Vеgеtativ asab tizimining tuzilishi. Vеgеtativ asab tizimining markazlari orqa miyaning birinchi ko’krak sеgmеntidan to uchinchi bеl sеgmеntigacha va dumg’aza sеgmеtlarida hamda bosh miyaning pastki qismlarida (uzunchoq va o’rta miyada) joylashgan. Bu markazlarning funksiyasi esa o’z navbatida oraliq miyadagi gipotalamus, po’stloq ostidagi targ’il tana hamda bosh miyaning po’stloq ostidagi targ’il tana hamda bosh miyaning po’stloq qismidagi oliy asab markazlari orqali boshqariladi. Vеgеtativ asab tolalari bosh va orqa miyadan chiqib, umurtqa pog’onasi va ichki organlarning atrofida joylashgan asab tugunlariga boradi.
Simpatik asab tizimi yurak ishini tеzlashtiradi va kuchaytiradi, artеriaya qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, oshqozon va ichaklarning harakatini susaytiradi, siydik qopi muskullarini bo’shashtirib, siydik yig’ilishiga sharoit yaratadi, nafas yo’llarini (bronxlarni) kеngaytirib, tеr ajralishini kuchaytiradi.
Parasimpatik nеrv tizimi yurak ishini sеkinlashtiradi va kuchsizlantiradi, artеriya son tomirlarini kеngaytirib, qon bosimini pasaytiradi, me`da va ichaklar harakatini kuchaytiradi, siydik qoni muskulini qisqartirib, siydik ajralishini ta'minlaydi.
Vеgеtativ asab tizimining funksiyasi organizmning tashqi muhit sharoitiga moslashuvida muhim biologik ahamiyatga ega.
Asab sistemasi haqida nimalar bilasiz?
Insonning asab sistemasi juda murakkab tuzilishga ega. Asab sistemasini, xususan bosh miyani olimlar xanuzgacha o‘rganib kelishmoqda va bundan keyin ham uni o‘rganish to‘xtamaydi. Obrazli qilib aytganda, eng ko‘p o‘rganilgan ham bosh miya, eng kam o‘rganilgan ham bosh miya! Ushbu kitobda asab sistemasi va ruhiyatga oid turli ma’lumotlarni keltirib o‘taman. Ular Siz o‘quvchilarga tushunarli bo‘lsin uchun asab sistemasining tuzilishi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tmoqchiman.
Bosh miya katta yarim sharlari qanday tuzilgan?
Bosh miya 2 ta, ya’ni o‘ng va chap yarim shardan iborat. Bosh miyaning chap yarim sharida nutq markazlari joylashgan. Shuning uchun ham bosh miyaning chap yarim sharida so‘z bilan bog‘liq barcha tafakkur operatsiyalari bajariladi. Bosh miyaning o‘ng yarim shari obyektlarning fazoviy joylashuvini tahlil qilish uchun javob beradi. Masalan, atrof-muhitdagi uylar, daraxtlar, mashinalar, haykallar va boringki har qanday shaklga ega bo‘lgan obyektlarninsh shakl-shamoyilini tahlil qiladi.
Demak, bosh miyaning o‘ng yarim shari dunyoni so‘z ishtirokisiz idrok etadi va bu yerda ko‘rish analizatorining ahamiyati katta. Chap yarim shar esa so‘z bilan ifodalangan ma’lumotlarni idrok etadi. Obrazli qilib aytganda, chap yarim shar asosan so‘z bilan, o‘ng yarim shar esa ko‘z bilan dunyoni anglaydi. Bu uyg‘unlik saqlangan bo‘lsa, insonning xotirasi ham mustahkam bo‘ladi.
Kitoblardagi Siz ko‘rayotgan geometrik shakllarni qabul qilib olish ham o‘ng yarim sharning vazifasi. Biroq, har qanday fazoviy jismlar yoki geometrik shakllarni so‘z bilan ifodalab berish talab qilinsa – bu yerda chap yarim shar yordamga keladi. Demak, chap yarim sharning tili bor. Biroq, hozir men keltirib o‘tgan ma’lumotlar o‘naqaylar uchun xos. Chapaqaylarda esa nutq markazlari bosh miyaning o‘ng yarim sharida joylashgan. Demak, chapaqaylarda chap yarim shar bajaradigan aksariyat funksiyalar o‘ng yarim shar zimmasiga yuklatilgan. Bundan tashqari ambidekstrlar, ya’ni oliy ruhiy funksiyalarni bajarishda miyaning ikkala yarim shari bir xilda ishtirok etadiganlar ham bor. Bundaylar ikkala qo‘li bilan ham bir xil ishlay oladiganlar. Biroq, bu degani ikkala qo‘li bilan ham yoza oladi, degani emas. Masalan, ambidekstr yozganda qalamni o‘ng qo‘liga olsa, non kesganda chap qo‘lini ishlatadi. “Toza” chapaqaylar 10-15 % atrofida. Bizning oramizda ambidekstrlar va o‘naqaylar ko‘pdir. Abidekstrlarda nutq funksiyasini bajarishda bosh miyaning ikkala yarim shari ham ishtirok etadi. Shuning uchun ambidekstrlarda insult sababli nutq buzilsa, u tez tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |