20 VARIANT 1.AS egri chizig‘i va unga ta’sir etuvchi omillar. Javob : Yalpi taklif deganda muayyan baholar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Yalpi taklif tushunchasi ko‘pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Baholarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag‘bat yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan baholar darajasi o‘rtasida to‘g‘ri aloqa mavjud.60 Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar o‘sib borishi bilan o‘sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig‘i alohida tovar taklifi egri chizig‘idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko‘tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat . Bunday holat yalpi taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko‘pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi. 2.Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni Javob : Barcha mavjud resurslardan to‘liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo‘lgan mahsulot hajminiiqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi. Mamlakatning ishlab chiqarish potensiali potensial YaIM ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadi. Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat o‘z iqtisodiy potensialini to‘liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YaIM hajmi (Yh) potensial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi. Ya’ni YaIMning uzilishi (YuZ) ro‘y beradi. Yh – Yp YuZ= ----------------- 100 Yp Potensial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan to‘liq foydalanilgan sharoitda mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hajmi tushuniladi. Potensial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo‘q deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi. Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potensial YaIM hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo‘lsa, YaIM uzilishi shuncha ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham potensial hajmdagi YaIM* haqiqiy YaIM dan katta bo‘ladi. Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, Ouken qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. YaIMning pastroq darajasi o‘z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bo‘lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi. Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo‘qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig‘ida deb hisoblanadi. Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: YuZ= -2,5[ u –u*]
Bu yerda: u* – ishsizlikning tabiiy darajasi;
u – ishsizlikning haqiqiy darajasi.
YaIM uzilishini ifodalaydigan formula bilan Ouken qonunini
formulasini umumlashtirib quyidagi formulani olamiz:
Yh – Yp
------------- 100 = - β [ u –u*]
Yp
Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bog‘liqlikning teskari jihatiga e’tibor
qaratamiz. Iqtisodiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki YaIMning 2-3 foizga
o‘sishi davriy ishsizlik darajasini 1 foizga qisqarishini keltirib chiqarmas
ekan. Ya’ni dastlabki 1 foizlik iqtisodiy o‘sish fan-texnika taraqqiyoti
natijasida resurslardan foydalanish samaradorligi hisobiga erishilishi
mumkin, shuningdek, bu paytda aholi sonining ko‘payishi ham ishsizlik
soninining pasaymasligiga sabab bo‘ladi. Dastlabki 2-3 foizdan yuqori
bo‘lgan har 2-3 foiz iqtisodiy o‘sish esa davriy ishsizlikni 1 foizga
qisqarishini keltirib chiqaradi. Demak, 1 foizlik davriy ishsizlikni tugatish
uchun yillik 4-6 foizlik iqtisodiy o‘sish ta’minlanishi kerak.