Dyushenn miopatiyasidan farqi, bu kasallik bilan
o„g„il bolalar ham, qiz bolalar ham kasallanishadi,
biroz kechroq, ya‟ni 8-15 yoshlarda, yurak
muskullari unchalik zararlanmaydi.
Miopatiyalarni o„zaro solishtirib chiqib, men
ularning 20 dan oshiq o„xshash
belgilarini ajratib chiqdim. Bu belgilarni keltirib
o„taman. Agar tekshirilayotgan bolada ushbu
belgilar bo„lsa, demak unda miopatiya
rivojlangan yoki rivojlanayotgan bo„lishi mumkin.
Miopatiyalar uchun xos bo„lgan umumiy belgilar
Deyarli barcha miopatiyalar bolalik va o„smirlik davrida boshlanadi.
Bu kasalliklarning aksariyati nasliy xususiyatga ega va ko„p hollarda oilaviy bo„lib uchraydi.
Kasallik sekin-asta boshlanadi va zo„rayib boradi.
Dastlabki simptom – muskullar holsizligi bo„lib, ular dastlab son va tos muskullarida
simmetrik tarzda rivojlanadi. Biroq ba‟zi miopatiyalar yuz va yelka muskullari ozishidan
boshlanishi mumkin.
Son muskullari ozishi va uzoq vaqtgacha boldir muskullarining saqlanib qolishi
miopatiyalar uchun juda xos.
Agar ozish qo„l muskullariga o„tsa, yelka va bilak muskullari ozishi mumkin, biroq qo„l
panjasini bukib-yozuvchi muskullar ozmaydi va ularning kuchi ham saqlanib qoladi.
Yelkasini ham ko„tara olmayotgan bolaga “Qo„limni bir siqib ko„rchi” desangiz, u Sizning
qo„lingizni og„riydigan darajada siqishi mumkin.
Oyoq qo„llarda muskullar tonusi va pay reflekslari ham pasayadi.
Agar bolaning oyoqlariga zimdan qaralsa, uning sonidan boldiri yo„g„on bo„lib ko„rinadi.
Sezgi buzilishlari bo„lmaydi, og„riqlar kuzatilmaydi, bolaning aqliy faoliyati saqlanib
qoladi. Ba‟zi bolalar xatto o„z tengdoshlaridan aqqli ham bo„lishadi.
Bemorning yuzi ham, peshonasi ham silliq bo„ladi, kulganda ajinlar paydo bo„lmaydi.
Agar bolani ikkala qo„ltig„idan ushlab tepaga ko„tarsa, bolaning o„zi qolib yelkalari
ko„tariladi.
Kuraklar atrofidagi muskullar ozganligi sababli bolaning kuraklari xuddi qushlarning
qanotiga o„xshab qoladi.
Tos muskullari ozganligi sababli bola qadam tashlaganda xuddi o„rdakka o„xshab
gavdasini goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga og„dirib yuradi. Bunda bolaning gavdasi
qadam tashlagan tomonga og„adi.
Bolaning o„rnidan turishiga qarab ham tashxisni to„g„ri aniqlash mumkin. Agar
chalqanchasiga yotgan bemordan o„rnidan turish so„ralsa, avval u yon tomonga ag„darilib
qorni bilan yotib oladi. Keyin ikkala qo„li va tizzalari bilan polga suyanib “to„rt oyoq” bo„lib
oladi. Keyin bir qo„li bilan soniga suyanib engashib o„rnidan turadi.
Ushbu ko„rsatib o„tilgan belgilar
miopatiyalarning deyarli barcha turi uchun xos.
Bu kasallikni batamom davolash usullari
xanuzgacha ishlab chiqilmagan. Bugungi
kunda uning zo„rayib borishini to„xtatish
mumkin xolos.
Bu kasallikning oldini olish haqida o„z fikr-
mulohazalarimni keltirib o„tmoqchi edim.
Chunki bu kasallik Yevropa davlatlarida kam,
Sharq davlatlarida esa ko„p uchraydi. Buning
asosiy sabablaridan biri – sharq davlatlari
aholisi uchun
qarindosh-tuqqanlar orasida
turmush qurish
ning ko„pligidir.
Miopatiyalar nasliy kasallik bo„lib, ular odatda
bolalik davrida va
qarindosh-tuqqanlar orasida
turmush qurganlar
da ko„p kuzatiladi. Ushbu
kasallik rivojlangan bolalarning ota-onasi bir-
bir bilan qarindosh bo„lishadi. Bechora kasal
bolaning aybi – uning ota-onasi o„zaro
qarindosh bo„lganligida. Afsuski ba‟zi
viloyatlarda qarindoshga qiz berish va qiz olish
juda udum bo„lib ketgan. Ko„z oldingizga bir
keltirib ko„ring-ga 60 ga kirgan buvasi va
buvisi ikkala nevarasini to„y qilayapdi: bitta
nevarasi – kelin, ikkinchisi – kuyov?! Bu nafaqat
tibbiy qonunlarga zid, qaysidir ma‟noda uyat
hamdir. Bolaligida birga o„sib katta bo„lgan
nevara aka-singillar yillar o„tib er-xotin
bo„lishini ko„z oldingizga keltirib ko„ring.
Dyushenn va Erb falaji
XVIII va XIX asrlarda yashab o„tgan fransuz
nevropatologi Dyushenn hamda nemis shifokori
Erb
umurtqa pog„onasi
ning yuqori qismida
joylashgan bo„yin va yelka chigali falaji haqida
ma‟lumot yozib qoldirishgan.
1872 yilda G. Dyushenn yangi tug„ilgan chaqaloqlarda tug„ruq jarayonida
doyaning ehtiyotsizligi sababli yelka chigali falaji yuzaga kelganini kuzatdi.
Oradan to„rt yil o„tib esa V. Erb kattalarda bu xastalik nima sababli paydo
bo„lishi va ushbu kasallikni klinik belgilari, uning anatomik jihatdan
ko„rinishi, hamda dard qanday kechishi (patogenezi) xususida to„liq bayon
etdi.
Bu falajlikning
chaqaloq
larda kuzatilishiga sabab, ularning tug„ruq
jarayonida shikastlanishidir. Akusher-ginekologning bolani qo„ltiq ostiga
barmog„ini tiqib, uning yelkasini chiqarib olishda noto„g„ri harakat qilgani
yoki akusherlik qisqichlari bilan bolaning boshini tutib, uni keskin
buragani sababli yelka chigali jarohatlanadi.
Yana yelka falaji rivojlanishiga
gripp
va O„RVI (o„tkir respirator virusli
infeksiyalar)ning asorati ham sabab bo„ladi. Doyaning qo„pol harakati
natijasida esa yelka chigali haddan tashqari cho„ziladi va yirtiladi.
Shuningdek,
go„daklik davri
dagi yelka asab chigali falajiga tug„ruq davrida
chaqaloqning umurtqa pog„onasi, bo„yin qismi hamda orqa miya asab
tolalari jarohatlanishi sabab bo„ladi.
Orqa miya jarohatlari bosh miya jarohatlariga nisbatan 2-3 marotaba ko„p
uchraydi. Chaqaloqlarda bo„yin va yelka chigali shikastlanishi asosan
tug„ruq jarayonida uchraydi. Shu sababli bu xastalik akusherlik qo„l
falajlari deb nomlanadi.
Kattaroq yoshdagi bolalar va kattalarda esa birovning qo„lini keskin siltab
tortish, og„ir va keskin harakatli sport mashg„ulotlari, bo„yin va yelka
bo„g„imining lat yeyishi, uyquda qo„llarni keskin harakat bilan boshning
tagiga qo„yish sabab bo„ladi. Yana bo„yin sohasining o„q otar qurollar bilan
shikastlanishi sababli ham bemor yelka chigali falaji kuzatiladi. Kattalarda
esa yuqorida bayon etilgan sabablardan tashqari bo„yin va yelka chigali
jarohatlari yo„l transport hodisalarining 2-2, 5 foizini tashkil etadi.
Go„dak tug„ruq yo„llarida o„tayotganda uning
yelka va bosh suyagi asosi cho„zilsa, ya‟ni
akusher-ginekolog chaqaloqning boshini
maxsus akusherlik qisqichi bilan qisib olib
noto„g„ri harakat qilsa yoki bolaning boshi
vakuum-ekstraktor tibbiy asbobi bilan tortib
olinsa, shuningdek, doyaning keskin qo„l
harakatlari sababli ham bo„yin-yelka chigali
falajiga sabab bo„ladi. Shuningdek, bola
dumbasi yoki yuzi bilan kelganda (25 foiz
holatda) ham ushbu xastalik uchraydi.
Kasallik belgilari
Xastalikning kechishi yelka va bo„yin qismidagi asab tolalarining qaysi joyi
shikastlangani va uning turiga bog„liq. Ya‟ni, yuqori bo„yin segmentlari
(S
1
-S
4
) shikastlanganda bemorda loqaydlik,
mushaklar tarangligining
bo„shashishi
, tana haroratining pasayishi va qon bosimining tushishi,
paylarda nevrologik tekshiruvlar jarayonida og„riq reflekslarining keskin
pasayishi yoki umuman yo„qligi, jarohatlangan sohada falajlik kuzatiladi.
Shuningdek, mitti bemorda tug„ilgan zahotiyoq uning nafas olish ritmi
buziladi. Uning qovurg„alararo oraliqlar sohasi silliqlashgan yoki ichiga
botgan bo„lib, qorni dam bo„ladi. Chaqaloqda peshob ajratish jarayoni
ham buziladi yoki unda neyrogen qovuq belgisi kuzatilib, go„dak vaqti-
vaqti bilan peshob tuta olmaydi. Bolani ko„zdan kechirganimizda unda
“qurbaqa holati”ni kuzatish mumkin.
Bemorni faqat malakali nevropatolog davolaydi. Tug„ruq jarayonidagi og„ir
shikastlarda davolash muolajalaridan so„ng 30 foiz holatlarda ijobiy
natijaga erishish mumkin. Katta yoshli bemorlarda esa bo„yin-yelka chigali
falaji shikastlanish darajasiga ko„ra turlicha bo„ladi. Agar ushbu soha
chigali siqilgan bo„lsa, uning faoliyati 2-3 oydan so„ng tiklanishi mumkin.
Albatta uzoq muddatli davodan so„ng yuqumli xastaliklar sababli yoki
toksik (zaharli) omillar ta‟sirida kasallik yuzaga kelgan bo„lsa bemor
sekinlik bilan tuzaladi. Mabodo bo„yin-yelka chigali uzilgan, qattiq ezilgan
bo„lsa xasta kishi bir yil davomida shifokor nazorati ostida davolanadi.
Asab tolalari uchlari butunlay uzilib ketgan bo„lsa, unda bu holatda
bemorga jarroh yordami zarur bo„ladi. Har qanday holatda ham bemorga
o„z vaqtida ko„rsatilgan malakali tibbiy yordam uning tezda sog„ayib
ketishiga kafolat beradi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |